Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Filtrlarning silliqlash xususiyati
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
10.11. Filtrlarning silliqlash xususiyati
Induktivli filtr yuklamaga ketma-ket ulangan L drosseldan iborat. 10.16-rasm drosselni silliqlash xossasi to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisining o‘zgarish- lariga to‘sqinlik qiluvchi undagi o‘zinduksiya EYK larining vujudga kelishiga asoslangandir. Drosselning X L = p L qarshiligi tokning o‘zgarmas tashkil etuvchisi uchun nolga teng (bu yerda p = 2f p = 2mf c = m s ), tokning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi uchun esa nolga teng emas va drossel qarshiligida kuchlanishni o‘zgaruvchan tash- kil etuvchisining pasayishiga ega bo‘lamiz. Pulsatsiyalarni yaxshi silliqlash uchun drosselning induktiv qarshiligi R y yuklama qarshiligidan ko‘p martaga katta bo‘lishi kerak (ya’ni X L q p L>>R y ), u holda bunday filtrning silliqlash koeffitsiyenti quyidagiga teng bo‘ladi: ω 2 2 . c y p.kir c p.chiq y (m L) R К K К R 10.16-rasm. Induktivli filtr. L U0 Uy Ry 221 Bunda filtrning aktiv qarshiligini e’tiborga olmaymiz (R dr = 0). Odatda, to‘g‘rilash sxemasini va yuklamada ruxsat etiladigan pulsatsiya koeffitsiyentini bilgan holda K s silliqlash koeffi- tsiyentini oson aniqlash mumkin. Filtr drosselning zarur in- duktivligi quyidagi formuladan aniqlanadi: y 2 C 1. C R L K m Induktivli filtrlarni katta quvvatli ko‘p fazali to‘g‘rilagich- larda va uncha katta bo‘lmagan R y yuklama qarshiliklarida qo‘llash mumkin, bunda filtr induktivligi kichik gabaritga ega bo‘ladi va undagi aktiv yo‘qotishlarni e’tiborga olmaslik mumkin. Induktivli filtrlar quyidagi kamchiliklarga ega: 1) yuklama toki keskin o‘zgarganida drosselda katta o‘zinduksiya EYK vujudga keladi, bu drossel chulg‘amlarida izolatsiyalangani uchun xavfli bo‘lgan ortiqcha kuchlanishni keltirib chiqaradi; 2) yuklama toki o‘zgarganida bunday filtrning silliqlash prinsiði o‘zgaradi, chunki (2.25) formulaga muvofiq drossel induktivligi R y yuklama qashiligiga bog‘liq. Afzalliklari esa, oddiyligi, kichik quvvat yo‘qotishlari va kuch- lanishning chiqishida kam o‘zgarishidan iborat. Sig‘imli filtrning ishlash prinsiði quyidagicha: to‘g‘rilagichda kuchlanish ortganida kondensator elektr energiyani yig‘adi, to‘g‘rilagichdagi kuchlanish kamayganda esa kondensatorda yig‘ilgan energiya yuklama orqali zaryadlanadi (10.17-rasm). Pulsatsiyani aniqlash uchun kondensatorning sig‘im qarshiligi yuklama qarshiligidan sezilarli kichik bo‘lishi kerak: X S = 1/( S S)<<R y . 222 U holda kondensator yuklamani shuntlagandek bo‘ladi, shuning uchun tokning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisining katta qismi kondensatordan oqib o‘tadi, bunda o‘zgarmas tashkil etuvchi uchun kondensatorning qarshiligi X s = bo‘ladi va o‘zgarmas tashkil etuvchi yuklama orqali oqib o‘tadi. To‘g‘ri- lagich sig‘im filtrga ishlaganda kuchlanishning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisining amplitudasi kesish burchagiga bog‘liq bo‘ladi, u holda 0 01 , m f U H U r C bu yerda, H — ma’lum qiymatda H = f (A) grafik bog‘liqlikdan aniqlanadigan va kesish burchagiga bog‘liq bo‘lgan parametr. U holda S — filtr chiqishidagi pulsatsiya koeffitsiyenti quyida- gicha ko‘rinishda bo‘ladi: 01 0 . P.CHIQ m f H U K r C U Sig‘im bo‘lganida to‘g‘rilagich chiqishida pulsatsiya koef- fitsiyenti quyidagiga teng bo‘ladi: K P.KIR = 2/(m 2 —1). U holda sig‘imli filtrning aniqlash koeffitsiyenti quyidagiga teng bo‘ladi: 10.17-rasm. Sig‘imli filtr. U 0 C Ry Uy 223 2 2 1 . C f /( ) m K H/(r C) Odatda, yuklamadagi pulsatsiya koeffitsiyenti aniq bo‘ladi, bunda filtrning zarur sig‘imi quyidagi formuladan aniqlanadi: S = N/(r f ·K P.chiq ). Bundan ko‘rinadiki, m ning ortishi bilan induktiv filtrning silliqlash koeffitsiyenti ortadi, sig‘imli filtrning silliqlash koeffi- tsiyenti esa kamayadi, shuning uchun sig‘imli filtrlar bir fazali toklarni to‘g‘rilashda va katta yuklama qarshiliklarda qo‘llaniladi, chunki R yuklama qarshiligi ortganda filtrning silliqlashi ortadi. Sig‘imli filtrning afzalliklari oddiyligi va kichik quvvat yo‘qo- tishlari hisoblanadi. Sig‘imli filtr quyidagi kamchiliklarga ega: 1) sig‘imli filtr to‘g‘rilagich diodlariga qo‘yiladigan teskari kuchlanishning ortishiga olib keladi; 2) yuklama toki katta bo‘lganida filtrga katta sig‘im kerak bo‘ladi, aks holda yuklamadagi kuchlanish kondensatorning tez zaryadsizlanishidan kelib chiqadigan yuklama tokining ortishi bilan keskin kamayib ketadi; 3) ko‘p fazali to‘g‘rilash sxemalarida bunday filtr qo‘yilsa, kesish burchagi keskin kamayib ketadi va faza o‘tkazib yuborilishi mumkin, ya’ni to‘g‘rilagich diodlaridan biri tokni o‘tkazmaydi; 4) kondensatorning zaryadlanish toki katta va to‘g‘rilagich orqali oqib o‘tadi, bunda diod tokining kesish burchagi kuchli kamayadi; 5) to‘g‘rilagich diodlari orqali faqat to‘g‘rilagich kichik ichki qarshiligi orqali chegaralanadigan katta tok amplitudasi o‘tadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling