Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


To‘g‘rilagichning chiqish parametrlari


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

10.8. To‘g‘rilagichning chiqish parametrlari
To‘g‘rilagichning chiqish parametrlariga quyidagilar kiradi:
1) to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati — U
0
;
2) to‘g‘rilangan tokning o‘rtacha qiymati — I
0
;
3) to‘g‘rilangan kuchlanish asosiy garmonikasi pulsatsiya-
sining chastotasi — f
tkp
;
4) to‘g‘rilangan kuchlanishning pulsatsiya koeffitsiyenti — K
p
;
5) to‘g‘rilagich kirish kuchlanishi bitta qiymatda bo‘lganida
U
0
chiqish kuchlanishining I
0
yuklama tokiga bog‘liqligi bo‘lgan
to‘g‘rilagichning tashqi tavsifi;
6) ventillarni tanlash uchun U
tes 
teskari kuchlanish.
To‘g‘rilash sxemalaridagi transformatorlar uchun quyidagi
parametrlar aniqlanadi:
1) ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi U
2
va toki I
2
, chunki
ularni to‘g‘rilangan kuchlanish va tokning o‘rtacha qiymati
(o‘zgarmas tashkil etuvchi) bilan taqqoslash qabul qilingan;
2) birlamchi chulg‘am kuchlanishining U
1
va tokining I
1
ta’sir etuvchi qiymatlari;
3) ikkilamchi chulg‘amning to‘la quvvati — S
2
;.
4) birlamchi chulg‘amning to‘la quvvati — S
1
;
5) transformatorning to‘la (gabarit) quvvati — S
tr
= (S
1
S
2
)/2;
6) transformator ikkilamchi chulg‘amidan foydalanish koef-
fitsiyenti — K
2
=P
0
/S
2
, bu yerda P
0
to‘g‘rilagichning quvvati;


207
7) transformator birlamchi chulg‘amidan foydalanish koef-
fitsiyenti — K
1
=P
0
/S
1
;
8) transformatordan foydalanish koeffitsiyenti — K
tr
= P
0
/S
tr
.
Bu koeffitsiyentlar to‘g‘rilash sxemasiga bog‘liq, chunki
bir taktli to‘g‘rilashda transformatorda majburiy magnitlash
hodisasi mavjud bo‘lib, u transformatordan foydalanish koeffi-
tsiyentini keskin kamaytiradi.
Bu chiqish parametrlarini ko‘rib chiqamiz. To‘g‘rilash sxe-
masi bo‘yicha to‘g‘rilagichlar bir fazali va ko‘p fazali, bitta yarim
davrli (bir taktli) va ikkita yarim davrli (ikki taktli) bo‘ladi.
Shuning uchun to‘g‘rilash fazalari soni m transformator ikki-
lamchi chulg‘ami fazalari soniga mos kelmasligi mumkin. Bu
son m=pn munosabatdan aniqlanadi (bu yerda = 1,2,3,4,,,6 va
h.k. — transformatorning ikkilamchi chulg‘amlari soni, =1
yoki 2 to‘g‘rilanadigan yarim davrlar soni). Bir taktli yoki ikki
taktli sxemalarni aniqlash shundan kelib chiqadiki, ta’minot
kuchlanishining bir davrida transformator ikkilamchi zanjiri
faza chulg‘amidan qancha tok impulslari oqib o‘tadi. Bir taktli
to‘g‘rilagichda bir davrda bir fazali chulg‘am orqali bitta tok
impulsi, ikki taktli to‘g‘rilagichda esa ikki fazali chulg‘am orqali
ikkita tok impulsi oqib o‘tadi. Shunday qilib, to‘g‘rilangan tok
pulsatsiyasi chastotasi ta’minot tarmog‘i chastotasiga mos tush-
maydi va u f
t.k.p
= mf
tar
bo‘ladi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling