Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
10.6. To‘g‘rilagichlar
Respublikamizda elektr energiyasi 50 Hz chastotali o‘zga- ruvchan tokda tarqatiladi, bu bilan birga telekommunikatsiya apparaturalarining ko‘p qismi turli nominallardagi o‘zgarmas tok bilan ta’minlanishi sababli o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirish zarurati tug‘iladi. Buning uchun elektr mashi- nalarni ishlatish mumkin, lekin ularning aylanuvchan qismlari shovqin hosil qiladi, maxsus fundamentlarni talab qiladi va qator kamchiliklarga ega. Quvvatli kuchli ventillar yaratilgandan so‘ng elektr mashinalardan statik to‘g‘rilash qurilmalariga, ya’ni to‘g‘rilagichlarga o‘tildi. To‘g‘rilagich deb o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylan- tiruvchi qurilmaga aytiladi. Ishlatish jarayonida to‘g‘rilagichlar quyidagi qator texnik talablarga javob berishi kerak: 1) talab qilinadigan kuchlanish va quvvat; 2) to‘g‘rilangan kuchlanish pulsatsiyasining ruxsat etiladi- gan darajasi; 3) xavfsiz xizmat ko‘rsatish; 4) qulaylik va boshqarish ishonchliligi; 5) yuqori FIK; 6) to‘g‘rilangan kuchlanishning stabilligi; 7) yuqori quvvat koeffitsiyenti; 8) o‘ta yuqori toklardan va ortiqcha kuchlanishlardan ishonchli va tezkor himoya; 9) texnik ishlatishning narxi pastligi; 10) qurilmaning kichik gabaritlarga va og‘irlikka ega bo‘lishi. Umumiy ko‘rinishda to‘g‘rilagich 4 ta asosiy qismlardan iborat bo‘ladi (10.3-rasm). Transformator quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. O‘zgaruvchan tok tarmog‘i kuchlanishini to‘g‘rilovchi element kirishida talab qilinadigan qiymatga o‘zgartiradi. 200 2. To‘g‘rilagich ishchi zanjirlarni va yuklamani ta’minlash tarmog‘idan va boshqa iste’molchilardan galvanik (elektr) ajra- tadi, ya’ni ularni mustaqil qiladi. 3. Ko‘pincha telekommunikatsiya apparaturalari talab qila- digan to‘g‘rilagich bir qutbini yerga ulash imkoniyatini beradi. Ba’zan to‘g‘rilagich transformatori fazalar sonini oshirish uchun ishlatiladi. Buning uchun ikkilamchi chulg‘amlar soni birlamchi chulg‘amlar soniga nisbatan ikki martaga oshiriladi. Bu to‘g‘rilangan kuchlanish pulsatsiyasi chastotasini oshirish va pulsatsiyani kamaytirish maqsadida qilinadi. Bundan tashqari transformatorning ikkilamchi tomonidagi yulduz sxemada ulan- gandagi faza chulg‘amlarining umumiy nuqtasi ko‘pincha to‘g‘rilagichning yuklama ulanadigan chiqish qutbi bo‘lib xizmat qiladi. Ventillar bir tomonlama o‘tkazuvchanlikka ega va o‘zgaruv- chan tokni o‘zgarmas tokka aylantirishni amalga oshiradi. To‘g‘rilagichda ularning soni to‘g‘rilash sxemasiga bog‘liq bo‘ladi. To‘g‘rilagichning har bir fazasi kamida bitta ventil zvenosiga ega bo‘ladi. Lekin ko‘p hollarda talab qilinadigan tok va kuchlanish qiymatini olish uchun har bir ventil zvenosida bir necha ventillar bo‘lishi mumkin. Ventillar ketma-ket, parallel va murakkab guruhlarda ulanishi mumkin. 10.3-rasm. Bir kanalli to‘g‘rilagichning tuzilish sxemasi. T ra n s- fo rm a to r V e n ti l zv en o si F il tr S ta b il iz a to r 201 To‘g‘rilagichdan keyin kuchlanish yoki tok pulslanuvchan bo‘ladi. Uni o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tashkil etuvchilardan iborat deb tasavvur qilish mumkin. Telekommunikatsiya appa- raturalari pulslanuvchan o‘zgarmas tok bilan ta’minlanganda aloqa signallarini uzatishda jiddiy xalaqitlar yuzaga kelishi mumkin. Bunga ruxsat etilmaydi va pulsatsiyani kamaytirish choralari ko‘riladi. Buning uchun ventillar va ta’minlanadigan apparaturalar orasiga silliqlovchi filtr qo‘yiladi. To‘g‘rilagich- ning chiqish kuchlanishi 10...15 foizga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan ta’minot o‘zgaruvchan kuchlanish qiymatiga bog‘liq. Telekommunikatsiya apparaturalarida ko‘pincha bunday sezilarli tebranishga ruxsat berilmaydi. Shuning uchun zamonaviy to‘g‘rilagichlarda filtrdan keyin tok va kuchlanish stabilizatorlari qo‘yiladi. Bu zvenodan tashqari to‘g‘rilash qurilmasida kom- mutatsiyalash apparaturasi, himoyalash zanjiri va boshqalar bo‘lishi mumkin. To‘g‘rilagichlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo‘ladi. Boshqarilmaydigan to‘g‘rilagich chiqish kuchlanishini boshqarish imkoniyatini bermaydi. U hamisha U 0 = K · U 2 mu- nosabat orqali aniqlanadi (bu yerda, U 0 —chiqishdagi o‘zgar- mas tok kuchlanishi, U 2 —to‘g‘rilagich kirishidagi o‘zgaruv- chan tok kuchlanishi, K—to‘g‘rilash sxemasining doimiy koeffitsiyenti). Agar bunday to‘g‘rilagichda chiqish kuchlanishini o‘zgar- tirish kerak bo‘lsa, kirishdagi kuchlanishni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Boshqariladigan to‘g‘rilagichlarda yuklamadagi o‘zgarmas tok kuchlanishini to‘g‘rilagich ishlashi jarayonida uning ish rejimiga ta’sir qilgan holda o‘zgartirish mumkin. To‘g‘rilash qurilmasini quyidagi sinflarga ajratish mumkin: 1) to‘g‘rilash sxemasi bo‘yicha bir fazali va ko‘p fazali, bitta yarim davrli (bir taktli) va ikkita yarim davrli (ikki taktli); 202 2) quvvat bo‘yicha — kichik quvvatli (100 W gacha), o‘rta quvvatli (5 kW gacha), katta quvvatli (5 kW dan yuqori); 3) to‘g‘rilangan tok chastotasi bo‘yicha — sanoat chastotasi (50 Hz), oshirilgan chastotali (400 yoki 1000 Hz), yuqori chastotali (1000 Hz dan yuqori); 4) kuchlanish bo‘yicha — kichik kuchlanishli (250 V gacha), o‘rta kuchlanishli (1000 V gacha), yuqori kuchlanishli (1000 V dan yuqori); 5) ish yuklamasining rejimi bo‘yicha — uzoq vaqtli, impulsli, qisqa vaqtli; 6) to‘g‘rilagichga yuklamaning reaksiyasi bo‘yicha aktiv, induktiv va sig‘im reaksiyali. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling