Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Moslashtiruvchi transformatorlar


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

10.3. Moslashtiruvchi transformatorlar
Moslashtiruvchi transformatorlar kirish, chiqish va oraliq
transformatorlarga bo‘linadi.
Kirish va oraliq (kaskalararo) transformatorlar yuqori
xalaqitlardan himoyalanishga ega bo‘lishlari lozim. Sterjen yoki
10.1-rasm. Transformatorlarning zirhli o‘zaklari:
a—shtamplangan; b—lentali.
a
b
h
h
b
c
b
c


195
toroidal turdagi magnit o‘tkazgichlarda yig‘ilgan transforma-
torlar tashqi magnit maydon ta’siriga eng kam sezgir bo‘ladi.
Kirish va oraliq transformatorlarning magnit simlari shtamplab
ishlangan bo‘lib yoki tasma ko‘rinishida bo‘lib, 80HXC yoki
79HM permalloydan, shuningdek, 3414 po‘latdan tayyorlanadi.
Bu transformatorlarning chulg‘amlari kuch transformatorlar-
nikiga o‘xshash, biroq kichikroq diametrli simdan tayyorlanadi,
shuning uchun ularning o‘lchami va massasi ancha kichik.
Bu transformatorlar metall korpusga joylashtiriladi yoki
plastmassa bilan presslanadi va «panjacha» yordamida yoki
diametri 1—1,5 mm li qalaylangan simdan iborat chiqish
uchlarini bevosita kavsharlab, bosma platalarga mahkamlanadi.
Transformatorlar, odatda, magnitlanmasdan yoki kuchsiz mag-
nitlab ishlatiladi.
Chiqish transformatorlari ancha katta quvvatli sochuvchi
radiouskunalarning oxirgi kaskadlarida qo‘llaniladi, shuning
uchun o‘lchamlari kuch transformatorlarnikidan kichik, kirish
va oraliq transformatorlarnikiga qaraganda esa katta bo‘ladi.
Chiqish transformatorlari minimal chiziqsiz signal buzilishlariga
ega bo‘lishi va me’yoriy issiqlik rejimini ta’minlashi kerak.
Chiqish transformatorlarining magnitlangan holda ishlashi
ularning o‘ziga xos tomoni hisoblanadi. Shu sababdan magnit
o‘tkazgichda nomagnit tirqish bo‘ladi. Kuchli o‘zgarmas mag-
nitlanganda, transformatorning ish nuqtasi magnitlanish egri
chizig‘i bo‘ylab to‘yinish sohasi tomon siljiydi. Natijada  ka-
mayadi va kuchli chiziqsiz signal buzilishlari, masalan, chiqish
transformatoriga bog‘langan radiokarnay g‘altagida paydo bo‘ladi.
Shu sababli magnit kuchlanganligining o‘zgarmas tashkil
etuvchisini kamaytirish uchun nomagnit tirqish hosil qilib,
magnit sim qarshiligi oshiriladi. Buning uchun shtamplangan
magnit o‘tkazgichlarda Ø — shaklidagi asosiy va chekka plasti-


196
nalar orasiga yig‘ish vaqtida «tutash» qilib izolatsiyali qistirma
joylashtiriladi, tasmalarida esa, yopishish joylariga izolatsiya
pastasi surtiladi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling