Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Nazorat savollari
1. Chastota tanlovchi uzellar qanday tasniflanadi va ularning
asosiy parametrlari qanday?
2. Aktiv RC-filtrning ishlash prinsiði qanday?
3. Integral pyezoelektrik filtrlarning elektr va konsturktiv para-
metrlari o‘zaro qanday bog‘langan?
4. Elastik va sirtqi akustik to‘lqinlardagi integral pyezofiltrlarning
ishlash prinsiði qanday?


192
X BOB. 
PAST CHASTOTALI TRANSFORMATORLAR
VA DROSSELLAR
10.1. Tasnifi va asosiy parametrlari
Past chastotali transformatorlar va drossellar berk magnit
o‘tkazgichlarga o‘ralgan induktiv g‘altaklardan iborat.
Transformatorlar vazifasiga ko‘ra kuch, moslashtiruvchi va
impuls transformatorlariga, magnit o‘tkazgichning turiga qarab
konstruktiv va texnologiyasi jihatidan zirhli, sterjenli, toroidal
va g‘altaksimon transformatorlarga bo‘linadi.
Transformatorlarning asosiy parametrlari — birinchi chul-
g‘am induktivligi L
1
, u past chastotalar sohasida uzatish
koeffitsiyentini belgilaydi; sochilish induktivligi L
5
, u yuqori
chastotalar sohasida uzatish koeffitsiyentini belgilaydi, chul-
g‘amning xususiy sig‘imi C
b
, u yuqori chastotalar sohasidagi
chastota buzilishlariga, ayniqsa, kuchlanish impulsi frontlariga
ta’sir ko‘rsatuvchi sig‘im; chulg‘amning aktiv qarshiligi r; FIK;
transformatsiya koeffitsiyenti 
1
2
/ 


n
, u uzatish koeffi-
tsiyentini belgilaydi; bu yerda 
1
va 
2
birlamchi va ikkilamchi
chulg‘amdagi o‘ramlar soni.
Transformatorlar yuqori sifatli ishlashlari uchun, har
doim kichik L
1
, C
0
, katta bo‘lmagan r va «ko‘pi bilan» deb
cheklangan L
1
qiymatli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Transfor-
matsiya koeffitsiyenti birga teng bo‘lishi, undan katta yoki kichik
bo‘lishi mumkin; ko‘p chulg‘amli transformatorlar bir nechta
transformatsiya koeffitsiyentiga ega bo‘la oladi.


193
Drossellar ko‘proq tok manbalari filtrlarida, undan tashqari
past chastotali filtrlarda va tanlama zanjirlarda, shuningdek,
stabilizatorlar (to‘yinish drossellari)da va rostlagichlar (boshqa-
ruvchi drossellar)da ishlatiladi. Konstruksiyasi va qator elektr
parametrlariga ko‘ra drossellar transformatorlarga o‘xshashdir.
Bir chulg‘amli past chastota g‘altak bo‘lsa, drossellar ko‘p chul-
g‘amli transformatorlardir.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling