Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Integral mikrosxemalarda moslashtiruvchi


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

10.4. Integral mikrosxemalarda moslashtiruvchi
transformatorlar
Integral mikrosxemalarga mos transformatorlarga nisbatan
qo‘yiladigan asosiy talablar: o‘lchamining va massasining kichik
bo‘lishi, shuningdek, tuzilishining yassiligi (balandlikka mosligi)
dir. Kichik quvvatli moslashtiruvchi va impulsli transformatorlar
(davomiyligi birlik nanosekunddan o‘nlab mikrosekundgacha
bo‘lgan impulslarni uzatish va shakllantirish uchun) shunday
talablarga javob beradi. Ular, odatda, konstruksiyasining yassi-
ligi talabga javob beruvchi kichik o‘lchamdagi toroidal g‘altaksi-
mon yoki zirhli o‘zaklarga ega.
Ilgari ishlangan ko‘pgina mikromodulli moslashtiruvchi
MMS va impulsli MMTI transformatorlar bevosita (yelimlab)
bosma platalarga yoki keramik asosi bo‘lmagan mikroyig‘ilma
asoslarga o‘rnatiladi.
Moslashtiruvchi MMS-1 — MMS-7 transformatorlaridan
nochiziqli buzilishlar koeffitsiyenti 10% dan katta bo‘lmagan
hollarda 300—3000 Hz li chastotalar diapazonidagi tovush sig-
nallarini uzatish uchun foydalaniladi. Bu transformatorlarning
transformatsiya koeffitsiyenti 0,4—6,3 ga, magnitlantirish toki
esa 1—4 mA ga teng, diametri ko‘pi bilan 7,6 mm, massasi esa
ko‘pi bilan 2,5 g.
Impulsli transformatorlar (MMTI) dan takrorlanish chas-
totasi 10 kHz gacha bo‘lgan holda davomiyligi 5 mks gacha
bo‘lgan impulslarni uzatishda foydalaniladi. Transformatorning


197
diametri 5,6—7,6 mm ga, balandligi 2,7—4,4 mm ga teng,
massasi esa ko‘pi bilan 0,7 g.
Bundan tashqari mikroelektron uskunalarda TIG va TI
impulsli transformatorlar ishlatiladi. Past chastotali TNCH3
tovush transformatorlari permalloydan yasalgan va o‘zaro
birlashtiruvchi flanes 1 bilan tutashtirilgan g‘altak ko‘rinishidagi
chulg‘amli ikkita magnit o‘tkazgich 3 ga ega (10.2-rasm). Bu
transformatorlarning o‘lchami 24146,2 mm ga, massasi esa
6,5 g ga teng.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling