198
z = 2
fL (bu yerda,
f — tok ta’minlash tarmog‘ining chastotasi
— 50 yoki 400 Hz yoki pulsatsiya chastotasi 100 yoki 800 Hz;
L —
drossel induktivligi, Gn) bir necha kOm dan o‘nlab kiloom-
gacha boradi va mumkin bo‘lgan pulsatsiyaning talab darajasiga
bog‘liq. Bu darajada qancha kichik bo‘lsa, qarshilik shuncha katta
bo‘lishi va demak, drossel induktivligi
ham shuncha katta
bo‘lishi kerak. Bu uning o‘lchami va massasini oshiradi.
Past chastotali drossellar transformatorlarning magnit o‘t-
kazgichlariga o‘xshash magnit simlardan yasaladi,
lekin ular
bitta chulg‘amga ega.
Kuchlanish stabilizatorlarida ishlatiladigan to‘yinish drossel-
lari gisterezis sirtmog‘ining to‘yinish sohalarida ish nuqtasini
tanlashda magnit zanjiri qarshiligining doimiylik (o‘zgarmas)
prinsiðida ishlaydi. Bu sohada kirish signalining o‘zgarishi,
amalda, stabilizatorning chiqish tokini o‘zgartirmaydi. Boshqa-
riluvchi drossellarda,
aksincha, magnit xarakteristikasidagi ish
nuqtasi o‘zgarganida magnit materiali o‘zining o‘zgaruvchan
tokka qarshiligini o‘zgartirish xossasidan foydalaniladi.
Nazorat savollari
1. Transformatorlar va past chastotali drossellar qanday tavsifla-
nadi va ularning asosiy parametrlari qanday?
2. Nima uchun transformatorlarda
nomagnit tirqish qilinadi va
uning maqbul o‘lchami qanday tanlanadi?
3. Integral sxemalarga mos bo‘lgan transformatorlarga nisbatan
qanday talablar qo‘yiladi?
4. Juda kichik o‘lchamli transformatorlarning
qanday turlarini
bilasiz?
5. Past chastotali drossellarga qanday talablar qo‘yiladi.