Invertorlar, chastota o’zgartkichlar va konvertorlar
Avtonom invertorlarning qo’llanish sohalari
Katta quvvatli o’zgartirish texnikasida avtonom invertorlar deb o’zgarmas tokni, umumiy holda, chastotasi va kuchlanishi rostlanadigan o’zgaruvchan tokka aylantiruvchi qurilmalarga aytiladi. Avtonom invertorlarning qo’llanish sohalari quyidagilar: yagona energiya manbasi akkumulyator batareyalari bo’lganda iste’molchilarni o’zgaruvchan tok bilan ta’minlash (masalan, samolyotlarda bort ta’minlash manbalari), hamda rezerv o’zgaruvchan tok ta’minoti (elektr aloqa, hisoblash texnikasi va boshqalar);
harakatlantiruvchi elektr dvigatellar sifatida arzon va ishonchli qisqa tutashtirilgan asinxron dvigatellar qo’llaniladigan, kontakt tarmoqdan yoki boshqa o’zgarmas tok manbasidan ta’minlanadigan elektrotransport;
asinxron yoki sinxron dvigatelli elektr yuritma. Ularda invertor o’zgaruvchan kuchlanish va chastota manbasi bo’lib hisoblanadi.
elektrotermiyada avtonom invertorlar metal buyumlarni qizdirish, eritish va toblash uchun yuqori chastotali toklar manbasi bo’lib xizmat qiladi;
elektroenergetikada avtonom invertorlar aktiv filtrlar varostlanuvchi reaktiv quvvat kompensatorlari vazifasini bajaradi.
Tuzilishi bo’yicha avtonom invertorlar (AI)bir fazali va ko’p fazali AI larga bo’linadi. Ko’p fazali invertorlarni tayyorlash uchun bir fazali bir elkali va ko’p elkali (ko’prikli) sxemalar asos bo’lib xizmat qiladi.
Bir fazali avtonom invertorlarning kuch qismi kenglik-impuls o’zgartkichlarining (KIO’) kuch qismi bilan bir xil. Ular orasidagi farq faqat tranzistorli kalitlarni boshqarish algoritmidadir. Agar simmetrik boshqariluvchi KIO’ sxemasidagi kirishga o’zgarmas emas balki f chastotaga ega bo’lgan o’zgaruvchan kuchlanish berilsa, yuklamada f chastotali garmonikasi yaqqol ajralib turadigan impuls kuchlanish shakllanadi. CHiqish kuchlanishining garmonik tarkibi, jumladan f chastotali garmonika kirish (modulyasiyalovchi) kuchlanishining shakliga kuchli darajada bog’liq bo’ladi.
Har xil shakldagi modulyasiyalovchi kuchlanishlar ta’sirida bir elkali AIN ning ishlashini ko’raylik (18.1, a-rasm).
To’g’ri burchakli modulyasiyalovchi kuchlanish ta’sirida yuklamada shakllanadigan kuchlanish va uning birinchi garmonikasi 18.1, b – rasmda ko’rsatilgan.
a)
bir fazali inventor
Do'stlaringiz bilan baham: |