Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari - bu ma’lum bir tizimga solingan elektrotexnik va elektron qurilmalarning majmuasidir. Zamonaviy muxandis esa ana shu texnologik tizimlarning tuzilishini, ularning tashkiliy qismlarini va sanoatda keng ishlatiluvchi asosiy standart qurilmalarni bilishi zarur. Bu bilimlarsiz ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni boshqarish, rivojlantirish, zamon talablari asosida takomillashtirish, texnik va iqtisodiy raqobatbardoshlikka erishish mumkin emas.
Elektrotexnika elektronika va elektr yuritmalar fanining vazifasi talabada yuqorida keltirilgan tizimlarning asoslari xaqidagi bilimlarini shakllanishiga asos solishdir. Natijada, bo’lg’usi muhandisning texnik sohada mustaqil ijodiy izlanishini taminlashga zamin yaratiladi.
Asosiy elektrik va energetik tushunchalar
Asosiy fundamental kattaliklar.Texnikaviy fanlarda fizikaviy kattaliklar asosiy va xosilaviy kattaliklarga bo’linadi. Fundamental fizik kattaliklarning o’lchovlari xalqaro birliklar sistemasi (SI) tomonidan me’yorlashtirilib qabul qilingan. Bu kattaliklarga quyidagilar kiradi:
Masofa - m(metr);
Massa - kg ( kilogramm)
Vaqt - s(sekund)
Tok kuchi - A(Amper)
Temperatura - K(Kelvin)
YOrug’lik kuchi - Kd (Kandela)
Qolgan barcha fizikaviy kattaliklar shularning xosilaviy birliklari sifatida keltirib chiqariladi. Fundamental kattaliklarning etalonlari mavjud bo’lib ular xalqaro birliklar tashkiloti ( SIG’ tomonidan nazorat qilinib turiladi.
Kattaliklarning o’nli darajalari. Xisob kitoblar bajarishda ko’pincha o’ta kichik, yoki o’ta katta sonlar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Bunday xollarda hisobni arifmetik jihatdan sodalashtirish maqsadida sonlar o’n sonining darajalari (10n) sifatida ifodalanadi. Bunda n daraja ko’rsatkichi - manfiy yoki musbat son. Masalan: 0, 0000023 = 2,3 10-6 yoki 146300000 = 14,63 107 va xokazo. Musbat va manfiy darajalarning qabul qilingan xalqaro nomlanishlari mavjud:
10 -18 - a (atto);
10 -15 - f (femto);
10 -12 - r (piko); 1012 - T (tera)
10 -9 - n (nano); 10 9 - G ( Giga)
10-6 - µ( mikro); 106 - M ( Mego)
10 -3 - m (milli). 10 3 - k (kilo).
Do'stlaringiz bilan baham: |