O’zgarmas tok manbaalari, qarshiliklarni ketma-ket va parallel ulash.
Г
O’zgarmas tokni xosil qilishda quyidagi 4-rasmda keltirilgan manbalardan foydalaniladi: a) EYUK, b) galvanik elementlar, v) akkumulyatorlar batareyasi, g) termoelementlar, d) fotoelementlar, e) o’zgarmas tok generatori.
2.1-rasO’zgarmas tok xosil qiluvchi manbalarni prinsipial sxemada ko’rsatilishi.
Elektr energiya iste’molchilariga elektr dvigatellari, isitish asboblari, yorug’lik va nur manbaalari kiradi. Iste’molchilarda elektr energiya boshqa tur energiyalarga elektrodvigatellarda mexanik energiyaga, isitgichlarda issiklikka, nurlantirish kurilmalarida nurga, yorug’lik manbaalarida esa yorug’likka aylantiriladi. Iste’molchilarni birining oxirgi uchiga ikkinchisining boshlang’ich nuqtasini ulab zanjirni yopilishi, kema-ket ulash deyiladi. Iste’molchilarni barchasini boshlang’ich uchlarini bir nuqtaga va oxirgi uchlarini boshqa nuqtaga birlashtirilishi parallel ulash deyiladi. Elektr zanjirlarida elementlar yuqorida keltirilgan shartli belgilar asosida tasvirlanadi. Bunday shartli belgilardan foydalanish elektr zanjirlarini hisoblash, elektr zanjirining asosiy parametrlarini aniqlash va ular asosida kerakli amaliy sxemalarni yaratish imkonini beradi. Masalan, 12 V kuchlanishli akkumulyatordan foydalanib har birining ishchi kuchlanishi 2 V bo’lgan svetodiodlarni yoqish uchun bizga 6 ta shunday svetodiod kerak bo’ladi..
Ketma-ket ulangan zanjir elementlarida kuchlanishning tushib borishi
Amaliyotda ko’proq tarmoqlangan elektr zanjirlari ishlatiladi. Bir- nechta iste’molchini manbaga parallel ulash natijasida tarmoqlangan elektr zanjirlari yuzaga keladi. Masalan 12 V kuchlanishda ishlovchi 4 ta lampani bitta 12 V kuchlanishli akkumulyatorga ulanish sxemasini ko’ramiz
2.5 - rasmda berilgan zanjirda har bir lampa (R1 , R2 , R3 , R4 qarshiliklar) bir xil 12 V kuchlanish ostida buladi. Ushbu zanjir orqali elektr zanjirining asosiy tushunchalari bilan tanishamiz. Tugun. Elektr zanjirida uch va undan ortiq elementlarni birlashtiruvchi nuqta tugun deb ataladi, 10-rasmda A, V, S, D, E, I tugunlar ko’rsatilgan. Tugunlar zanjirda albatta katta nuqta sifatida ajratilishi shart, aks holda bunday nuqta simlarni kesishmasi (ulanmagan) deb qaraladi. 10- a rasmda keltirilgan sxemada A, V, S tugunlar bitta tugun , D, E, I tugunlar bitta tugun hisoblanadi. Odatda sxemada simmetrik ko’rinishni ta’minlash va chizishga qulay bo’lishi uchun shunday tasvirlanadi. Aslida ular bitta tugun hisoblanadi, 10 b rasmga qarang. SHunday qilib ushbu sxemada ikkita tugun mavjud. Tugunlar uchun Kirxgofning birinchi qonuni o’rinlidir. YA’ni tugunga kelayotgan toklar tugundan chiqayotgan toklarga teng
Do'stlaringiz bilan baham: |