Elektr zanjirlarining ish rejimlari
Elektr tokidan foydalanish deganda tok yordamida biror qurilmani ishlatishga aytiladi. Elektr qurilmalaridan foydalanganimizda uning normal ishlab turgan holati, o’chirilgan holati va nosoz g’holatlari farqlanadi. Bunday holatlar elektrotexnikada elektr zanjirining nominal, salt va qisqa tutashuv rejimlari deb yuritiladi. Nominal rejim. Har qanday qurilma o’zining ishlab chiqarish jarayoni bilan aniqlanuvchi xususiy kattaliklariga ega. Masalan, oddiy elektr lampasi o’zining massa va geometrik o’lchamlariga ega, bundan tashqari u ishchi kuchlanishi, quvvat, tola qarshiligi kabi elektrik kattaliklarga ham egaki, bu lampaning ishlash xususiyatilarini aniqlaydi. Amalda keng tarqalgan oddiy cho’g’lanma tolali lampada 150 Vt, 225 V, IV 2014 yozuvlari bor deylik. Demak bu lampa 225V kuchlanishga ulanganda 150 Vt quvvat hosil qiladi, 2014 y. aprelda ishlab chiqarilgan. Quvvat formulasidan foydalanib lampadagi tokni topamiz
I = R / U = 150 Vt /225 V = 0,6 A,
Om qonunidan foydalanib, lampa tolasi qarshiligini topamiz
R = U / I = 225 V/ 0,6 A = 375 Om.
Demak, berilgan lampa tolasining qarshiligi 375 Om va bu tola 225 V kuchlanishga ulanganda undan 0,6 A tok oqib o’tib 150 Vt elektr quvvatini hosil qiladi. Xuddi shu tushunchalardan elektr zanjirining, yoki elektr qurilmasining nominal ish rejimi tushunchasi kelib chiqadi. Berilgan lampa uchun 225 V kuchlanish nominal kuchlanish bo’ladi. CHunki lampa tolasi shunday tanlanganki unga 225 V kuchlanishni ulasak 0,6 A tok oqib o’tib 150 Vt nominal quvvat hosil bo’ladi. O’z-o’zidan ma’lumki nominal kattaliklar lampani ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq va uni ishlab chiqaruvchi belgilaydi. Agar shu lampaga nominal 225 V dan kam kuchlanish bersak u 150 Vt quvvat hosil qila olmaydi, demak kerakli yorug’likni ham bera olmaydi. Agar 225 V dan katta kuchlanishga ulasak quvvat va yorug’lik berishi ham kuchayadi, lekin lampa tezda ishdan chiqishi mumkin. Ma’lumki biz uchun lampaning ishlash muddati ham muhim rol o’ynaydi. Ishlab chiqaruvchi lampa tolasini u 225 V kuchlanishda ishlaganda qancha vaqt ishlashini tekshirib, shu vaqtga kafolat beradi. Biz buni lampaning nominal ishlash vaqti deymiz.Demak lampa uchun ishchi kuchlanish, quvvat, tola qarshiligi, ishlash muddati nominal kattaliklar hisoblanadi va bu kattaliklar ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi. Lampaning ishlashi jarayonida bu kattaliklarni saqlash uchun manbaning kuchlanishi nominal qiymatda bo’lishi kerak. Bunday xolat boshqa barcha elektr qurilmalari va zanjirlari uchun o’rinlidir. Xulosa qilib aytganda, elektr qurilmasidan foydalanganda elektr tokining parametrlari qurilma nominal parametrlariga mos kelishi nominal rejim deyiladi va qurilma me’yorda ishlaydi. Qurilmalarni nominal ish rejimini ta’minlash qurilmadan va elektr energiyasidan unumli foydalanishning garovidir.
Salt rejim. Qurilma hali tokga ulanmagan bo’lsaiste’molchiningqarshiligi cheksiz katta va zanjirdagi tok kuchi nolga teng bo’ladi. Bu xolat salt rejim deb yuritiladi.Salt rejim odatda manbaning parametrlarini, aniqrog’i manba kuchlanishini baholashda ishlatiladi. Manba kuchlanishi unga tashqi zanjir ulanmagan holatda o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |