Elektrotexnika elektr energiyasidan foydalanib ishlovchi qurilma va mexanizmlarni ishlashini, xamda elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni uzatish bilan bog’liq muammolarini o’rganuvchi texnikikaviy fandir


Download 86.11 Kb.
bet6/30
Sana02.06.2024
Hajmi86.11 Kb.
#1839778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab -fayllar.org

I0 = I1 + I2 + I3 + I4 , yoki tugundagi toklarning algebraik yig’indisi nolga teng I0 + I1 + I2 + I3 + I4 = 0.
Tarmoq. Elektr zanjirida tugunlar oralig’i tarmoq deb ataladi. Masalan 10-rasmda A tugundan R1 qarshilik orqali D tugungacha bitta tarmoq; A tugundan K kalit va E manba orqali D tugungacha ikkinchi tarmoq, va hokazo. 10 - a, b rasmlardan ko’rinib turibdiki zanjirda 5 ta tarmoq mavjud. SHuningdek qarmoq qarshiligi, tarmoq toki, tarmoq uchlaridagi kuchlanish tushunchalari mavjud. Tarmoq qarshiligi deb shu tarmoqda ketma-ket ulanib turgan iste’molchilarning umumiy qarshiligiga aytiladi va bu qarshilik ketma-ket ulangan iste’molchilar qarshiliklari yig’indisiga teng. Tarmoq toki Om qonuniga muvofiq tarmoq uchlaridagi kuchlanishni tarmoqning umumiy qarshiligiga nisbatiga teng.
Kontur. Elektr zanjiridagi yopiq xalqa kontur deb ataladi. 9 rasmdagi zanjir konturlarini ko’ramiz:
1- kontur: A tugun, R1 qarshilik, D tugun, E manba va yana A tugun, kontur yopildi. Konturda bitta manba bitta iste’molchi mavjud.
2- kontur: A tugun, V tugun, R2 qarshilik, E tugun, D tugun, R1 qarshilik va yana A tugun. Konturda manba yo’q.
Shu tarzda, zanjirdagi barcha konturlarni belgilab chiqishimiz mumkin. Konturlar uchun Kirxgofning 2-qonuni o’rinli. YA’ni Konturdagi elektr yurituvchi kuchlarning yig’indisi shu kontur elementlaridagi kuchlanishlar tushuvining yig’indisiga teng. 1- va 2- konturlar uchun Kirxgofning 2- qonunini qo’llasak:
1- kontur uchun E = I1 • R1 , yoki E = U1
2- kontur uchun I1 • R1 + I2 • R2 = 0, yoki U1 + U2 = 0,
chunki 2- konturda tok manbai yo’q, shuning uchun E = 0.
Murakkab zanjirlarni hisoblashda “kontur toki” tushunchasi kiritiladi. Masalan 2.5 – rasmdagi sxemaning 1-va 2- konturlarini alohida tasvirlab qayta chizamiz, 2.6- rasmga qarang. Zanjirdagi 1- kontur tokini II , 2- kontur tokini III deb belgilaymiz. Konturdagi toklar yo’nalishi soat strelkasi yo’nalishida deb qabul qilamiz va sxemada ifodalaymiz 2.6-rasm.



Download 86.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling