«elеktrotеxnika» fakultеti «elеktr mеxanikasi elеktr tеxnikasi va elеktr tеxnologiyalar» kafеdrasi


Sinusoidal tok va kuchlanishlarning amplitudasi, chastotasi va fazasi


Download 406.73 Kb.
bet10/31
Sana31.10.2023
Hajmi406.73 Kb.
#1735473
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
1 Ma\'ruzalar NE EE sirtqi (1)

Sinusoidal tok va kuchlanishlarning amplitudasi, chastotasi va fazasi
Yo‘nalishi va kattaligi davriy ravishda o‘zgarib turuvchi EYuK, tok va kuchlanish o‘zgaruvchan EYuK, tok va kuchlanish deyiladi. Vaqt bo‘yicha sinusoidal qonun bo‘yicha o‘zgaruvchan EYuK, tok va kuchlanish sinusoidal EYuK, tok va kuchlanish deb ataladi. Sinusoidal tok quyidagicha ifodalanadi:
,
bunda i - tokning oniy qiymati,A, - tokning maksimal (amplituda) qiymati, A, - burchak chastota, rads, - boshlang‘ich faza – faza (ti) ning vaqtdagi qiymati, grad, 2.1- rasmda sinusoidal tokning to‘lqin diagrammasi keltirilgan.
D avr T-bu muayyan vaqt oralig‘i bo‘lib, tokning o‘zgarishi takrorlanadi, ya'ni to‘liq bitta to‘lqin o‘zgarishi kuzatiladi. Bir sekunddagi davrlar soni chastota deb ataladi : ,Gs. -o‘zgaruvchan tokning burchak chastotasi.
Sinusning argumenti, ya'ni kattalik faza deb ataladi. Faza tebranishning oniy t vaqtdagi holatini tasvirlaydi. Elektrotexnik qurilmalar uchun kuchlanishning chastotasi standartlashtirilgan. Yevropada va mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hududlarida 50 Gs, AQSh va Yaponiyada esa 60 Gs qilib olingan. Sanoatda maxsus maqsadlar uchun turli xil chastotali o‘zgaruvchan toklardan keng foydalaniladi. Masalan, tezyurar yuritmalarda chastotasi 200-400 Gs, elektron qurilmalarda-500 Gs - 50 MGs va h.k. Radiotexnika, televideniyeda 31010 Gs gacha va sanoat elektronikasining ko‘p qurilmalarida nisbatan kichik miqdordagi energiyani elektromagnit to‘lqinlar vositasida simsiz uzatish uchun yuqori chastotali o‘zgaruvchan toklar zarur. Har qanday sinusoidal o‘zgaruvchan funksiya uchta kattalik bilan aniqlanadi: amplituda qiymati, burchak chastotasi va boshlang‘ich fazasi. Past chastotali sinusoidal EYuK va toklar sinxron generatorlar yordamida hosil qilinadi. Yuqori chastotali sinusoidal EYuK va toklar esa yarim o‘tkazgichli generatorlar yordamida olinadi.



Download 406.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling