«elеktrotеxnika» fakultеti «elеktr mеxanikasi elеktr tеxnikasi va elеktr tеxnologiyalar» kafеdrasi


Download 406.73 Kb.
bet20/31
Sana31.10.2023
Hajmi406.73 Kb.
#1735473
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
1 Ma\'ruzalar NE EE sirtqi (1)

E1 = 4,44 ∙f∙w1Φ
E2 = 4,44 ∙f∙w2Φ
Bu yerda f ─ o‘zgaruvchan tokning chastotasi, Gts; w1, w2 ─ birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning o‘ramlari soni; Φ ─ asosiy magnit oqimi, Vb.
Demak, ifodalardan ko‘rinadiki, chastota f va magnit oqimi Φ o‘zgarmas bo‘lganda chulg‘amlarda induktsiyalangan EYUK E1 va E2lar ularning o‘ramlari soniga proportsional ekan, ya’ni

Bu nisbat transformatorning transformatsiya koeffitsiyenti hisoblanadi, ya’ni

Mazkur koeffitsiyent transformatorga berilgan kuchlanishning necha marta o‘zgarishini ko‘rsatadi. Agar k > 1 bo‘lsa, transformator kuchlanishni pasaytirib beruvchi, agar k < 1 bo‘lsa, transformator kuchlanishni orttirib beruvchi hisoblanadi.
Salt ishlash rejimi. Transformatorlarni ishlatish jarayonida ko‘pgina vaqt ularning birlamchi chulg‘ami manbaga ulanib, ikkilamchi chulg‘am uchlari bo‘sh qoladi. Bunday rejim transformatorning salt (nagruzkasiz) ishlash rejimi deyiladi.
Salt ishlash rejimida U1 = U1nom va I2 = 0 bo‘ladi. Bunga mos sxema 3-rasmda ko‘rsatilgan. Transformatorning birlamchi chulg‘amiga berilgan sinusoidal kuchlanish U1 ta’sirida chulg‘amdan salt ishlash toki I0 oqib o‘tadi. Bu tokning magnitlovchi kuchi I0∙w1 po‘lat o‘zak bo‘ylab tutashuvchi asosiy magnit oqimi (Φ = Φm sin ωt)ni va qisman havo hamda po‘lat o‘zak orqali tutashib tarqalgan magnit oqimi F1s ni hosil qiladi. Bu o‘zgaruvchan magnit oqimlari o‘zining chulg‘amlarda induktsiyalangan EYUK-lari bilan quyidagi bog‘lanishga ega:




Download 406.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling