Elektrotexnika materiallari
Suyuq dielektriklarning elektr teshilishi
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
2.11. Suyuq dielektriklarning elektr teshilishi
Suyuq dielektriklarining elektr mustahkamligi normal sharoitda gazlarnikiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Suyuqlikda qiymati gazlardagiga nisbatan ancha kichikdir. Shu sababli, toza suyuqlikda E t katta qiymatga (50-70MV/m) erishadi. Odatda suyuqlik tarkibida doimiy qo’shimchalar sifatida gaz, suv va qattiq jism zarralari ishtirok etadi. Bunday qo’shimchalar suyuqlikning elektr mustahkamligiga (teshilish qonuniyatlariga ham) salbiy ta’sir etib, E t qiymatini keskin pasaytiradi. Elektr maydonida suyuqlikdagi begona zarralar maydon chiziqlari bo’ylab elektrodlar orasida zanjir ko’rinishidagi “bo’sh joylar” ni shakllantiradi. Agar suyuqlik tarkibida gaz pufakchalari bo’lsa, teshilish ana shu pufakchalardan boshlanib, suyuqlikda tugaydi. Suyuq dielektrik – neft mahsuloti bo’lgan transformator moyining tarkibidagi oz miqdordagi suv uning elektr mustahkamligini keskin pasaytiradi. Moydagi suv shar shakliga ega bo’ladi, kuchli maydon ta’sirida dipolli ushbu suv tomchilari qutblanish natijasida ellips 93 shakliga o’tadi. Bunda elektrodlar orasida vujudga kelgan o’ta o’tkazuvchan kanal orqali teshilish ro’y beradi (2.32-rasm). 2.32-rasm. Suyuq dielektriklarda teshilish: 1-quritilgan transformator moyi; 2- suv zarrachalari mavjud bo’lgan transformator moyi Toza moylarda E t qiymati 80 0 C bo’lganda moyning yengil funksiyasi qaynab, unda ko’plab pufakchalar hosil bo’lishi natijasida suyuqlikning elektr mustahkamligi keskin pasayadi. Agar tarkibida bir oz suv bo’lgan moyning harorati oshirilsa, undagi suv impulsiya holatidan molekulyar eritma holatiga o’tishi natijasida E t qiymati ko’tariladi. 74 Past haroratlarda suyuqlikning elektr mustahkamligi ortishi uning quyuqlashishi va tarkibidagi suvning muzga aylanishi natijasida r qiymatining kamayishi ( r =2,85) bilan bog’liqdir. Moy tarkibidagi mexanik qo’shimchalar jumladan tola, kukun zarrasi va hokazolar ham suyuq dielektrikning elektr mustahkamligi pasayishiga olib keladi. Shuning uchun elektr texnikada ishlatiladigan suyuq dielektriklar mexanik tozalagich, bosqichli filtr, markazdan qochma moslama, vakuum quritgich va gazsizlantiradigan uskunalarda begona 74 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 129-bet. 94 qo’shimchalardan tozalanadi. Suyuq dielektrik qo’shimchalardan tozalanganda uning E r qiymati sezilarli darajada ortadi. Masalan, tozalanmagan transformator moyida E=4 MV/m bo’lsa, tozalanganida E t =25-45 MV/m. Elektr apparat (transformator, kabel, kondensator o’chirgich)lariga moy tozalangandan keyingina quyiladi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling