Elektrotexnika materiallari
Dielektriklarning elektr teshilishi
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
2.9. Dielektriklarning elektr teshilishi Dielektrikka berilgan kuchlanish qiymati oshira borilganda tok oqimi yuksalib, elektr energiyasining isrofi ko’payadi. Elektr izolyatsiyasi cheklanmagan qiymatdagi o’ta yuqori elektr kuchlanishiga bardosh bera olmaydi. Kuchlanish qiymati ko’tarila borishi natijasida dielektrikda teshilish sodir bo’ladi. Bunda 68 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 54-bet 86 dielektrikda tok oqimi keskin ortadi. Teshilish paytida dielektrikda sodir bo’ladigan o’ta o’tkazuvchan kanal elektrodlarning qisqa tutashuviga olib keladi. Teshilish sodir bo’lgan joyda chaqnash yoki elektr yoyi yuzaga kelib, dielektrikning teshilgan qismida erish, kuyish, yorilish va hokazolarni kuzatish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, elektr maydonida joylashgan dielektrik o’z izolyatsion xususiyatini elektr maydoni kuchlanganligining ma’lum qiymatida yo’qotadi. Dielektrik hajmining aniq bir qismida keskin o’zgarish ro’y berishi oqibatida elektrodlar orasida dielektrik orqali katta tok o’tib, qisqa tutashuv hodisasi ro’y beradi (2.28-rasm). 2.28-rasm. Elektr teshilishning vaqtga bog’liqligi Dielektrikning teshilish lahzasidagi kuchlanish teshilish kuchlanishi (U t ) deyiladi. Elektr maydonning shu lahzaga mos keluvchi qiymati esa dielektrikning elektr mustahkamligi deyiladi. Dielektrikning elektr mustahkamligi teshilish kuchlanishining dielektrikning teshilish joyidagi qalinligi (h) ga nisbati bilan aniqlanadi. . h U E t (2.53) Dielektrikning elektr mustahkamligi SN ga asosan MV/m larda o’lchanadi. 1 MV/m = 10 3 kV/mm =10 6 V/m 69 69 Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 46-bet. 87 Agar dielektrikda , r , tg qiymatlari qanoatli darajada bo’lmasa, materialni ishlatsa bo’ladi, lekin E qiymati qanoatli darajada bo’lmasa, bunday dielektriklarni umuman ishlatib bo’lmaydi. Teshilish natijasida dielektrikdan katta tok o’tib, elektr texnika uskunasi ishdan chiqadi. Quvvatli generator, transformator va kabellarda izolyatsiya teshilish energetik tizim uchun jiddiy falokat hisoblanadi. Shuning uchun ham, teshilish nima sababdan kelib chiqishi, izolyatsiya kuchlanishning qanday qiymatini ushlay olishini bilish juda zarurdir. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling