Elektrotexnika materiallari


Elektr izolyatsiya kompaundlari


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

Elektr izolyatsiya kompaundlari shimiluvchi va quyiluvchi turlarga 
bo’linadi, ular loklardan o’z tarkibida erituvchilarning yo’qligi bilan farq qiladi. 
Sintetik polimerlar (poliefirstirol, poliefirakrilat, metakrilat, poliuretan, epoksid, 
kremniy-organik moddalar) asosidagi kompaundlar keng qo’llanilmoqda. 
Ko’rsatilgan polimerlar ichida eng ko’p ishlatiladigani epoksid qatroni va uning 
modifikatsiyalari asosidagi kompaundlardir. 
Shimiluvchi va quyiluvchi kompaundlarni to’g’ri qo’llash orqali yuqori 
kuchlanishli konstruksiyalarning hajmini anchagina ixchamlashtirish mumkin. 


139 
Elektr texnikada kompaundlar elektr mashina, transformator va slyudali 
materiallarga shimdiriladi, radioshema, asbob va uskunalar qismlariga quyiladi. 
Tarkibidagi bog’lovchining turiga qarab, kompaundlar, asosan, uch guruhga 
(epoksid qatroni asosidagi, poliefir qatroni asosdagi, poliuretanli) bo’linadi. 
Tarkibiga ko’ra kompaundlarning sovuq yoki issiq sharoitda qotadigan xillari 
bo’ladi. Kompaund tarkibiga to’ldiruvchi kiritilishi natijasida uning mexanik va 
elektrik xossalari o’zgaradi. Tolali yoki kukun ko’rinishidagi to’ldiruvchilar 
kompaundning mexanik xossalarini o’zgartirib, kompaund asosidagi jismning 
siqilishga bo’lgan mustahkamligini oshiradi. Bunda jismning issiqlik o’tkazish 
koeffitsienti ortib, chiziqli kengayish koeffitsienti kamayadi. 
Kompaundga ba’zi to’ldiruvchilar (fosfat, surma) qo’shilishi natijasida uning 
yong’inga chidamliligi ortadi. Agar kompaundga grafit yoki temir kukuni 
aralashtirilsa, u holda elektr o’tkazuvchanlik yuzaga kelib, statik zaryad bartaraf 
etiladi.
103
Kompaundlar ishlatish joyida tayyorlanadi. So’nggi paytda bir yoki ikki 
komponentli kompaundlar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yildi. Ikki komponentli 
kompaundlarda komponentlarni bir-biriga aralashtirish orqali kerakli miqdordagi 
kompaund tayyorlab olinadi. Sanoat sharoitida kompaund tayyorlash uchun 
uzluksiz ishlaydigan aralashtirgichlardan foydalaniladi. Kompaundlardan jismlarni 
shimdirish, to’latish yoki zichlashda foydalaniladi. Shimdiriladigan jism vakuum 
yoki bosim ta’sirida kompaundga botirib olinadi. Shimdirish usuli esa suyuqlikni 
markazdan qochma kuch ta’sirida hamda tomchi holatida yuborish orqali amalga 
oshiriladi. Yuqori kuchlanishda ishlaydigan izolyatsiyaga kompaund vakuum 
ostida yuboriladi. Quyish ishlarida metall yoki ftoroplastdan tayyorlangan qoliplar 
ishlatiladi. Kompaundni quyishdan avval metall yuzasiga KO kauchugining 7%li 
eritmasi surtiladi. Kukun holatdagi kompaund konstruksiya yuzasiga elektrostatik 
maydon yoki uyurma tebranish usullari orqali qoplanadi. So’ngra yuqori harorat 
ta’sirida yuzadagi kompaund eritilib, bir tekis silliq qoplama hosil qilinadi. 
103
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 192-bet. 


140 
Issiqlik ta’sirida qotadigan shimiluvchi kompaundlarga ED-16 navli qatron 
asosidagi D1, D3, D36, D112, EPK-16, EPSK, UP-5-105, UP-592 navli har xil 
qotiruvchi va plastifikatorli kompaundlar kiradi. Ba’zi epoksidli kompaundlarning 
dielektrik va mexanik xossalari quyidagicha: r=10
13
Om∙m; cho’zilishdagi 
mustahkamligi 60-90 MPa; urilish qovushqoqligi 11-20 kJ/m
2

Issiqlik ta’sirida qotadigan, quyiluvchi kompaundlarga ED-16 qatroni, 
qotiruvchisi sifatida – malein angidridi, to’latuvchi sifatida kvars qumi yoki kalsiy 
ftoridi ishlatiladi. Kompaund komponentlari bir-biriga ma’lum ketma-ketlikda va 
aniq miqdorda qo’shib, aralashtiriladi. Tayyorlangan suyuq holatdagi kompaund 
qoliplarga quyiladi. Kompaund qotgandan so’ng yaxshi elektrik va mexanik 
xossalariga ega bo’ladi. Bunday konstruksiyali izolyatsiya moy, namlik yoki suv 
ta’siriga chidamli bo’ladi. Ana shu xossalari tufayli kompaundlarni zichlovchi 
modda sifatida qo’llash mumkin. Ularga PEK-18, PEK-19, PEK-20, PEKL-19 
navli kompaundlar misol bo’ladi. Bu kompaundlar po’lat yuzasiga yaxshi 
yopishadi, polivinilxlorid va kabel rezinasi bilan yaxshi birikadi. 
KP-18, KP-34, KP-50 navli poliefir kompaundlaridan elektr uskunalarining 
chulg’amlarini shimdirishda foydalaniladi. KP-101 va KP-103 navli 
kompaundlardan esa murakkab elektr uskunalarning chulg’amlarini shimdirishda 
foydalaniladi.
MBK, KM-9 navli metakril kompaundlari namlik ta’siriga chidamli bo’lib, 
tashqi atmosfera sharoitida yorilmaydi. Bu kompaundlar boshqa materiallar bilan 
yaxshi birikib, toj yoki elektr razryad ta’siriga chidamli bo’lishi bilan birga organik 
erituvchilarda erimaydi. KM-9 navli kompaund yaxshi zichlovchi kompaundlar 
qatoriga kiradi. 
B-PE-9128 navli kompaund elektr mashina va apparatlari chulg’amini 
shimdirishda, B-ID-9127 navlisi esa maxsus asinxron dvigatel, transformator 
chulg’amlarini shimdirishda ishlatiladi. SPP-BI navli kompaund shisha tolalarini 
bog’lovchi sifatida ishlatiladi. 
MFVG-1, MFVG-3 navli KO kompaundlari issiqlik ta’sirida va katalizator 
yordamida qotadi. Bu kompaund o’zining izolyatsion xossasi yuqoriligi va issiqlik 


141 
ta’siriga chidamliligi (250-260

C) bilan ajralib turadi. U qayishqoqlik xossasini -
60

C gacha saqlaydi. Xamirsimon zichlovchi kompaundlarning KL turi uch: KLT-
30, KLSE-305, KLF-120 navda ishlab chiqariladi. Ularning saqlanish muddati 6 
oy bo’lib, moslama va uskunalarni zichlashtirishda ishlatiladi. 
Lok va kompaund shimdirilgan g’ovaksimon izolyatsiya materiali yaxshilab 
quritiladi, so’ngra unga yana lok shimdiriladi yoki qoplanadi, keyin esa ikkinchi 
bosqichli quritish amalga oshiriladi va lok tarkibidagi erituvchi moddalar chiqarib 
yuboriladi.
104
Termoreaktiv lok yoki kompaundlar issiqlik ta’sirida quritiladi. Loklash, 
odatda, loklanadigan qism quritkichda ma’lum muddat (masalan, elektr 
chulg’amini 100-110

C da 5-10 soat) ushlab turilgandan so’ng olinib, biroz 
sovitiladi. (60-70

C gacha) va lokli idishga botiriladi. Qism idishda havo 
pufakchalari ajralib chiqishi tugaguncha ushlab turiladi. So’ngra olib, quritiladi. 
Namga chidamli mashina izolyatsiyasiga lok yoki kompaund bir necha marta 
beriladi. Detallarni lok yoki kompaund bilan qoplash suyuqlikni yuzaga quyish
tomizish, purkagichda sepish, mo’yqalamda surtish kabi usullarda amalga 
oshiriladi. Quritish jarayoni termostatda, avtoklavda, infraqizil nur, yoritish 
chiroqlari va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling