Elektrotexnika materiallari


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

 
2.24. Bitumlar 
Bitum – murakkab uglevodorod birikmalaridan iborat bo’lgan, qora yoki to’q 
qo’ng’ir rangli termoplastik amorf gigroskopik bo’lmagan va o’ziga suv 
singdirmaydigan materialdir. U benzol va toluolda oson eriydi, spirt va suvda esa 
mutlaqo erimaydi. Tabiiy (qazib olinadigan) bitum asfalt deb ham ataladi. 
Sun’iy bitum neftni qayta ishlash orqali olinadi. Neftdan olinadigan 
bitumlarga BN-III, BN-IV, BN-V navli bitumlar hamda qiyin eruvchan bitumlar 
misol bo’ladi. Mazkur bitumlarning yumshash harorati 50

125

C ni tashkil etadi. 
Asfalt yaxshi elektr izolyatsiya xossasiga ega bo’lib, mo’rt va qattiqdir. Uning 
yumshash harorati 200

C gacha yetadi.
Bitumlarning dielektrik xossalari quyidagicha: 


=2,5-3,0; tgδ =0,01; 

=10
13
-
10
14
Om∙m; E
m
=10-25 MV/m. Bitumlar, asosan, lok va kompaundlar tayyorlashda 
ishlatiladi. 
 
2.25. Mumsimon dielektriklar 
Mumsimon dielektriklar kristall tuzilishi jihatidan qatron va bitumlardan farq 
qilib, qattiq holatdan suyuq holatga o’tishda o’zining aniq haroratiga egadir. Bu 
materiallardan elektr izolyatsiyasida shimiluvchi va quyiluvchi moddalar sifatida 
foydalaniladi. Ulardan foydalanilganda kondensator va boshqa elektr asboblarining 
konstruksiyalarini soddalashtirish imkoni yaratiladi. 
Mumsimon dielektriklar namga chidamli bo’lgani sababli, ular qo’llanilgan 
konstruksiyalarni 
zichlash 
(germetizatsiyalash) 
talab 
etilmaydi. 
Mazkur 
dielektriklarning asosiy kamchiligi qotishda ular hajmiy kirishishining nisbatan 
yuqoriligidir (15-20%).
Qutblilik darajasi bo’yicha mumsimon dielektriklar uch guruhga bo’linadi: 1) 
qutbsiz (parafin, serezin); 2) qisman qutbli (polietilen, poliizobutilen); 3) qutbli 
(olevaks). 


135 
Polietilen va poliizobutilen mumi yuqori kuchlanishli kabelning qog’oz 
izolyatsiyasini shimdirishda qo’llaniladi. Ular oq yoki kul rang, solishtirma hajmiy 
qarshiligi yuqori (

= 10
14
Om∙m) dielektriklardir. Polietilen mumi shimiluvchi 
kabel moylari (MN-3, MN-5) tarkibida kanifol bilan birgalikda, poliizobutilen 
mumi esa MN-4 navli shimiluvchi moy tarkibida qo’llaniladi. 
Parafin rangsiz, hidsiz, kristall strukturali mumsimon modda bo’lib, benzol, 
neft moylari, benzin va efirda yaxshi eriydi. Parafin parafinli neft distillatini qayta 
ishlash orqali olinadi. Parafinning bir nechta turi bo’lib, ular bir-biridan erish 
harorati bilan farq qiladi. Parafinning erish harorati qancha yuqori bo’lsa, uning 
sifati shuncha yaxshi hisoblanadi. Parafinning zichligi 850-900 kg/m
3
, erish 
harorati 50-62

C, dielektrik xossalari: 


= 2,1-2,2; tgδ = 0,0003-0,0007; 

=10
13
-
10
15
Om∙m; 


=10
15
-10
16
Om∙m; E
m
=20-30MV/m. Sifatli tozalangan parafin navi 
B
1
-B
4
o’rtacha tozalikdagisi T, C va tozalanmagani H
c
, H
b
harflari orqali 
belgilanadi. Parafin kondensator izolyatsiyasini shimdirishda, uning serezin bilan 
aralashmasi esa sim va kabel o’ramlarida ishlatiladi.
101
Serezin neft mahsulotlaridan olinib, dielektrik xususiyatlari jihatidan 
parafindan ustun turadi. Serezinning erish harorati 65-85

C, undan qayishqoq 
yupqa qoplama olish mumkin. Serezin kabel sanoatida rezina mahsulotlari 
tayyorlashda (rezinaning yorug’lik nuriga chidamliligini oshiradi) ishlatiladi. 
Sintetik serezin och sariq rangli kristall strukturali modda bo’lib, qog’oz 
slyuda izolyatsiyali kondensatorlar tayyorlashda ishlatiladi. 
Vazelin - qattiq va suyuq uglevodorodlar aralashmasidan tashkil topgan quyuq 
moddadir. Uning dielektrik xossalari quyidagicha: 


= 0,0002; 

= 5∙10
12
Om∙m; 
E

=20 MV/m. Vazelin kondensatorlarni to’latishda yoki ularning qog’ozli 
izolyatsiya tasmalarini shimdirishda ishlatiladi.
Olevaks - kanakunjut moyini gidrogeneratsiya qilish usuli orqali olinadigan 
yaxshi dielektrik xossali moddadir. Olevaksning dielektrik singdiruvchanligi 
yuqori bo’lganligi sababli, undan kondensatorlar sig’imini oshirishda 
foydalaniladi. 
101
Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 65-bet. 


136 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling