Elektrotexnika materiallari


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

 
2.19. Organik dielektriklar 
Elektr texnika, radiotexnika, elektronika va xalq xo’jaligining boshqa 
sohalarida polimerlardan ko’p sonli turli xil mahsulotlar ishlab ciqariladi. 
96
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 88-bet 


128 
Yuqori molekulyar birikmalarning yuzta, mingta va undan ko’p atomlarning 
o’zaro kovalent bog’lanishidan vujudga kelgan molekulasi makromolekula 
deyiladi. Aksariyat tabiiy va sintetik polimerlarning makromolekulalari 
takrorlanadigan bir xil atomlar guruh – elementar halqalardan tashkil topadi. 
Bunday makromolekulaga ega birikmalar polimerlar deb ataladi. Polimerlarni 
sintez qilishda ishlatiladigan quyi molekulyar birikmalar monomerlar deyiladi. 
Dielektriklar ichida yuqori molekulali organik materiallar alohida ahamiyatga 
egadir. Tarkibida uglerod moddasi bo’lgan birikmalar organik moddalar deb 
ataladi. Uglerod molekulalarining tuzilishi turli-tumandir. Bu molekulalar ko’p 
sonli kimyoviy birikmalar hosil qiladi: molekula tuzilishi bo’yicha ular zanjirli, 
tarmoqlangan, doirasimon va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Yuqori 
molekulali materiallarga sellyuloza, shoyi, kauchuk va boshqalar kiradi. 
Sun’iy ravishda olinadigan yuqori molekulyar materiallar ikki turkumga 
ajratilishi mumkin. Birinchisiga tabiiy yuqori molekulyar moddalarga kimyoviy 
ishlov berish yo’li bilan tayyorlanadigan sun’iy materiallarni keltirish mumkin. 
Masalan, sellyulozani qayta ishlash orqali sellyuloza efiri olinadi. Ikkinchi 
turkumga past molekulyar moddalardan tayyorlanadigan yuqori molekulyar 
sintetik materiallar kirib, ular elektr izolyatsiyasidan alohida ahamiyatga egadir. 
Reaksiya natijasida monomerlardan polimerlar hosil bo’lishi polimerlash 
deyiladi. Polimerlash natijasida moddalarning molekulyar massasi, suyuqlanish va 
qaynash harorati ortadi; polimerlash jarayonida modda gaz yoki suyuq holatdan, 
quyuq yoki qattiq holatga o’tadi.
97
Polimerlar, asosan, chiziqli va fazoviy polimer guruhlarga bo’linadi. Chiziqli 
polimer molekulalarining tuzilishi zanjir va tola ko’rinishida bo’ladi. Tabiiy 
kauchuk, polietilen, siloksan kauchuklari chiziqli polemerlarga misol bo’ladi. 
Fazoviy (yoki tarmoqlangan) polimer molekulalar uchala koordinata o’qlari 
bo’yicha tekis joylashib, ixcham tuzilishga ega qaytariluvchi guruhlardan tashkil 
topadi. Chiziqli va fazoviy polimerlar xossalari jihatidan bir-biridan keskin farq 
qiladi. Chiziqli polimerlar egiluvchi qayishqoq bo’lib, harorat ta’sirida ularning 
97
Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 59-bet. 


129 
ko’pchiligi avval yumshab, so’ngra eriydi. Fazoviy polimerlar esa eriydigan qattiq 
holatda bo’lib, ularga harorat ta’sir ettirilganda kimyoviy yemirilish sodir bo’ladi 
(2.53-rasm). 
a) b) 
2.53-rasm. Chiziqli va fazoviy polimerlarning shartli tuzilishi 
Polimerlarning termoplastik va termoreaktiv turlari bo’ladi. Termoplastik 
(plastik) polimerlar kuzatilganda yumshab, osongina deformatsiyalanadi; erituvchi 
ta’sirida esa ular oson eriydi, harorat ta’sirida elektr xossalarini deyarli 
o’zgartirmaydi. Termoreaktiv (reaktoplast) polimerlar qizitilganda qattiq (mexanik 
mustahkam) holatga o’tib, egiluvchanlik va eruvchanlik xususiyatlarini yo’qotadi. 
Harorat ta’sirida ushbu materiallar fazoviy polimerlarga o’xshash tuzilishga ega 
bo’ladi. So’nggi yillarda issiqlik ta’siriga chidamli termoplastik materiallar 
(poliimid, politetraftoretilen) ishlab chiqarilgan bo’lib, ular yuqori haroratda ishlay 
olish xususiyatiga egadirlar. 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling