Elektrotexnika materiallari
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
Qora bitumli lok tarkibiga bitumlar kiradi. Bu lok moyli lokka nisbatan
arzon, yuqori elektr izolyatsiya va kam gigroskopik xossali parda hosil qiladi. Qora 102 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 98-bet 138 bitumli lok asosidagi izolyatsiya eskirishga chidamli bo’lsa ham, lekin erituvchi va moy ta’siriga chidamsizdir. Organik erituvchiga bitum qo’shib hosil qilingan eritma, sof bitum loki deyiladi. U oddiy sharoitda quritiladi. Sof bitum loki, asosan, turli metall yuzalarini korroziyadan muhofaza qilishda qo’llaniladi. Moy-bitumli lokning tarkibida bitumdan tashqari, quriydigan moy ham bo’ladi. Mazkur lokning xossalari sof bitumli loklarga nisbatan qayishqoqligi va chidamliligi bilan farq qiladi. Moy-bitumli loklarning erituvchilari qatoriga benzol, toluol va skipidarni kiritish mumkin. Bu loklar transformator chulg’amlarini shimdirishda ishlatiladi. Moy-qatronli loklar tarkibida tabiiy va sintetik qatronlar bo’lib, qayishqoqligi, yelimlash xususiyati, kam gigroskopikligi va issiqqa chidamliligi bilan ajralib turadi. Bu moylar transformator chulg’amlarini qoplashda ishlatiladi, hosil bo’lgan qoplama chulg’amni moy kislota bug’laridan yaxshi himoya qiladi. Loklar harf va raqamlar bilan belgilanadi. Harflar lokli asosning tarkibini, birinchi raqam lokning qaerda qo’llanilishini, keyingi raqamlar esa lokning muayyan turini bildiradi. Elektr izolyatsiyasida ishlatiladigan, shimiladigan loklarga fenolli (FL-98), poliuretanli (UR-9144), kremniy-organikli (KO-964) va moy-gliftalli (GF-95) loklarni misol tariqasida keltirish mumkin. Ko’pgina loklarni tayyorlash jarayoni murakkab bo’ladi. Bunda, avvalo, lokli asos tayyorlab olinib, so’ngra u erituvchida eritiladi va mazkur eritmadan turli qo’shimchalar chiqarib yuboriladi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling