Elektrotexnika materiallari


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

 
2.29. Lokli matolar 
Elektr izolyatsiya loki shimdirilgan, egiluvchan ip-gazlama yoki shoyi 
matolar lokli matolar deyiladi. To’qilgan mato, asosan, mexanik mustahkamlikni 
ta’minlasa, undagi lok pardasi esa materialning elektr mustahkamligini 
ta’minlaydi. Lokli matolar elektr mashinasi va asboblar izolyatsiyasida, chulg’am, 
o’rama, qistirma va hokazo ko’rinishdagi kabel mahsulotlarida keng qo’llaniladi. 
Loklangan shoyi loklangan ip-gazlama matoga nisbatan yupqa, nafis bo’lib, kichik 
hajmli elektr asboblari ishlab chiqarishga imkon yaratish bilan birga, yuqori elektr 
mustahkamlikni ham ta’minlaydi. Mazkur loklangan matolarning yuqori ish 


147 
harorati 105

C ga tengdir. So’nggi paytlarda kapron va shisha tolalari asosidagi 
lokli matolar ham elektr izolyatsiyasida keng qo’llanilmoqda. 
Ochiq 
rangli 
lokli 
matolarning 
ip-gazlama 
asosidagisining 
elektr 
mustahkamligi 35-50 MV/m, shoyi asosidagisiniki 55-90 MV/m. zichligi mos 
ravishda birinchisida 1100 kg/m
3
, ikkinchisida 900-1000 kg/m
3
ga teng. Ochiq 
rangli loklangan matolar organik erituvchilar ta’siriga chidamli, lekin issiqlik 
ta’sirida eskirishi mumkin. Qora rangli loklangan matoning gigroskopikligi kichik 
bo’lib, organik erituvchilar ta’siriga chidamsizdir. 
Loklangan matolar eni 700-1050 mm bo’lgan o’ramlar holida ishlab 
chiqarilib, ularning qalinligi: ip-gazlama matolarda 0,15-0,30 mm, shoyi matolarda 
0,04-0,15 mm, kapronda 0,10-0,15 mm atrofida boladi.
109
Mahsulotning tannarxini pasaytirish maqsadida ip-gazlama va shoyi 
materiallar loklangan qog’oz bilan almashtiriladi. So’nggi paytlarda uskunalar 
izolyatsiyasida loklangan mato yoki loklangan qog’oz o’rniga sintetik plyonkalar 
ishlatilmoqda. 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling