Elektrotexnika materiallari


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

2.28. Yog’och va qog’ozlar 
 Bu materiallarning asosini o’simliklar tarkibidagi organik moddalar tashkil 
etadi. Elektr texnikada dastlabki elektr izolyatsiya materiallaridan foydalanilgan. 
Yog’ochning tola yo’nalishi bo’yicha elektr mustahkamligi uning ko’ndalang 
kesim yo’nalishiga nisbatan 3-4 barobar, qarshiliklari esa 10 barobar kichikdir. 
Quruq holatdagi yog’ochning zichligi 400-800 kg/m
3
oralig’ida bo’ladi. 
Yog’ochning zichligi qancha yuqori bo’lsa, uning mexanik mustahkamligi tola 
yo’nalishiga qarab turlicha bo’ladi. Uning tola yo’nalishi bo’yicha mexanik 
mustahkamligi shu tolaga ko’ndalang yo’nalishdagiga nisbatan ancha yuqori 
bo’ladi. Yog’ochning asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat: yuqori darajada 
gigroskopiklik; issiqlik yoki alanga ta’siriga chidamsizlik; o’z xossalarini tashqi 
ta’sir natijasida keskin o’zgartirishi va hokazo. 
Yog’ochning dielektrik va mexanik xossalari unga moy, qatron kabi 
shimiluvchi suyuqliklar shimdirish orqali yaxshilanadi. Quritib shimdirilgan 
yog’och o’zining elektrik va mexanik mustahkamligini oshiradi. Uning izolyatsion 
xossalari shimdiriluvchi modda turi (parafin, alif, neft moyi, sintetik qatron)ga 
bevosita bog’liq bo’ladi.
107
Yog’ochning gigroskopikligini kamaytirish uchun 
107
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 207-bet. 


145 
unga moy shimdirishning o’zigina yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun moy 
shimdirilgandan so’ng material yuzasi qo’shimcha ravishda loklanadi. 
Transformatorlarda elementlarni biriktirish maqsadida oq qayin, qayin va butadan 
tayyorlangan yog’och materiallar ishlatiladi. Aloqa va elektr energiyasini uzatish 
liniyalarida yog’ochdan tayyorlangan tayanchlar ishlatiladi. Yog’ochlardan, 
shuningdek o’chirgich, uzgich, transformator va boshqa elektr apparatlarida, 
elektrtexnikada texnika xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarda foydalaniladi.
Tarkibi, asosan, sellyulozadan iborat, qisqa tolali varaqsimon yoki o’ramli 
materiallarga qog’oz va karton kiradi. Qog’oz ishlab chiqarish uchun yog’och 
sellyulozasidan foydalaniladi. Elektr izolyatsiyasida qo’llaniladigan qog’oz 
tayyorlashda sulfat va natron sellyulozasi ham ishlatiladi. Elektr izolyatsiya 
qog’ozi va karton ishlab chiqarishda yog’ochga maxsus kimyoviy ishlov beriladi 
va undan lignin, mineral tuz va yelim kabi birikmalar chiqarib yuboriladi. Natijada 
sellyuloza tolalari sof holda ajratib olinadi. Mexanik ishlov berib maydalangan 
sellyulozaning suvdagi eritmasi aylanuvchan jo’valarga quyilib, yuqori haroratda 
quritiladi. Qog’oz o’ramga tortib o’ralayotganda tolalar, asosan, o’ram 
mustahkamligi uning uzunligi bo’yicha, eniga nisbatan birmuncha ortadi.
108
Kabel qog’ozlari K, KM, KV, KVMU navlarda ishlab chiqariladi, bunda K-
kabel, M-ko’p qatlamli, V-yuqori kuchlanishli, U-kuchaytirilgan ma’nolarini 
ifodalaydi. K va KM navli qog’ozlar kuchlanishi 35 kV gacha bo’lgan kabellarda, 
KV va KVU navlilari kuchlanishi 35 kV dan yuqori hamda KVM va KVMU 
navlilari kuchlanishi 100 kV dan yuqori bo’lgan kabellarda qo’llaniladi. Kabel 
qog’ozlarining qalinligi 70-170 mkm, zichligi 760-1000 kg/m
3
.
Qog’ozning zichligini oshirish hisobiga uning qalinligini kamaytirish 
mumkin. Materialning dielektrik singdiruvchanligi qog’oz va unga shimdirilgan 
moy turiga bevosita bog’liq bo’ladi.
Telefon qog’ozi KT va KTU navlarda ishlab chiqarilib, ularning qalinligi 50 
mkm, zichligi ko’pi bilan 800 kg/m
3
ni tashkil etadi. Telefon qog’ozlari sarg’ish, 
qizil, ko’k yoki yashil ranglarda bo’ladi. 
108
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 107-bet 


146 
Kondensator qog’ozi asosan ikki xilda (oddiy kondensator qog’ozi va 
siliKon) ishlab chiqariladi Silikon katta quvvatga ega kondensatorlarda 
Qo’llaniladi. Kondensator qog’ozlarining zichligi 800-1250 kg/m
3
, qalinligi 4-30 
mkm, o’ramining eni 12-490 mm atrofida bo’ladi. Bunday yupqa qog’oz ishlatish 
natijasida katta solishtirma sig’imli kondensatorlar yaratish imkoni tug’iladi. 
Karton, asosan, qalinligi jihatidan (0,2-6 mm) odatdagi qog’ozlardan farq 
qiladi. Izolyatsiya kartonlari ikki turda (havo muhitida ishlashga mo’ljallangan 
g’ovaksimon va uncha zich bo’lmagan kartonlar) ishlab chiqariladi. G’ovaksimon 
karton o’ziga moyni yaxshi shimib oladi va bunda uning elektr mustahkamligi 
pasaymaydi. Kartonlar varaq holida (o’lchami 3x4 m gacha) yoki o’ramlarda (eni 1 
gacha) ishlab chiqariladi. Ulardan elektr mashina, transformator va boshqa elektr 
apparatlarining izolyatsiyasida foydalaniladi. Pishiq qog’oz yupqa qog’ozlardan 
tayyorlanib, iliq ruh xloridi eritmasidan o’tkaziladi va kerakli qalinlikka 
erishilguncha po’lat jo’valarga o’ralaveradi. So’ngra pishiq qog’oz jo’valardan 
kesib olinib, yaxshilab suvda yuviladi va bosim ostida ishlov beriladi. Varaqsimon 
pishiq qog’oz (FE) qalinligi 0,6-12 mm, uzunligi 0,85-2,3 m va eni 0,55-1,4 m 
qilib tayyorlanadi hamda unga qora, qizil, kulrang va boshqa ranglar beriladi. 
Namlangan pishiq qog’ozga turli shakl berish mumkin. Pishiq qog’oz elektr 
mashina va apparatlarining konstruksiya materiallari sifatida ham qo’llaniladi. 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling