Elektrotexnika materiallari
Bosma plata uchun bazis materiallar
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
2.31. Bosma plata uchun bazis materiallar
Bazis materiallardan past kuchlanishli asboblarda va radiotexnika apparatlarida, hisoblash texnikasida, elektronika, telefoniya va boshqa sohalarda qo’llaniladigan bosma plata ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ilgarilari bosma plata uchun bazis materiallar sifatida zarlangan (folgalangan) materiallar qo’llanilib, ular (qatlamli plastmassa yoki sintetik pardadan tayyorlanib, varaqning bir yoki ikkala yuzasi qalinligi 35 mkm dan ortiq metall zarqog’ozi bilan qoplanardi. Keyingi paytda metall qoplama qalinligi 5 mkm gacha kamaytirilib, material yuzasiga qoplama subtraktiv (metall qoplama selektiv ravishda yupqalashtiriladi) uslubning yarim additiv va additiv (mis qatlam galvanik usulda yotqiziladi) usullari qo’llanilmoqda. Bazis materialning bir yoki ikki yuzasiga misni kimyoviy hamda galvanik usullarda yotqizib (zarlab), bosma plata ishlab chiqarish mumkin. Zar qoplash aralash usulida ham amalga oshiriladi. Qoplash uchun izolyatsiya yuzasi tekis bo’lishi, metall o’tkazgich sifatida elektrolitik misli zarqog’oz qo’llanilishi va buni asos bilan (izolyatsiya varag’i) biriktirishda turli xil yelim va adgezivlar qo’llanilishi mumkin. Odatda, biriktiruvchi yelim yuzaga 40-50 mkm qalinlikda maxsus mashina yordamida surtiladi. 150 Yuqori chastotali asboblar uchun bazis materiallar getinaks asosida tayyorlanib, ularning yuzasiga elektrolitik mis qoplanadi. Bunday plata varag’i qalinligi 1-3 mm, o’lchami kamida 800x900 mm qilib tayyorlanadi. Zarlangan shisha-tekstolit (shisha tola termoreaktiv bog’lagich bilan shimdiriladi) yuzasiga misli zarqog’oz qoplangan hollardagi varaq qalinligi 1,5 mm gacha, o’lchami kamida 600x700 mm qilib olinadi. Zarlangan SFT-230 navli dielektrikning qalinligi 0,13-2,5 mm, o’lchami kamida 400x600 mm, FDG navli zarlangan dielektrikning qalinligi esa 1,5-2 mm, o’lchami kamida 200x250 mm, SONF navli shisha-tekstolit qalinligi 0,8-3 mm, o’lchami kamida 400x600 mm, FDME navli shisha tekstolit qalinligi 0,1-0,15 mm, o’lchami esa kamida 400-600 mm qilib olinadi. Issiqqa bardoshli SGPA-5-1, STPA-5-2 navli shisha-tekstolitlar (qatlami shisha to’qimasi asosidagi) 0,1-2 mm qalinlikda, o’lchami esa kamida 400x600 mm bo’ladi. Zarlangan LF-1 navli lavsan (polietilen tereftalat asosidagi) yuzasiga 35 mkm qalinlikdagi elektrolitik mis zarqog’ozi yopishtiriladi. Zarlangan PF-1 navli bosma platasi poliimid asosida tayyorlanadi. Ko’p qatlamli bosma platasiga SP-1, SP-2, SPT-3, STP-4, SPO, SPS navli shisha to’qima asosida tayyorlangan materiallar misol bo’la oladi. Ularning qatlamlarini bosim ostida yelimlab, o’zaro biriktiriladi va misli zarqog’oz ularning yuzasiga yopishtiriladi. Yuqori chastotali asboblarda FLAN navli arilaks bilan to’yintirilgan, zarlangan dielektriklar qo’llaniladi. Ushbu, dielektrik materiallarning qalinligi 1- 2 mm, o’lchami 260x340 mm, zarqog’oz qalinligi 35 mkm qilib olinadi. Shu chastotalarda ishlovchi asboblarda polikarbon bilan to’yintirilgan, zarlangan varaqsimon materiallar ham ishlatiladi. Ularning ko’rsatkichlari quyidagicha: r =2,8; tgδ=(1,5 5)∙10 -3 (chastotasi 10 10 Gs); 10 12 Om∙m; s 10 11 10 12 Om∙m. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling