Elektrotexnika materiallari
Elektrotexnika materiallarining rivojlanish tendensiyasi
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
1.3. Elektrotexnika materiallarining rivojlanish tendensiyasi Hozirgi paytda fan va texnika rivojlangan, texnologik jarayonlar takomillashgan bir vaqtda elektr texnika ham yangi bosqichlarga ko’tarilib, turli xildagi materiallar ishlab chiqarilmoqda va o’zlashtirilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan elektr texnika materiallarining yangi xossalarga ega turlari ko’p miqdorda tayyorlanmoqda. Yangi turdagi materiallarni yaratishga ularning fizik, 4 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 9-bet 15 kimyoviy va mexanik xossalarini chuqur o’rganish orqali erishilmoqda (1.10- rasm). 5 1.10-rasm. Elektrotexnika materiallarining rivojlanishi Elektr texnika uskunalarini loyihalash, ishlab chiqarish va tekshirishda mutaxassis turli-tuman xossaga ega bo’lgan elektr texnika materiallari bilan to’qnashadi. Bu materiallar elektr mashinasi va jihozlarida kuzatiladigan elektromagnit jarayonida ishtirok etadi. Elektr texnika materiallaridan ma’lum darajada elektr, mexanik va magnit xossalar talab etiladi (1.11-rasm). 1.11-rasm. Elektr texnika materiallari asosiy turlari 6 5 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 10-bet. 6 Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 7-bet. 16 Elektr texnika materiallari asosan 4 turga - o’tkazgich, dielektrik, yarim o’tkazgich va magnit materiallariga bo’linadi. Elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr tokini havo va kabel orqali uzatuvchi uzatgichlar bilan iste’molilarga yetkazib berishda o’tkazuvchi materiallar ishlatiladi. Bu materiallar katta elektr o’tkazuvchanlikka ega sof metallardan tayyorlanadi (1.12-rasm). 1.12-rasm. O’tkazgichlar Agar metallarning qarshiligi katta bo’lishi talab etilsa, u holda metallar aralashmasidan iborat qotishmalardan foydalaniladi. Izolyatsion materiallar yoki dielektriklar apparat uskunalarda elektr toki oqimini cheklash uchun ishlatilgani sababli, ular juda katta elektr qarshilikka ega bo’lishi shart. Dielektrik sifatida juda ham ko’p turdagi organik va anorganik materiallar qo’llaniladi. Bu materiallar gaz, suyuq va qattiq agregat holatda bo’lishi mumkin (1.13-rasm). 7 a) b) 1.13-rasm. Dielektriklar 7 http://tek.prom.ua 17 Yarim o’tkazgichlar o’zining elektr o’tkazuvchanligi jihatidan o’tkazgich bilan dielektrikl orasida joylashgan bo’lib, zamonaviy texnikada keng qo’llaniladi. Materiallarda yarim o’tkazuvchanlik xossalari, ko’pincha, tayyor mahsulot olish paytida hosil bo’ladi (1.14-rasm). 8 a) b) 1.14-rasm. Yarim o’tkazgichlar Magnitli elektr texnika asbob-uskunalarida magnit oqimini hosil qilish yoki o’tkazish maqsadida magnit materiallari qo’llaniladi.Bu materiallardan ma’lum darajada magnit xossalari talab etiladi. Bu xususiyat temir yoki uning turli (nikelli, kobaltli va hokazo) qotishmalarida mavjuddir (1.15-rasm). 1.15-rasm. Magnit materiallari Elektr texnikaning rivojlanishi elektr texnika materiallariga bog’lig bo’lib, u o’z navbatida yangi xossali materiallar ishlab chiqish kerakligini taqozo etadi. Xossalari yaxshilangan, issiqqa chidamli izolyatsiya va magnit materiallari kichik hajmli, yengil va ixcham elektr mashina va apparatlarni yaratish imkonini beradi. 8 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 12-bet |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling