Elektrotexnika materiallari
Elektrotexnika materiallari
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
Elektrotexnika materiallari
O’tkazgichlar Yarim o’tkazgichlar Magnit materiallar Dielektriklar 1.16-rasm. Elektrotexnika materiallarining sinflanishi So’nggi paytda ko’plab ishlab chiqarilayotgan yangidan-yangi sun’iy materiallar xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan, elektrotexnikada keng miqyosda qo’llanilmoqda. Hozirgi davrda o’z ish faoliyatini yuqori darajada bajarib, xalq xo’jaligini sifatli kabel mahsulotlari bilan ta’minlayotgan “O’zkabel” AJ ishlab chiqarish korxonasida dielektrik va o’tkazgich materiallar ko’p ishlatiladi. Bulardan asosiysini polietelen va mis tashkil etadi. Bo’lajak mutaxassislar uchun elektr texnika materiallarini chuqur o’rganish katta amaliy ahamiyatga ega. 1.4. Qattiq jismlar fizikasining asosiy tushunchalari Qattiq jismlar fizikasining nazariy masalalari bilan shug’ullangan Y.I.Frenkel 1930 yili yarim о‘tkazgichlar va dielektriklarda elektronlarning kо‘zg’algan holatida eksiton nazariyasini ishlab chiqqan edi. Bu nazariyaning tо‘g‘ri ekanligini 1952 yilga kelib Y.F. Gross tomonidan isbot qilindi ya’ni eksitonning mavjud ekanligi etildi. Qattiq jismlar fizikasi xususan, yarim о‘tkazgichlar fizikasining nazariy masalalari ustida ishlab, uning rivojiga katta ta’sir kо‘rsatgan Sovet olimlaridan L.D.Londau, S.P.Pekar, L.E.Gurevich, S.G.Kalashnikov va boshqa nazariyotilarni kо‘rsatish mumkin (1.17-rasm). 10 9 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 12-bet. 10 Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 8-bet. 19 a) b) c) 1.17-rasm. Kristallar Qattiq jismlar - atom va molekulalarning joylashishiga qarab amorf kristall jismlarga bо‘linadi, amorf jismlar izotropik hossaga ega bо‘lib ularning fizikaviy hossalari hamma yо‘nalishlar bо‘yicha bir xil bо‘ladi. Amorf jismlarning xossalari о‘ta qovishqoq sо‘yuqliklar xossalariga о‘xshashdir. Shu sababli xozirgi vaqtda amorf jismlarrni о‘ta sovigan suyuqlik deb qaralib, qattiq jism terminida faqat kristall tuzilishga ega bо‘lgan jismlarnigina harakterlashda foydalaniladi. Biz kristall jismlarning xossalari, xususan yarim о‘tkazgich kristall jism ustida sо‘z yuritar ekanmiz qattiq jism terminini ishlatganimizda kristall jismini nazarda tutamiz. Kristall qattiq jismlarda - atom va molekulalar ma’lum tartibda joylashgan bо‘lib har xil kristall panjarani hosil qiladi shu sababli ularni fizikaviy xossalari turli yо‘nalishlar bо‘yicha bir xil bо‘lmaydi ya’ni anizotropik hossaga ega bо‘ladi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling