Elektrotexnika materiallari
Metallarni kristall tuzilishi va uning xossalari
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
1.8. Metallarni kristall tuzilishi va uning xossalari Metallning kristall tuzilishini oddiy kо‘z bilan aniqlasa bо‘ladi.Metalldan biror namuna olib, uning yuzasini yaxshilab jilvirlasak, yirik donachalarni kurishimiz mumkin.Bu donachalar yorug‘lik nurini qaytarish xossasiga ega bо‘lsa, qattiq jism kristall tuzilishga ega ekan degan xulosaga kelish mumkin lekin har qanday qattik jism kristall jism bо‘lavermaydi. 16 Kristall jism deb zarrachalarning jismda fazoviy joylashishining ma’lum bir geometrik tartibiga aytiladi. Odatda bunday joylashish aniq simmetriyaga ega bо‘lish bilan bir qatorda kо‘p qirrali jismni eslatadi.Aslida ana shu qirrali jismni kesilgan joyi (jismning uchi) atomlarning joylashish urnini kо‘rsatadi. Demak, kristallar uchta о‘lchamda joylashgan atomlar tartibi bо‘lib, muvozanat sharoitda tо‘g‘ri simmetriyaga ega bо‘lgan kо‘p kirrali jismdir. Kristall jismda zarrachalarning (atom, ion yoki molekula) uch о‘lcham bо‘yicha doimiy takrorlanishi (kaytarilishi) natijasida kristall panjarada zarrachalarning о‘zaro tortishish va itarilish muvozanatida saklanadi, bunda ichki potensial energiya ana shu muvozanatni saklash uchun kerak bо‘lgan eng kam kiymatga ega bо‘ladi (1.25-rasm). a) b) 1.25-rasm. Metallning kristall panjarasi 16 Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 12-bet. 26 Zarrachalarning kristall jismdagi bunday joylashish tartibi yuzlab, minglab kristall panjara davri sifatida kaytarilishi mumkin. Kristall jismlarda kristall panjaraning turlari atomlarning о‘zaro joylashishiga qarab har xil bо‘ladi.Kristall katakchaning turi koordinatsion son tushunchasi bilan ifodalanadi. Kristall panjarada eng yaqin bir xil masofada turgan atomlar soniga shu kristall panjaraning koordinatsion soni deb ataladi va u harflar bilan belgilanadi. Masalan: oddiy kub katakning koordinatsion soni 6 ga teng bо‘lib K 6 , markazlashgan kub katakchaniki hisoblanadi. K 8 , yoqlari markazlashgan kub katakniki esa K 12 , atomlari zich joylashgan cheksagonal katakniki G 12 va shuningdek oddiy tetragonal katakniki T 6 deb belgilanadi. Kub katakchaning о‘lchamlari qiymati atom о‘lchamlari qiymati bilan belgilanadi, bunday ulchov birligi nanometr (nm) deb ataladi. 17 1.1-jadval Ba’zi metallarning polimorf о‘zgarishlari Element Elementning polimorf kо‘rinishi Muvozanat xolatining harorat oralig‘i Kristall tuzilishi Fe α β 0-911va 1392-1539 911-1392 K 8 K 12 Co α β 0-450 450-1480 G 12 K 12 Si α β 0-18 18-232 K 6 T 8 Ti 0-882 882-1660 G 12 K 8 Mn α β 0-700 700-1079 1079-1143 1143-1244 K 6 K 6 T 12 K 8 17 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 21-bet 27 Birgina kimyoviy elementning sharoitga qarab bir necha elementar kristall panjara turlariga ega bо‘lishi metallardagi polimorfizm yoki allotropik shakl о‘zgarishi deb ataladi. Metallardagi polimorf о‘zgarish izotermik (harorat о‘zgarmasdan sodir bо‘ladigan) jarayon bо‘lib, u issiklik chiqarish yoki yutish xususiyatiga ega. Boshkacha qilib aytganda polimorf о‘zgarishda qayta kristallanish sodir bо‘ladi. 18 Birgina elementning bir necha turdagi kristall panjara kо‘rinishlari polimorf qatorni tashkil qiladi. Elementlarning har xil polimorf shakllari misol tariqasida quyidagi 1.2-jadvalda keltirilgan. 1.2-jadval Ba’zi metallarning elementlar katakcha о‘lchamlari. Atom katakchaning turi Metallar Elementar panjara qirralari o’lchami, nm (1 nm=10 -3 sm) K 6 Fe a=b=s; a=0,28606 K 8 Cr a=b=s; a=0,28788 K 12 Ni a=b=s; a=0,35165 G 12 Ti α a=b=0,2951;s=0,4679; s/a=1,5873 Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling