Elektrotexnika materiallari
Kristall panjaradagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
1.10. Kristall panjaradagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari Kristall panjaradagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari. Ideal hamda real jismlar degan tushunchalar mavjuddir (1.27-rasm). Biz shu paytgacha kristallardagi atomlarning aniq va yuqori tartibda joylashishini kо‘rib о‘tdik, ya’ni ideal kristall panjara xaqida fikr yuritdik. 20 a) b) c) 1.27-rasm. Kristal panjaradagi nuqsonlar Vakansiya tо‘plangan joydagi normal yо‘nalish bо‘yicha siljish natijasida hosil bо‘lgan dislokatsiya vintsimon dislokatsiya deb ataladi. Bu tushunchani Daniya olimi Byurgers kiritgan. Agar vintsimon dislokatsiya kristallning yuzasiga chiksa, zinapoya hosil bо‘ladi. Kristallar kristallanish jarayonida shu zinapoya shaklida о‘sadi. Dislokatsiyaning vujudga kelishidagi siljish vektori Byurgers vektori deb ataladi, u dislokatsiya kiymatini belgilaydi. Bu vektor modulining eng 20 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 27-bet 30 kichik qiymati kristall panjara atomlari orasidagi masofaga teng. Umuman olganda, dislokatsiya fazoviy chiziq bо‘lishi ham mumkin lekin bunda modul qiymati о‘zgarmasa ham, dislokatsiya yо‘nalishi о‘zgarishi mumkin. Dislokatsiyaning yana bir muhim hususiyatlaridan biri uning zichligidir. Kristallning 1 sm 2 yuzasini kesib о‘tgan dislokatsiya soniga dislokatsiya zichligi deyiladi. Juda sokin kristallanayotgan jismlarning dislokatsiya zichligi 10 2 -10 -4 sm -2 ga teng (1.28-rasm). 1.28-rasm. Kristallarning ichki tuzilishi Muvozanatdagi polikristallarning dislokatsiya zichligi 10 6 -10 7 sm -2 ga yetadi. Juda katta plastik deformatsiya natijasida dislokatsiya zichligi 10 8 -10 12 sm -2 ga yetishi mumkin. 21 Sirtki nuksonlarga dislokatsiyaning yeyilib, tо‘planib qolgan joyi (dislokatsiya davri) ham kiradi. Elektron mikroskop yordamida ana shunday devorlar yaqqol kо‘rinadi. Sirtqi va tekislikdagi nuqsonlar umuman olganda, bloklar, devorchalar chegaralarini hosil qiladi. Haqiqiy polikristallar juda kо‘p donachalar (kristalleylardan) iborat. Bu donachalarni о‘lchami yuzdan bir millimetrgacha bо‘lishi mumkin. Har bir donacha (kristalley) yaxlit bir kristall emas, balki u ham о‘z navbatida parchalardan yoki bulakchalardan iborat bо‘lib, ularning о‘lchamlari donachaning о‘lchamidan 100, xatto 1000 marta kichikdir. 22 Agar sinish yuzasi gadir-budir bо‘lsa, materialdan tayyorlangan buyum deformatsiyaga uchramaydi, ya’ni metall murt bо‘lib, tashqi kuch ta’sirida sinadi. 21 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 19-bet. 22 Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 16-bet. 31 Agar kristall jismdagi donachalar deformatsiyalanmasa, ya’ni donacha chegaralari yetarli darajada nuqsonlarga ega bо‘lsa, kristall ana shu donacha chegaralari bо‘ylab yemiriladi. Sinish yuzasi oyna kabi yaltiroq bо‘lsa, yuzasida sinish markazi bо‘ladi, ana shu markazdan sinish tolalarining yо‘nalishi kо‘rinib turadi, bunday sinish juda katta deformatsiya natijasida vujudga keladi. Charchash natijasida sinish ham xuddi shunday sodir bо‘ladi. Sinish yuzasining bir parcha joyi burtib chiqib, qolgan joylari tekis, tolasimon, yaltiroq bо‘lsa, aralash sinish deb ataladi (1.29-rasm). a) b) 1.29-rasm. Charchash natijasida yemirilish diagrammasi (σ) va unga mos keladigan yemirilish turi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling