Elektrotexnika materiallari


 Metallar haqida umumiy ma’lumot


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

 
1.7. Metallar haqida umumiy ma’lumot 
Ma’lumki metallar qattik holatda kristall tuzilishga ega. Zarralar kristallarda 
muayyan tartibda joylashib, fazoviy panjara hosil qiladi.Kristallning kо‘rinishi va 
shakli kristall panjaraga bog‘liq. Metallning kristall panjarasi tugunlarida musbat 
zaryadli ionlar joylashadi , ular orasidagi fazoda esa erkin , ya’ni о‘z atomlarining 
yadrolari bilan bog‘lanmagan elektronlar harakatlanadi (1.22-rasm). 
13
Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 10-bet. 


23 
a) b) 
1.22-rasm.Metall ktistalining tuzilishi 
Hamma erkin elektronlarning manfiy zaryadi absolyut qiymati jihatidan 
panjaraning hamma ionlari musbat zaryadi yigindisiga teng. Shu sababli odatdagi 
sharoitda metall elektr jihatdan neytral bо‘ladi.Unda erkin elektronlar tartibsiz 
harakat qiladi. 
Ammo metallda elektr maydon hosil qilinsa, hamma erkin elektronlar elektr 
kuchlarning ta’siri yо‘nalishida harakat qila boshlaydi, metallda elektr toki vujudga 
keladi.Bunda xam elektronlarning tartibsiz harakati, xuddi shamol bir tomonga 
uchirib ketayotgan chivinlar galasidagi chivinlarning tartibsiz harakati singari 
albatta saqlanadi.
14
Shunday qilib, metallardagi elektr toki erkin elektronlarning tartibli 
harakatidan iboratdir (1.23-rasm). 
1.23-rasm. Metallardagi elektr toki erkin elektronlarining harakati 
14
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 17-bet 


24 
О‘tkazgichda elektr maydon ta’siri ostidagi elektronlarning harakat tezligi 
uncha katta emas – atigi sekundiga bir necha millimetr, ba’zan undan xam kichik 
bо‘ladi. Ammo о‘tkazgichda elektr maydon vujudga kelishi bilan bu maydon 
yorug’likning vakuumdagi tezligi (300000km/s) ga yaqin juda katta tezlik bilan 
butun о‘tkazgich bо‘ylab tarqaladi. 
Elektr maydonning tarqalishi bilan bir vaqtda butun о‘tkazgich bо‘ylab 
elektronlar bir yо‘nalishda harakatga keladi. Masalan: elektr lampa zanjiri ulansa, 
lampa spiralidagi elektronlar xam tartibli harakatga keladi (1.24-rasm). 
a) b) 
1.24-rasm. Turli xil o’tkazish muhitlarida elektr maydonning tarqalishi 
Buni tushinib olish uchun elektr tokini suv quvuridagi suv oqimi bilan, elektr 
maydonning tarqalishini esa, suv bosimining tarqalishi bilan solishtirish lozim 
bo’ladi. 
Suv quvur minorasiga kо‘tarilayotganda uning bosimi butun suv quvuri 
bо‘ylab juda tez tarqaladi. Suv quvuri jumragining ochganimizda suv bosim ostida 
bо‘ladi va darxol jumrakdan okib chiqa boshlaydi. Jumrakdan unga kelib turgan 
suv chiqa boshlaydi, ammo minoradagi suv jumrakka ancha keyin yetib keladi
chunki suvning harakat tezligi bosimning tarkalish tezligidan kichik.
15
15
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 15-bet. 


25 
О‘tkazgichda elektr tokining tarkalish tezligi tо‘g‘risida sо‘z borganda shu 
о‘tkazgichda elektr maydonning tarkalish tezligi kuzda tutiladi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling