Elektrotexnika va elektronika


Download 74.02 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi74.02 Kb.
#1576173
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Эл.тех ва эл.. лаб -1 (2)


Kirish
“Elektrotexnika va elektronika” fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarishga mo’ljallangan uslubiy ko'rsatmada hayotimizning barcha jabhalarida, iqtisodiyotning, sanoatning barcha tarmoqlari uchun zarur bo'lgan, elektrotexnika haqidagi asosiy tushunchalar va ta'riflar, laboratoriya ishlarini bajarish tartiblari bo'yicha etarlicha ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu uslubiy ko'rsatma mohiyatan hozirgi kunda respublikamizdagi ta'lim borasidagi rivojlanish va o'zgarishlarni hisobga olingan holda tayyorlandi.
“Elektrotexnika va elektronika” doimiy ravishda va uzluksiz tarzda rivojlanishda bo'luvchi umumkasbiy fanlardan biri hisoblanadi.
So'nggi yillarda elektrotexnikadagi tayanch tushunchalar va ta'riflarga, elektr sxemalardagi shartli grafik belgilashlarga, Davlat standartlari seriyasi chiqarildi, oliy o'quv yurtlari fan dasturlariga jiddiy o'zgartirishlar kiritildi. Oliy o'quv yurtlarida elektrotexnik fanlarning o'qitish jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda. Ushbu uslubiy ko'rsatmada bularning barchasini hisobga olishga harakat qilindi.
Hozirgi vaqtda inson faoliyati doirasiga kirgan har bir sohada va yo'nalishda elekttrotexnika va elektronika qurilmalari mavjud. SHu sababdan elektrotexnika asoslarini bilish, uni tushunish va amalda qo llay bilish nafaqat elektrotexnik xodimlar, balki turli soha mutaxassislari va xodimlari uchun ham ertangi kunning ravnaqini ta'minlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiiyki, barcha “Elektrotexnika va elektronika” sohasi mutaxassislari qaysi toifada bo'lishidan qat'iy nazar ushbu borada etarli bilim va malakaga ega bo'lishlari lozim. Mazkur uslubiy ko'rsatmani respublikamizdagi amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ta'linm borasidagi islohotlarga yondoshgan holda yaratishga harakat qilindi Uslubiy ko'rsatmada har bir laboratoriya mashg'ulot mavzusi bo'yicha reja va o'quv mashg'ulotining texnologik xaritasining asosiy mazmuni talqin qilinishi bilan birga, tayanch so'zlari va nazorat savollari ham keltirilgan.

Download 74.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling