SXEMALARNI YIG'ISH VA ISH BO’YICHA HISOBOT TUZISH TARTIBLARI
1.Sxemani yig'ishda xatoga yo'l go'ymaslik uchun avval ampermetr, vattmetrlarning tok chulg'ami va iste'molchidan iborat ketma- ket tok zanjiri, so'ngra voltmetr va vattmetrning iborat parallel kuchlanish chulg'amidan kuchlanish zanjirlari yig'iladi. Bunda reostat surgichlari va ko'p o'lchamli asboblarning to'g'ri holatiga ahamiyat berish lozim. l
2.Sxema elektr tarmog'iga ulangach, avvalo ampermetr millarining norma og'ishlariga e'tibor beriladi va anormal og'ishlarida sxema darhol elektr tarmog'idan ajratiladi.
3.Sxema elektr tarmog'iga ulangach, undan tok o'tmasa, avvalo kontaktlarning ulanishi tekshiriladi, so'ngra nazorat asbobi bilan elektr tarmog'idagi va zanjirning tegishli qismalaridagi kuchlanishlar ketma-ket o'lchanadi.
4.Ish tugagach sxemani elektr tarmog'idan va uning elementlarini bir- biridan ajratish uchun o'qituvchi ruxsati kerak.
5.Laboratoriya ishlari bo’yicha hisobot alohida daftarda bajariladi. Bunda asbob millari ko'rsatgan bo'linmalar sonidan tegishli kattaliklar qiymati hisoblanadi.
6.Elektr sxema, vektorlar tasviri qalam bilan tegishli chizma asboblarida chiziladi.
O’ZGARMAS TOK ZANJIRLARI
(Asosiy ta'rif, tushuncha va formulalar)
Nazariy tushuncha: O'zgarmas tok manbalari, iste'molchilari va ularni simlar bilan o'zaro ulashdan hosil qilingan berk kontur o'zgarmas tok zanjiri deyiladi. Elektr zanjiri elementlariga tok o'zgartgichlari, kommutatsiya apparatlari va o'lchash asboblari kiradi. 1- rasm, a da tok manbalari, b da iste'molchilar v da kommutatsiya apparatlarining shartli belgilari va 2-rasmda elektr zanjirning sxemasi ko'rsatilgan.
galvanik elemet yoki o’zgarmas tok termopara quyosh elementi
razyadlanuvchi manbayi
akkumlyator
a)
Zaryadlanuvchi O’zgarmas tok Elektr qo’ra Eletr lmpa rezestiv element Akkumlyator motori (pechka) b)
Bir qutbli uzgich ulagich Almashib ulagich Uch fazali uzgich-ulagich
Do'stlaringiz bilan baham: |