"Elektrotexnika va Kompyuter muhandisligi" fakulteti Kurs ishi Bajardi: ab-215 guruh talabasi
Download 1.49 Mb.
|
Elektrotexnika va Kompyuter muhandisligi fakulteti Kurs ishi B
7.Xabar shifratori
Malumotlar shifratori (MSH) ularning kirishiga xabar manbayidan beriluvchi buyruqlarini ikki xonali songa o‘zgartirishga mo‘ljallangan. MSH kirishiga bir vaqtning o‘zida faqat bitta buyruq kelishi mumkin, uning ikki xonali songa o‘zgartirilishi kodlash qoidalariga ko‘ra amalga oshirilishi lozim. Bu son malumotlar shifratori chiqish zanjirlari holati bilan aniqlanadi. Chiqish zanjiri holati deganda unda elektr signali (masalan, potensial) bor yoki yo‘qligi tushuniladi. SHS ning chiqish zanjiriga uzatishi registri (RP1) ulanishi mumkin. U o‘z navbatida sonni eslab qolish uchun, shuningdek shifrator kanalini soddalashtirish uchun xizmat qiladi. Sonning har bir raqamini eslab qolish uchun uzatish registrida bita yacheyka o‘rnatilgan bo‘lib, u bitta yoki ikkita ikkilik elementdan iborat bo‘lishi mumkin. TB signalini uzatishni amalga oshiruvchi yarim komplekt uchun «CHDM», «Neva», «Luch» tizimlarida qo‘llaniluvchi MSH va RP1 sxemasini ko‘rib o‘taylik. 7.1-rasm. Uzatish registrli ma’lumotlar shifratorining tuzilmaviy sxemasi Ko‘rsatilgan tizimlarda TB signali marshrutlarni o‘rnatish va svetoforlarni boshqarish bo‘yicha: - stansiya manzili kodini uzatish registri va malumotlar shifratori; - guruh manzili kodini uzatish registri va malumotlar shifratori; - marshrut strelkalarini boshqaruv buyruqlari (A buyruklar) kodini uzatish registri va malumotlar shifratori; - marshrutlarni to‘suvchi svetoforlarni boshqaruvchi buyruqlar (B buyruqlar) kodini uzatish registri va malumotlar shifratori. Yuqorida sanab o‘tilgan malumotlar shifratori va uzatish registrlarining tuzilmasini umumiy holatda 7.1-rasmda ko‘rsatilgan sxema ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Malumotlar shifratorining kirish zanjirlari soni (1s, ... 20s) buyruqlar manbalari soni bilan aniqlanadi. Malumotlar shifratori bilan uzatish registri o‘rtasidagi aloqa zanjirlari soni (s1, ... s6) xabarlarini shifrlash uchun qo‘llaniluvchi kod bilan aniqlanadi. Masalan, «CHDM» va «Neva» tizimlar qo‘llaniluvchi dispetcherlik markazida stansiyalar manzilini o‘tkazish uchun teng vaznli . li kod qo‘llaniladi. Alfavit o‘zgartirgichning marshrutli chiqish zanjirlari shunday buyruqlar manbayiki, ular bir vaqtning o‘zida ham guruh manzili kodiga, ham marshrutli buyruqlar kodi matritsasiga ulanishi lozim. Bu ikki bosqichli matritsa qo’llanilishini taqoza etadi. 7.2-rasmda «Luch» tizimining dispetcherlik markazi uchun qo’llanilgan ikki bosqichli matritsa (xabarlar shifratori) sxemasi keltirilgan. 7.2-rasm. Ikki bosqichli xabarlar shifratori Malumotlar shifratori va uzatish registrini qo‘llash har doim shart emas, lekin u holda ularning vazifalari boshqa tugunlarga qo‘yilishi zarur masalan, «Neva» va «Luch» tizimli dispetcherlik markazlarning TU-TS signallari faqat taqsimlashning seleksiya usulidan foydalanilgan holatda qurilishi mumkin. Bunda buyruq faqat sonning bitta raqami (bitta impuls bilan) qiymatini aniqlaydi. Shuning uchun xabar manbayining o‘zi (SP, P, PK, MK va h.k. lar kontakti) uzatish registri va malumotlar shifratori vazifalarini bajarishi mumkin. Bunga boshqa misol tariqasida «PCHDM», «CHDM» tizimlarini keltirish mumkin, bu tizimlarda uzatish registri va malumotlar shifratorining TS signallari guruh manzillari kodi vazifasi guruh rele (V. PV rele) larga yuklangan bo‘lib, ular aloqa kanallaridan foydalanishni belgilovchi tugunining asosiy qismi hisoblanadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling