"Elektrotexnika va Kompyuter muhandisligi" fakulteti Kurs ishi Bajardi: ab-215 guruh talabasi
Download 1.49 Mb.
|
Elektrotexnika va Kompyuter muhandisligi fakulteti Kurs ishi B
Deshifrator kanal
Ko‘p taktli signalning har bir qismini deshifratsiyalash ikki bosqichda amlga oshiriladi. Deshifratsiyalashning birinchi bosqichida ko‘p taktli signalni qabul qilish jarayonida har bir impulsning raqamli qiymati qabul qilinuvchi registorda eslab qolinadi. Bu amalning manzilini ko‘p taktli signal ko‘rinish shaklini o‘zgartirish (ikki xonali son) demodulyator chiqishida ketma-ket kod ko‘rinishida bo‘ladi. Bu amal kanal deshifratori va qabul qilish registri deb ataluvchi funksional tugunlar yordamida amalga oshiriladi. Bu tugunlar sxemasi 8-rasmda ko‘rsatilgan. Kanal deshifratori ikki kirishli mantiqiy operatsiya «VA» ning elementlari ko‘pligidan tuzilgan bo‘lib, bularning kirishlaridan biri taqsimlagichning chiqish zanjiri bilan ulangan bo‘ladi, ikkinchi kirish esa demodulyatorning chiqishlaridan biriga ulanadi va shu bilan impulsning miqdori (O yoki 1) aniqlanadi (sonning raqami aniqlanadi). Qabul qilish registri (8-rasmda RP2) xotiraga ega bo‘lgan ikki asosli elementlar ko‘pligidan (trigger yoki reli) tashkil topgan bo‘ladi va ulardan har biri bitta raqam miqdorini eslab qolishga mo‘ljallangan. Agar telemexanika tizimlarida signal kelishi uzluksizligini va impulslar sanalmay qolganini nazorat qiluvch himoyalar mavjud bo‘lsa, qabul qiluvchi registrlarda sonning bitta raqamini eslab qolish uchun bitta ikki asosli xotira elementi nazarda tutilgan. 9-rasm. DK ishining vaqt diagrammasi 9-rasmdagi qabul qilish registri «1A-5A» deb belgilangan RS-triggerlar orqali ifodalangan. «1A» elementi ko‘p taktli (ko‘p pog‘onali) signalning birinchi impulsi (sonning raqamini) miqdorini qayd etish uchun mo‘ljallangan. Agar bu impuls aktiv sifat deb qabul qilinsa (raqam miqdori-1), «1A» elementning chiqishida signal «1» paydo bo‘ladi va «S» kirish bo‘yicha «1A» trigger «O» holatidan «1» holatiga o‘tadi. Agar birinchi impuls passiv sifat deb qabul qilinsa (raqam miqdori-«O»), u holda «1A» triggerning «S» kirishiga signal bermaydi va u «O» holatida qoladi. Ko‘p taktli signalning ikkinchi va undan keyingi impulslari qabul qilinganda ko‘p taktli signallar qabuli tugaganda va boshqaruvchi-rasmlar yordamida buyruqlar qayd etilganda qabul qilish registrining elementlarini boshlang‘ich holatga olib kelish uchun «R» kirishlarga «1» signali beriladi. Ko‘p taktli signalning birinchi beshta impulsi qabul qilishidagi sxema ishining vaqt diagrammasi (bu 10011 songa to‘g‘ri keladi) 9-rasmda ko’rsatilgan. Deshifratsiyalashning ikkinchi bosqichi birinchisi tomom bo’lganda boshlanadi. Ikkinchi bosqichda ikki asosli son kodlash qoidalariga muvofiq holatda buyruqqa aylantiriladi. Bu operatsiyani deshifratorning funksional qismi bajaradi. Xulosa Dispetcherlik markazlashtirishning kodli qurilmalarini boshqarishda alohida (R), yo’nalish-signal (M), knopkali (K) alfabitlaridan foydalanamiz. Berilgan mustaqil ishda knopkali (M) buyicha ko’rib chiqdik. Dispetcherlik markazlashtirish doirasiga 16 ta stansiya berilgan bo’lib bunda 16-stansiyani knopkali (M) bo’yicha jihozlab chiqdik. Manipulyator panelining umumiy ko'rinishi 5-rasmda ko’rsatilgan. Dispetcherlik markazlashtirish uzoq masofadan turib ДНЦ ga o’z uchastkasida poyezdlar harakati boshqarish va nazorat qilish imkonini yaratadi. Boshqarish va nazorat qilish yuboriladigan va qabul qilinadigan kodlar asosida amalga oshiriladi. Bu funksiya kodli qurilmalar asosida tashkil etiladi. Ushbu mustaqil ishda dispetcherlik markazlashtirish kodli qurilmalari, dispetcherlik nazorat tizimlari va ulardagi buyruq va nazorat signallari haqida qisqacha ta’riflangan. Mustaqil ish o’z ichiga quyidagilarni oladi: berilgan topshiriq bo’yicha dispetcherlik markazlashtirish alifbosi turi va stansiyalar sxematik rejasi; alifbo bo’yicha boshqaruv apparati ko’rinishi va undagi boshqaruv va nazorat buyruqlari; TU signalining tuzilishi va qismlari; berilgan topshiriq asosida ikkilik kodlash turi va stansiya manzillarining shu kod bo’yicha himoyalanganlik jadvali; kod kombinatsiyasining uzatilishidagi daxlsizligi ehtimolliklarini hisoblash. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling