Elektrotexnikaning nazariya asoslari


Download 131.18 Kb.
bet12/13
Sana21.11.2023
Hajmi131.18 Kb.
#1790835
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Elektrotexnikaning nazariya asoslari-fayllar.org

3.Ishni bajarish tartibi
1.Rasm-9.3 dagi sxemani yig’ing.
2.Kerakli asboblar:
  • V1-250V li o'zgaruvchan tok voltmetri;


  • V1-150V li o'zgaruvchan tok voltmetri;


  • A-300mA li o'zgaruvchan tok ampermetri;


  • S-turli sig’imli kondensatorlar;


  • L-ferromagnit o'zakli induktiv g’altak;


  • R-reostat.



3. Zanjirni kirishidagi kuchlanishni miqdorini o'zgartirmagan holda, reostat (R) yordamida zanjirdagi tokni o'zgartirib, barcha o'lchov asboblarini ko'rsatishlarini 17.1-jadvalga yozib boring.


4. Kirishdagi kuchlanish (U1) ni o'zgartirib, barcha o'lchov asboblarini ko'rsatishlarini 9.2-jadvalga yozib boring. Bunda
sakrab o'zgaruvchi nuqta atrofidagi o'lchashlarga alohida e'tibor bering.
5. Yuqoridagi o'lchash natijalariga asoslanib, ferromagnit o'zakli induktivlikni, kondensatorni va butun zanjirni VAX ni quring:
UL(IL), UC(IC) vа U(I)
6. O'lchash natijalariga asosan, berilgan kuchlanish (U1) bilan induktivlikdagi(UL) va sig’imdagi(UC) kuchlanish orasidagi bog’lanish egri chizig’ini, hamda zanjirdagi tok (I) orasidagi bog’lanish egri chizig’ini quring.

7. Tajriba yo'li bilan qurilgan butun zanjirning VAX ni nazariy VAX bilan taqqoslang va o'z xulosangizni yozing.


9.1-jadval.


I(mA)



















U1(v)




















UL(v)




















UC(v)




















9.2 -jadval.




U1(v)




















I(mA)



















UL(v)




















UC(v)





















10-laboratoriya ishi.



Toklar ferrorezonansini o’rganish
1.Ishning maqsadi
  • ferromagnit element va kondensator paralel ulangan elektr zanjirlardagi jarayonlarni o'rganish.


  • toklar ferrorezonansini o'rganish.


  • toklar ferrorezonansini sodir bo'lish sharoitlari bilan tanishish.




2.Nazariy ma'lumotlar
Qo'yidagi (Rasm-18.1) elementlari parallel ulangan ferrorezonansli zanjirning sxemasi, tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi ko'rsatilgan. Zanjirni grafikaviy metod bilan hisoblaymiz. Bunda nochizig’iy induktivlik L(i)ning o'zagidagi aktiv isroflarni nolga teng, tok iL ning haqiqiy (nosinusoidal) egri chizig’i asosiy garmonikaning unga ekvivalent sinusoidal bilan almashtirilgan deb faraz qilamiz.

U holda, vektoriy diagrammada ko'rsatilgandek, g’altakdagi tok IL va sig’imdagi tok IC qarama-qarshi fazada bo'lib, butun zanjirdagi tok I o'zining absolyut qiymati bo'yicha

I= (II-IC) ayirmaga teng.
(Rasm-10.2,a) da ko'rsatilgan zanjirning grafikaviy qurilgan natijaviy volt-amper xarakteristikasi I(U) chizig’iy kondensator C ning volt-amper xarakteristikasini tasvirlovchi to'g’ri chiziq IC (U)=ωCU dan induktiv g’altak L(i)ning egri chizig’i (abssissa o'qi bo'yicha) ayirish yo'li bilan hosil ifodalangan S nusxali egri chiziqdir.

Nazariy egri chiziq I(U) alohida M nuqtaga ega. Bu nuqtada U0 bo'lganda ham tok I nolga teng bo'ladi. Bu esa aktiv isrof va yuqori garmonikalarning yo'qligi to'g’risida qabul qilingan farazlar tufayli mumkin bo'ldi. Real sharoitda ferromagnitaviy elementning o'zagida va g’altak chulg’amining aktiv qarshiligidagi isroflar, shuningdek, g’altak toki iL ning egrichizig’i yuqori garmonikalarning bo'lishi tufayli, butun zanjirdagi tok U=UM da nolga teng bo'lmaydi (tajribada hosil qilingan I(U) punktirli xarakteristikaga qarang).


Kuchlanish ferrorezonansi holidagiga o'xshash nochizig’iy xarakteristika I(U)ning qiymatlari turlichadir. Masalan, tok I=I1ning qiymatiga berilgan kuchlanishning turli uchta Ua, Uv, va Us qiymati to'g’ri keladi.
Bu xarakteristikadan (Rasm-10.2,v) zanjirga berilgan kuchlanish Uni asta-sekin yuqoriga (qandaydir maksimumgacha) va pastga (nolgacha) o'zgartirganda tokning I(U) egri chiziqning barcha nuqtalaridan to'g’ri va teskari yo'nalishda ketma-ket o'tishi ko'rinib turibdi, ya'ni kuchlanish U ni rostlaganda volt-amper xarakteristikaning pasayuvchi 1-3 uchastkasi turg’un hisoblanadi. Agar tok I rostlanadigan bo'lsa, u holda tok I=I1 qiymatga erishganda ferrorezonansiy konturning U kuchlanishi U=U1 qiymatidan to U=U2 qiymatigacha sakrashsimon ortadi. Tok I ning bundan keyingi ortishida tasvirlovchi nuqta 2 dan o'ng tomonga harakatlanadi.
Tok I ni I=I1qiymatgacha kamaytirilganda (teskari yurish) kuchlanishning U=U3 qiymatdan to U=U4 gacha qayta sakrashsimon (endi pastga) o'zgarishi sodir bo'ladi. Keyinchalik U va I asta-sekin nolgacha kamayadi.
Shunday qilib, zanjirdagi tokni rostlaganda zanjir xarakteristikasining 1-3 zonasi turg’un bo'ladi. Kuchlanishning sakrashlari fazalar to'ntarilishi bilan sodir bo'ladi, chunki I(U) volt-amper xarakteristikasining 0-4-1-3 uchastkasida zanjirning xarakteri sig’imiy bo'lsa,3-2 uchastkada induktivdir. 3 nuqtani shartli ravishda toklarning ferrorezonansiy nuqtasi deb atash mumkin, chunki kuchlanish U=U3 va tok I=I3 da zanjirning xarakteri aktiv va kuchlanish U bilan tok I ning fazalari orasidagi siljish burchagi nolga teng bo'ladi.
Parallel ulangan ferrorezonansiy zanjirlar kuchlanish va toklarni stabillash, o'zgaruvchan tok chastotasi va fazalari sonini o'zgartgich va boshqa qurilmalarda keng ishlatilmoqda.



Download 131.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling