Ma’ruza №11 Mavzu: Elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash usullari. O‘zgarmas tok ampermetri va voltmetrini qiyoslash. O‘zgaruvchan tok ampermetri va voltmetrlariini qiyoslash Reja
Download 216 Kb.
|
12-Ma\'ruza. Elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash usullari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
Ma’ruza №11 Mavzu: Elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash usullari. O‘zgarmas tok ampermetri va voltmetrini qiyoslash. O‘zgaruvchan tok ampermetri va voltmetrlariini qiyoslash Reja: 1. O‘lchash qurilmalari xaqida umumiy ma’lumot 2. Qiyoslash usulini tanlash 3. Ampermetr va voltmetrlarni solishtirish usuli bilan qiyoslash Tayanch so‘z va iboralar: o‘lchash qurilmasi xaqida asosiy ma’lumot, ishlash prinsipi, qiyoslash, bajariladigan operatsiyalar, ketma – ketlik, o‘tkazish tartibi, voltmetr va ampermetr aniqligi, o‘zgarmas, o‘zgaruvchan 1. O‘lchash qurilmalari xaqida umumiy ma’lumot. Asboblarning asosiy xarakteristikalaridan biri bu uning aniqlik sinfi bo‘lib u ruxsat etilgan asosiy va qo‘shimcha xatoliklar chegarasini belgilab beradi (1.1 – jadval). Kombinatsiyalangan va ko‘p chegaraliy asboblar turli o‘lchanayotgan kattalik, turli tok, turli chegaralar uchun turli aniqlik sinfi bo‘lishi mumkin. Asbobning asosiy xatoligi 4% ortgan xollarda aniqlik sinfi o‘rnatilmaydi, asbob esa ruxsat etilgan asosiy xatolik chegarasi bilan xarakterlanadi. Ampermetrlarda, voltmetrlarda, vattmetrlarda va varmetrlarda keltirilgan xatoliklar normallashtiriladi, bunda normallashtiruvchi qiymatlar quyidagicha qabul qilinadi: o‘lchov diapazonining oxirgi qiymati – shkala oxirida nol qiymatiga ega bo‘lgan asboblar uchun; o‘lchov diapazonining oxirgi qiymatining summasi – ikki tomonlama shkalaga ega bo‘lgan asboblar uchun (nol belgisi shkalaning o‘rtasida); o‘lchov diapazoni qiymatining dastlabki va oxirgi qiymatlarining ayrimasi – noli yo‘q shkalali asboblar uchun. SHunday qilib, ruxsat etilgan asosiy xatolik chegarasi ∆rux.et=kXn/100, bu erda: k – aniqlik sinfini belgilovchi son; Xn – asbob uchun qabul qilingan normallashtiruvchi qiymat. O‘zi yozar asboblar uchun aniqlik sinfini raqamli belgilanishi yozuv bo‘yicha xatoligi aniqlanadi. SHkala bo‘yicha ko‘rsatkichlar aniqligi yozuvlar bo‘yicha aniqlikdan kam bo‘lmasligi kerak. SHuni ta’kidlash kerakki qayta yuklanuvchan ampermetrlar xatoliklarini xususiyatlari. Bunday ampermetrlar 2 qismga ajratilgan: normal ishchi rejimda o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchov diapazoni va zanjirda qisqa vaqtda ro‘y bergan yuklanib ketishlar uchun mo‘ljallangan qayta yuklanuvchan qism. Bunday ampermetrlarning asosiy xatoligi asosiy o‘lchov diapazoni chegaralarida normallashtiriladi – shkalaning ishchi qismi qiymati protsentlarda; shkalaning qayta yuklanish qismi chegaralarida – qayta yuklanadigan qismining oxirgi qiymati va o‘lchovlarining asosiy diapazoni ayrimasidan protsentlarda. 1.1 – jadval
Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling