3. Leptonlar, adronlar va barionlar. Hozirda fundamental zarralar 3 sinfga bo’lib o’rganiladi: 1-sinfiga leptonlar, 2-sinfiga adronlar, 3-sinfiga kalibr bozonlar. 1.Leptonlar-fermionlar oilasiga kiradi va ularning 6 xili фокtiladi: elektron, myuyon, tau lepton va 3 ta neytrino. Ular elektron (e-), elektron neytrino (ve), myuyon (m), myuyon neytrino (vm), tau lepton (r-), tau neytrino ( vг) va kuchli o’zaro ta’sirda qatnashmaydigan yarim spinli elementar zarrachalardir. 2. Adronlar-ular ko’p xil zarrachalarni birlashtiradi va kuchli ta’sirlashuvchi hisoblanadi. U grekcha hadros so’zidan olingan bo’lib, kata, kuchli, yirik degan ma’nolarni beradi. Adronlar guruhi 2 sinfga barionlar-yarim butun spinli (1/2, 1/3, 3/2..) va mezonlar-butun spinli ( 0, 1, 2, ..) zarralardan iborat. Ulardan kimyoviy ahamiyatga ega bo’lgan kata guruh barionlar hisoblanadi. Chunki ular nuklonlar ( proton va neytron) va giperonlardan tarkib topgan. 3. Kalibr bozonlar-foton, glyuon, W va Z bozonlarga bo’linadi. Boshqa bozonlarga-Higgs bozono, graviton deи ham ataladi
Fundamental zarralar
leptonlar
adronlar
Kalibr bozonlar
- Kvark- materiya asosini tashkil etuvchi elementar zarrachdir. Lepton bilan birgalikda fermionlar oilasiga kiradi. Kvarklarning turli xillari birikib, proton, neytron kabi zarrachalarni tashkil etadi. Har bir zarracha 3 ta kvarkdan iborat bo’ladi. Kvarklarning 6 xili: yuqori, quyi, mahliyo, g’alati, ust va ost mavjud.
- Jadval. Fundamental zarrachalar.
4. Fermionlar va bozonlar. Barcha elementar zarrachalar ularning spiniga qarab, bozon yoki fermion larga tiladi. Fermionlar materiyani tashkil etib, yarim spinga egadir, bozonlar esa fundamental kuchlar maydonlarining asosi hisoblanib, butun spinlidir. Fermion yarim spinli ( ½, 3/2 ) elementar zarracha bo’lib, italiyan fizigi Enrico Fermi sharafida shunday nomlangan. Ular Fermi-Dirak statistikasiga bo’ysunadi: har qanday 2 ta zarrachani o’zaro almashtirganda to’lqin funksiyasiga o’zgarsa, ular antisimmetrik bo’ladi. Yopiq sistemada bir xil xususiyatga ega bo’lgan 1ta fermion zarracha joylasha olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |