Elementlar davriy sistemasi, kimyo fanini rivojlantirishdagi roli va ahamiyati. Elementlarning tartib belgisini fizik ma’nosi. Elementlarning davriy sistemasi bilan atom tuzilishini bog‘liqligi


Download 109.57 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi109.57 Kb.
#1572844
1   2   3   4
Bog'liq
4-M (2)

3.2. Atomlarning davriy xossalari

Kimyoviy elementlar atomlarining elektron konfiguratsiyasi ularning yadro zaryadi ortishi bilan davriy ravishda o’zgaradi. Elektron tuzilishi bilan aniqlanadigan xossalari, ya’ni metallik hamda metallmaslik (atom va ion radiusi, ionlanish potensiali, elektronga moyillik, oksidlanish darajasi, atom hajmi va boshqalar) davrlarda va guruhlarda davriy ravishda o’zgaradi.


Ionlanish energiyasi -element atomlarining elektronlarini berish xususiyatidir. Ionlanish energiyasi elementning metalligini belgilovchi miqdoriy xarakteristikasidir.
Ionlanish energiyasi I - atomdan bitta elektronni chiqarib yuborish uchun zarur bo’lgan (sarflanadigan) energiya miqdoridir:
E0 + I = E+ + e-;
Atomning ionlanish energiyasi qancha kichik bo’lsa, u shuncha elektronini oson beradi va uning metallik xossasi shuncha kuchli ifodalangan bo’ladi.
Davrlarda chapdan o’ngga o’tgan sari elementlarning ionlanish potensiali ortib boradi, demak ularning metallik xossalari kamayib, metallmaslik xossalari kuchayib boradi.
Guruhlarda esa yuqoridan pastga tushgan sari ionlanish potensiali kamayib boradi, shuning uchun guruhlarda yuqoridan pastga tushgan sari atomlarning metallik xossalari ortib, metallmaslik xossalari kamayadi.
Elektronga moyillik - element atomlarining o’ziga elektronlarni biriktirib (tortib) olish xususiyati. Elektronga moyillik metallmaslikning miqdoriy xarakteristikasi bo’lib hisoblanadi.
Neytral atomga bitta elektron birikkanda ajralib chiqadigan energiya elektronga moyillik deyiladi:
E0 + e- = E- + Eenergiya
Atomning elektronga moyilligi qancha katta bo’lsa, u elektronni shuncha oson biriktirib oladi va metallmaslik xossasi shuncha kuchli ifodalangan bo’ladi.
Davrlarda chapdan o’ngga o’tgan sari atomlarning elektronga moyilligi ortadi, shuning uchun ularning metallmaslik xossalari dayriy ravishda kuchayib boradi.
Guruhlarda esa aksincha, yuqoridan pastga tushgan sari elektronga moyillik shuningdek, metallmaslik xossalari ham kamayadi.
Kvantomexanik hisoblashlar bo’yicha atomga ikki yoki undan ortiq elektronlarning birikishi mumkin emas. Shuning uchun bir atomli ko’p zaryadli (O-2, S-2, N-3 lar kabi) anionlar erkin holda mavjud bo’la olmaydi.
Metallik va metallmaslikning umumiy xarakteristikasi bu elektromanfiylikdir.

Download 109.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling