Elementlarning davriy va davriy bo’lmagan xossalari. Reja: Kirish. Asosiy qism


Download 35.51 Kb.
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi35.51 Kb.
#1354880
  1   2   3   4
Bog'liq
Davriy va davriy bo\'lmagan xossalari


ELEMENTLARNING DAVRIY VA DAVRIY BO’LMAGAN XOSSALARI.
REJA:
Kirish.
Asosiy qism.

  1. D. I. Mendeleevning davriy qonuni.

  2. Davriy sistema va uning tuzilishi.

  3. Davriy qonun va davriy sistemaning taraqqiyoti.

  4. Davriy qonun rivodlanishini 3 etapga bo’lish mumkin

  5. Elementlarning davriylik xossalari

  6. Iv gruppa elementlarining si – ionlanishga bog’liqligi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

D. I. Mendeleyevniig davriy qonuni
XVIII asr oxirida 25 ta element ma’lum bo‘lib, XIX asrnnng birinchi choragida yana 19 element kashf qilindi. Elementlar kashf qilinishi bilan ularning atom massasi, fizik va kimyoviy xossalari o‘rganib borildi.
Bu tekshirishlar natijasida ba’zi elementlarning avvaldan ma’lum bo‘lgan tabiiy guruhlari (masalan, ishqoriy metallar, ishqoriy-er metallar, galogenlar)ga o‘xshash element guruhlari shakllana bordi. Elementlar va ularning birikmalari haqidagi ma’lumotlar kimyogarlar oldiga barcha elementlarni guruhlarga ajratish (sinflarga bo‘lish) vazifasini qo‘ydi. 1789 yilda A. Lavuaze kimyoviy elementlarning birinchi klassifikatsiyasini yaratdi, u barcha oddiy moddalarni 4 guruh (metallmaslar, metallar, kislota radikallari va oksidlar») ga ajratdi.
1812 yilda Bercelius barcha elementlarni metallar va metallmaslarga ajratdi. Bunday snnflash unchalik aniq bo‘lmasada, xaligacha o‘z kuchini yo‘qotmay kelmoqda.
1829 yilda Iogann Volfgang Debereyner uchta-uchta elementdan iborat o‘xshash elementlarning guruhlarini tuzdi va ularni triadolar deb atadi. Har qaysi triadada o‘rtadagi elementning atom massasi ikki chetdagi elementlarning atom massalari yig‘indisining 2 ga bo‘linganiga teng. o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan elementlardan faqat ettita triada tuzish mumkin bo‘ldi.
D.Y. Mendeleyevdan avval olib borilgan ishlarning hech birida kimyoviy elementlar orasida o‘zaro uzviy bog‘lanish borligi topilmadi. Chuqur ilmiy bashorat va taqqoslashlar asosida D. I. Mendeleyev 1869 yilda tabiatning muhim qonuni — kimyoviy elementlarning davriy qonunini ta’rifladi. D. I. Mendeleyev ta’riflagan davriy qonun va uning grafik ifodasi — davriy sistema hozirgi zamon kimyo fanining poydevori bo‘lib qoldi.
D. I. Mendeleyev kimyoviy elementlarning ko‘pchilik xossalari shu elementlarning atom massasiga bog‘liq ekanligini aniqladi. U o‘sha zamonda ma’lum bo‘lgan barcha elementlarni ularning atom massalari ortib borishi tartibida bir qatorga qo‘yganida elementlarning xossalari 7 ta, 17 ta va 31 ta elementdan keyin keladigan elementlarga qaytarilishini, ya’ni davriylik borligini ko‘rdi.
D. I. Mendeleyev o‘zi kashf etgan davriy qonunni quyidagicha ta’rifladi: oddiy moddalarning (elementlarning) xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlarning atom massalariga davriy ravishda bog‘liq bo‘ladi. D.I.Mendeleyev davriy qonunni kashf etishda elementlarning atom massa qiymatlariga, fizik va kimyoviy xossalariga e’tibor berdi. U barcha elementlar buysunadigan davriy qonunni to‘liq namoyon qildi va ba’zi elementlar (chunonchi, berilliy, lantan, indiy, titan, vanadiy, erbiy, ceriy, uran, toriy) ning o‘sha vaqtda qabul qilingan atom massalarini 1,5—2 marta o‘zgartirish, ba’zi elementlarning (kobalt, tellur, argonning) joylashish tartibini o‘zgartirish lozimligini va nihoyat 11 ta elementning (franciy, radiy, aktiniy, skandiy, galliy, germaniy, protaktiniy, poloniy, texneciy, reniy, astat) kashf qilinishi kerakligini oldindan aytib berdi. Ulardan uchta element (ekabor, ekaalyuminiy va ekasiliciy) ning barcha kimyoviy va fizik xossalarini batafsil bashorat qildi. 15 yil ichida bu uch element kashf qilinib D. I. Mendeleyevning bashorati tasdiqlandi. Yuqoridagi uchta elementga: ekaalyuminiyga galliy, ekaborga skandiy va ekasiliciyga germaniy nomi berildi. D. I. Mendeleyev har qaysi elementning o‘zi tuzgan davriy sistemadagi tartib raqami nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Davriy qonun va davriy sistema hozirga qadar bosib o‘ttan rivojlanish yo‘lini quyidagi uch davrga bo‘lish mumkin
I davr. D.I.Mendeleyev elementlarni sinflarga bo‘lishda ularning atom massasi qiymatiga va kimyoviy xossalariga asoslanib davriy qonunni ta’rifladi.
II davr. D.I.Mendeleyev elementning atom massasi emas, balki uning davriy sistemadagi tartib raqami (atom raqami) nihoyatda katga ahamiyatga ega ekanligini aniq ko‘rsatib berdi. Keyinchalik boshqa olimlar (Mozli) olib borgan izlanishlar buni to‘g‘riligini tasdiqladi
III Davriy qonun va davriy sistema 1927 yilda yaratilgan kvant mexanikasi asosida rivoj topdi. Bu davr mobaynida barcha elementlarning atomlarida elektronlarning joylanishi aniqlanib, D.I.Mendeleyev aytgan «davriylikning» tom ma’nosi namoyon bo‘ldi.



Download 35.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling