Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

Ichkilikboz Sulaymon 
1244 yil, 17 oktyabr, Konya. 
Qovoqxonada qattiq uxlab qolibman. 
Ko'chadan quloqni qomatga keltirgudek qattiq 
ovozlar kela boshlaganida uyg'onib ketdim. 
- Nima bo'ldi? - so'radim ko'zimni ochib. - 
Mo'g'ullar bostirib kelayaptimi? 
Savolimga javoban kulgu eshitildi. O'girilib 
qarab, qovoqxonaning kunda-shunda 
mijozlaridan bir nechtasi meni masxaralab 
ko'rsatayotganlarini ko'rdim. Iflos haromilar! 
- Qo'rqma, qari piyonista! - qichqirdi 
qovoqxona egasi Xristos. - Mo'g'ullarga sening 
nima keraging bor? Rumiy o'tib ketayotipti 
o'zining muxlislari qo'shini bilan. 
Men deraza yoniga bordim va tashqariga 
qaradim. Xristos to'g'ri aytgan ekan. Shogirdlar 
va muxlislar his-hayajon ostida to'lqinlanib 
«Alloh akbar! Alloh akbar!» deya 
qichqirganlaricha Rumiyni tantanavor kuzatib 
o'tayotgan edilar. Rumiy ulardan balandda, oq 
otida savlat to'kib o'tirardi. Voizdan quvvat va 


qat'iyat taralib turardi. Men derazani ochdim va 
boshimni chiqarib, olomonni kuzata 
boshladim. Nihoyat olomon shilliqqurt 
tezligida harakat qilgancha, qovoqxonaga yetib 
keldi. Ba'zi odamlar qo'l uzatsam etgudek juda 
yaqin masofaga kelib qolishdi. Shu payt birdan 
miyamga ajoyib fikr keldi. Birontasini 
boshidan sallasini tortib olsa nima bo'larkin? 
Men Xristos orqasini qashiganida 
foydalanadigan tayoqni oldim va iloji boricha 
qattiqroq cho'zilib, birontasining sallasini tortib 
olishga urindim. Maqsadga etay deb 
qolganimda, bir kishi tasodifan boshini ko'tardi 
va meni ko'rib qoldi. 
- Assalomu alaykum, - salomlashdim u bilan 
og'zim quloqqa yetguday soxta tabassum bilan. 
- Musulmon kishi qovoqxonada! Uyat! - 
baqirdi u. - May ichish shayton vasvasasiga 
quloq solish ekanini bilmaysanmi? 
Men unga javob berish uchun endi og'iz 
ochayotgan edim, lekin bir so'z aytishga ham 
ulgurmadim, boshimga nimadir qattiq urildi. 


Kimdir boshimga tosh otganini tushundim. 
Agar oxirgi onda boshimni tortib olishga 
ulgurmaganimda, bosh suyagim singan 
bo'lardi. Tosh ochiq oynadan kirdi va mening 
orqamda o'tirgan fors savdogari o'tirgan stol 
ustiga tushdi. Qattiq mast bo'lgani uchun 
savdogar hech nimani tushunmadi, toshni 
qo'liga olib, xuddi u osmondan yuborilgan 
xabarday kuzata boshladi. 
- Sulaymon, derazani bekit va stolingga qayt! - 
qattiq baqirdi Xristos va ovozi xirillab qoldi. 
- Nima qilganlarini ko'rdingmi? - so'radim men 
stolimga qaytayotib. - Kimdir tosh otdi. Meni 
o'ldirib qo'yishlari mumkin edi! 
Xristos bir qoshini ko'tardi. 
- Kechirasan-u, lekin sen nimani kutgan eding? 
Musulmon odamni qovoqxonada ko'rsa, 
jirkanadigan 
odamlar borligini bilmasmiding? Sen esa mast 
holda, lavlagiday qip-qizil burning bilan, yana 
oynaga bosh suqasan! 
- Nima bo'pti? - tutilib dedim men. - Men odam 


emasmanmi? 
Xristos, qo'y, bunaqa arazchi bo'lma, 
deganday, yelkamni qoqib qo'ydi. 
- Bilasanmi, men dindan ayni shuning uchun 
nafratlanaman. Har qandayidan ham! Dindorlar 
Xudoni hamisha o'zlari bilan birga deb 
bilishadi va shuning uchun o'zlarini hammadan 
afzal hisoblashadi. 
Xristos javob bermadi. U dindor edi, lekin shu 
bilan birga u mijozlarini tinchlantirishni 
biladigan uddaburon xo'jayin ham edi, shuning 
uchun menga yana bir idishda qizil may olib 
keldi va uni qanday tashnalik bilan 
simirayotganimni ko'z uzmay kuzatib turdi. 
- Nima uchun bu dunyoda may ichish 
taqiqlangan-u, u dunyoda may va'da qilingan, 
tushunmayman, - dedim men. - Agar shunaqa 
yomon bo'lsa, nima uchun jannatda ichishga 
ruxsat beriladi? 
- Savollar, savollar... - qo'llarini tepaga ko'tarib 
do'ng'illadi Xristos. - Qachon qarama, savol 
berganing-bergan. Sen biron nimani shunchaki 


ishonch bilan qabul qila olasanmi o'zi? 
- Bo'lmasa-chi? Axir biz odammiz va bizga 
miya shuning uchun berilganmi, shunday 
emasmi? 
- Sulaymon, seni anchadan beri bilaman. Sen 
nafaqat ko'pdan beri qovoqxonamga keladigan 
mijozimsan. Sen mening do'stimsan. Shuning 
uchun sendan xavotir olaman. 
- Mayli, hechqisi yo'q... 
- Sen yaxshi odamsan, - gapimni bo'ldi Xristos. 
- Lekin tiling bir kun emas, bir kuni seni 
baloga giriftor qiladi. Men ana shundan 
xavotirdaman. Konyada har xil odam yashaydi. 
Va ulardan ba'zilari may ichadigan musulmon 
haqida yaxshi fikrda bo'lmasliklari sir emas. 
Sen ehtiyotkor bo'lishni o'rganishing kerak. 
Odatingni yashirishni o'rgan va ortiqcha 
gapirma. 
Men kuldim: 
- Balki sening gaplaringni Xayyomning 
she'rlari bilan yakunlarmiz? 
Xristos xo'rsindi, mening gapimni eshitgan fors 


savdogari esa xushchaqchaqlik bilan xitob 
qildi: 
- To'ppa-to'g'ri! Biz Xayyom she'rlarini 
istaymiz. Boshqa mijozlar ham unga 
qo'shilishdi va hammalari menga chapak 
chalishdi. Qizishib ketganimdan stol ustiga 
sakrab chiqdim va she'r o'qiy boshladim: 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling