Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
Ichkilikboz Sulaymon
1244 yil, 17 oktyabr, Konya. Hazil-huzul va mayxo'rlik qila-qila qovoqxonada yarim kechagacha o'tirdim, keyin oxirgi qadahni ko’tardim va uyimga jo'nadim. - Men nima deganim esingda tursin, - dedi xayrlasha turib Xristos, ortimdan qo'l silkitib qolarkan. - Tilingga ehtiyot bo'l. Men haqimda qayg'uradigan do'stim borligidan o'zimni baxtiyor his etib, unga bosh silkitdim. Lekin qorong'u, bo'm-bo'sh ko'chaga chiqan zahotim meni charchoq bosdi va yo'lga bir ko'za may ola chiqmaganimga achindim. Boshmoqlarimning tosh yo'lga urilishidan eshitilayotgan ovozlar hamohangligida Rumiy ortidan ergashgan odamlar haqida xayol surardim. Ularning ko'zlarida yongan nafratni eslab dahshatga tushardim. Men dunyoda yomon ko'radigan faqat bir narsa bor, u ham bo'lsa riyokorlik edi. Uzoq yillar mobaynida bu odamlar meni shunchalik haqoratlab keldilarki, buni eslashning o'zidayoq badanim jimirlab ketadi. Men buni eslamaslikka harakat qilib borardim va tor ko'chaga burildim. Shox-butoqlari qalin o'sgan daraxtlar tufayli bu yer yana ham qorong'uroq edi. Boz ustiga oy ham to'satdan bulutlar ortiga berkinib, meni zim-ziyo zulmat ostida qoldirdi. Tasodifan men tomonga kelayotgan ikki qorovulni ko'rib qoldim. - Assalomu alaykum, - g'o'ldiradim men, vujudimni chulg'ab olayotgan qo'rquvni berkitish uchun me'yordan ortiqroq xushchaqchaqlik bilan. Qorovullar salomimga javob qaytarishmadi. Buning o'rniga bemahalda qo'chada nima qilib yurganimni so'rashdi. - Ketayapman, - cho'zilib dedim men. Biz uzoqlardan faqat itlarning vovullashlari eshitilib turgan sokinlikda birga turardik. Qorovullardan biri hidlab ko'rdi. - Undan qo'lansa hid kelyapti, - dedi u nafrat bilan. - Ha, undan sharob hidi anqiyapti, - tasdiqladi uning gapini ikkinchisi. Men agar biroz hazil qilsam hech nima bo'lmas deb o'yladim. - Xavotir olmang. Bu hid majoziy, xolos, chunki musulmonlarga faqat majoziy mayni ichishga ruxsat berilgan, shuning uchun bu hid ham faqat majoziy. - Bu nima deb valdirayapti? - to'ng'illadi birinchi qorovul. Shu payt atrofi nafis oq nuri bilan yoritib oy bulut ortidan chiqdi. Endi uning yuzini ko'rdim. Agar sovuq qarashi va yoqimsiz irjayishi bo'lmaganida, uni xushro'y desa ham bo'lar edi. - Bemahalda ko'chada nima qilib yuribsan? - savolini takrorladi qorovul. - Qayoqdan kelayapsan va qayoqqa ketayapsan? Bu yog'iga men chiday olmadim: - O'g'lim, sen mendan haddan ziyod murakkab narsalarni so'rayapsan. Javobini bilganimda edi, bu olamda mavjudligimiz sirlarini ochgan bo'lardim. - Ustimdan kulyapsanmi, hayvon? - bo'kirdi qorovul va men biron narsani fahmiga yetishga ulgurmasimdan qamchisi bilan havoni savaladi. Bu shunchaki xo'jako'rsinga qilingan harakat edi, shuning uchun o'zimni tutib tura olmadim va «hmm» deb yubordim. Shunda u qamchisi bilan ko'kragimga tushirdi. Shunday kuchli, dabdurustdan va og'ritib urdiki, natijada men muvozanatni yo'qotdim va oyoqda tura olmay qalqib ketdim. - Bu senga odobdan saboq bo'ladi, - dedi qorovul qamchisini bir qo'lidan ikkinchisiga olib o'ynatarkan, - ichkilikbozlik musulmon uchun eng katta gunoh ekanini bilmaysanmi? Boshim og'riqdan yorilgudek og'riyotgan va og'zimda o'z qonimning iliq ta'mini tuyib turgan bo'lsam-da, o'g'lim tengi yosh yigit meni ko'chaning qoq o'rtasida savalaganiga ishona olmay turardim. - Ur, uraqol meni, - baqirishga harakat qildim men. - Agar Xudoning jannati sendaqalar uchun bo'lsa, unda men do'zaxda yonganim yaxshiroq! Qorovulning g'azabi qaynab meni savalay ketdi. Men yuzimni qo'llarim bilan to'sdim, lekin foydasi bo'lmadi. Bir eski ashula esimga tushib qolib, yorilgan lablarim bilan xirgoyi qila boshladim. Ahvolim qanchalar og'irligini bildirmaslik uchun har safar qamchi tushgan sari ovozimni yanada balandlatib ashula aytardim. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling