Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

2008 yil, 3 iyun, Nortgempton. 
Plyaj tomondan ochiq deraza orqali kirib 
kelayotgan ashula ovozlariga, uy yonidan 
o'tayotgan mashinalar va quyoshda toblanishga 
ulgurgan talabalar shovqiniga beixtiyor quloq 
solarkan, betashvish yoshlarni kuzatish bilan 


birga Ella beixtiyor keyingi kunlarda sodir 
bo'lgan hodisalarni ham xayolidan o'tkazardi. 
Birinchidan, iti oshxonada o'lib qolganini 
ko'rdi. Garchi bunga tayyor turishi kerakligini 
o'ziga ko'p marta aytgan esa-da, u nafaqat 
chinakam qayg'uni boshdan kechirdi - unda 
o'zining himoyasizligi va yolg'izlanib qolgani 
tuyg'usi ham paydo bo'ldi. Ikkinchidan, Ella 
Orlida bulemiya kasalligi borligini va barcha 
sinfdoshlari buni allaqachon bilishlarini bildi. 
Ella buning uchun o'zini shunchalar aybdor his 
etardiki, hatto kichik qiziga yaqin bo'la 
olganidan va o'zida onalik tuyg'usi borligidan 
ham shubhalanib qoldi. Aybdorlik hissini-ku u 
birinchi marta tuyayotgani yo'q edi, ammo 
o'zining onalik tuyg’usiga shubha unda birinchi 
marta paydo bo'lishi edi. 
Shu vaqt ichida Ella Aziz Z. Zaxara bilan juda 
ko'p elektron maktublar almashishdi. Ba'zan bir 
kunda ikki-uchta, ba'zan esa hatto beshta xat 
bo'lib ketar edi. Ella hamma narsa haqida 
yozaverar edi va shunisi ajablanarli ediki, u 


ham sira kanda qilmay beto'xtov javob 
qaytarardi. Qayoqdan vaqt topar ekan? U Aziz 
bilan xat yozishuvlarga juda tez o'rganib qoldi 
va qulay vaqt keldi deguncha birinchi o'rinda 
pochtani tekshirardi - eng oldin ertalab turib, 
keyin nonushtadan keyin, keyin ertalabki 
sayrdan qaytgach va lanch (ikkinchi 
nonushtani) tayyorlay turib va hatto internet-
kafega birrovga kirganida ham. Hatto televizor 
ko'rayotganida ham, pazandalik klubidagi 
mashg'ulotlar vaqtida ham, telefonda 
gaplashaturib ham yoki egizaklari suhbatiga 
quloq solib turib ham, hamisha noutbukini 
tizzasida olib o'tirar edi. Azizdan yangi xat 
kelmagan vaqtlarda Ella eskilarini qayta o'qir, 
navbatdagi yangi xatni ko'rgan zahoti esa har 
safar quvonchini yashira olmas va chehrasida 
uyatchan tabassum paydo bo'lar edi. 
Bir tekis, osuda kechayotgan hayot o'tmishda 
qolganini tushunishi uchun Ellaga uncha ko'p 
vaqt kerak bo'lmadi. Uning hayotida sir paydo 
bo'lgan edi. Va bu unga yoqardi. 


Aziz oz bilan qanoatlanadiganlardan emas edi. 
Qalb qonunlariga bo'ysunmaydigan, 
kungaboqar quyoshga ochilgani va intilgani 
kabi, ishq uchun ochilmaydigan va unga 
bo'ysunmaydiganlarni tirik odamlar hisobiga 
qo'shmas edi. (Tirik bo'lmaganlar hisobiga o'zi 
ham kirishi mumkinligi Ellaning xayoliga 
kelmas edi.) Aziz ob-havo haqida yoki yaqinda 
ko'rgan filmi haqida yozmas edi. U ancha 
muhim narsalar haqida: hayot, o'lim va albatta, 
ishq haqida yozardi. Ella o'z tuyg'ularini, 
ayniqsa, begonalarga oshkor namoyon 
etadiganlardan emas edi, lekin juda yig'ilib 
ketgan va og'riqli tuyg'ularini nihoyat to'kib 
solishi uchun unga aynan begona kerak 
bo'lgandir ham. 
Garchi ularning yozishmalarida yoqtirishga 
o'xshash nimadir bor bo'lsa hamki, Ellaning 
nazarida, bu butkul beg'ubor narsa edi. Virtual 
ishva bo'lsa nima qilipti? Shu yozishmalar 
bahonasida Ella turmushga chiqqach, but-kul 
yo'qotilgan qadru qimmatidan ozginasi bo'lsa 


ham qaytishini umid qilardi. Aziz, ayol kishi 
o'zining o'ziga hurmatini yo'qotmagan holda, 
sevish mumkin bo'lgan erkakka o'xshar edi. 
Balki u ham o'rta yoshli amerika ayolida o'zini 
qiziqtiradigan nimanidir topgandir. 
Kibermaydon aybdorlik hissini tuymasdan (bu 
Ellaga ma'qul edi, zero u busiz ham aybdorlik 
hissini haddan ziyod ko'p tuyub kelgan edi) 
ishva qilish va hech qanday xavf-xatarsiz 
sarguzasht boshdan kechirish (hech qanday 
sarguzasht boshdan kechirmagan Ella buni juda 
istar edi) imkonini berar edi. Bu taqiqlangan va 
lekin bexatar meva edi. 
Balki, eri bor, uch bolaning onasi bo'lmish 
ayolning noma'lum kishiga yozayotgan 
yashirin xatlarini shakkoklik deb hisoblash 
mumkindir ham. Ammo bu munosabatlarning 
platoncha (faqat xayoliy) tabiatga ega ekanini 
hisobga olinsa, deya xulosa qilardi Ella, bu 
shirin shakkoklik edi. 


Ella 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling