Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
Uchinchi qism
ShAMOL (...harakatdagi, bir joydan boshqasina ko'chib turadigan narsalar shubha ostida bo'ladilar) Fanat 1244 yil, 19 oktyabr, Konya. Ochiq derazadan eshitilayotgan itlarning zo'r berib vovullashi menga sira uyqu bermadi. Ular uyga kirmoqchi bo'layotgan o'g'ri yoki ko'chadan o'tayotgan iflos ichkilikbozni payqadimikin, degan xayolda to'shakdan turib o'tirdim. Odam o'z o'rnida bemalol uxlay olmaydigan bo'lib qolipti endi. Hamma yoqda yoqalashuvlar va buzuqliklar. Ilgari bunday emas edi. Atigi bir necha yil avval bu shahar yashash uchun eng xavfsiz edi. Xulqiy buzilishning boyu kambag'alga, yoshu qariga birday yuqumli bo'lgan va to'satdan paydo bo'lib, hamma yoqqa tarqaladigan jirkanch yuqumli kasallikdan farqi yo’q. Shahrimiz bugun shunday holatda. Agar madrasada o'z o'rnim bo'lmaganida edi, onda- sonda bo'lsa ham uydan chiqib turishga jur'at topa olmagan bo'larmidim. Rabbimga shukurlar bo'lsinki, shahar jamoasi manfaatlarini o'z manfaatlaridan ustun ko'radigan va ertayu kech Konyada tartib saqlanishiga xizmat qiladigan odamlar bor. Jiyanim Beybars shulardan biri. Biz u bilan faxrlanamiz. Shunday kechki payt jinoyatchi, razil va ichkilikboz kishilar yuradigan vaqt, Beybars o'zining qorovul-o'rtoqlari bilan bizni himoya qilib yuripti. Akam bevaqt vafot etgach, men uning o'g'liga vasiy bo'lgandim. Yosh va qat'iyatli Beybars qorovullik qila boshlaganiga yarim yil ham bo'ldi. Beybars bu ishga mening mudarrisligim tufayli erishdi, degan g'iybatlar ham bo'ldi. Bo'lmag'ur gap! Beybars o'zi juda kuchli va umuman, unda bu ish uchun kerakli hamma narsa bor. Undan juda yaxshi askar chiqishi mumkin edi. U Quddusga borishni va salibchilarga qarshi jang qilishni istagan edi, lekin biz xotinim bilan Beybars endi ulg'ayib qoldi va oilali bo'ladigan vaqti keldi, degan qarorga keldik. - O'g'lim, sen bizga shu yerda keraksan, - dedim men. - Bu yerda ham jang qilishing kerak bo'lgan odamlar bor. To'g'risi ham shu. Ayni o'sha kuni ertalab men xotinimga biz juda og'ir vaqtlarda yashayotganimizni aytgandim. Har kuni biron yangi fojia haqida eshitib turardik. Mo'g'ullar shiddat bilan bostirib kelishi, salibchilarning g'alaba qilishlari, shahar va qishloqlar birin-ketin g'ayridinlar tajovuzi qurboniga aylanishi, barchasiga soxta musulmonlar, ya'ni so'zda bor-u, amalda yo'q musulmonlar aybdor. Odamlar Xudo bilan bog'lanishni yo'qotgan zahoti yo'ldan toyadilar. Mo'g'ullar gunohlarimiz uchun bizga jazo sifatida yuborilgan. Gap mo'g'ullarda emas, buning o'rniga zilzila, ocharchilik yoki to'fon bo'lishi ham mumkin edi. Biz sababni bilgunimizcha va tavba qilmagunimizcha, yana qancha baxtsizliklarni boshdan kechirishimiz kerak ekan? Bir kun osmondan yomg'ir o'rniga tosh yog'ishini o'ylasam, ko'rqib ketaman. Kun kelib va bu kun uzoq emasga ham o'xshaydi - hammamiz Od va Samud qavmlari singari er yuzidan supurib tashlanishi mumkin. Boz ustiga so'fiylar. Ulardan ham yaxshilik kutib bo'lmaydi. Mo'min musulmonning aqli bovar qilmaydigan narsalar haqida gapirib, o'zlarini musulmon deb atashga qanday jur'at qilishar ekan? O'zlarining ahmoqona qarashlarini bayon eta turib, yana Payg'ambarimiz (s.a.v.) nomlarini tilga olganlarini eshitganimda tomirlarimda qonim qaynaydi. Ularning aytishlaricha, Payg'ambar Muhammad (s.a.v.) uchun e'tiqodsizlarga qarshi jang qilish kishining o'z nafsiga qarshi jang qilishiga nisbatan kichik jihod emish. Inson dunyoga kelganidan buyon jang olib borishi kerak bo'lgan yakkayu yagona dushman nafs, deb hisoblashadi so'fiylar. Bu gap chiroyli eshitiladi, ammo qizig'i shundaki, islom dushmanlariga qarshi jang olib borishda bu qanday yordam berar ekan? So'fiylar bundan ham badtarini aytishadi - shariat - yo'ldagi bir bosqich, xolos, deyishadi ular. Qiziq, bu qanday bosqich ekan? Bu ham yetmaganday, yana ma'rifatli insonni dastlabki bosqichdagi qoidalar bilan cheklab qo'yish mumkin emas, deb da'vo ham qilishadi. Ularga o'zlari yuqori bosqichga erishgan deb hisoblash yoqadi, shuning uchun o'zlarini shariat qonunlariga bo'ysunmasliklari mumkin deb hisoblashadi. Ular may ichishadi, raqs tushishadi, she'r yozishadi, rasm chizishadi va ular uchun bu ishlar ShARIAT hukmlarini bajarishdan muhimroq emish. Shuningdek, ularning fikricha, islomda yuqori va quyi nufuzlarga ajratish yo'q bo'lgani uchun har bir inson Xudoni faqat o'zi anglamog'i kerak. Bir qarashda bu beg'araz gapga o'xshaydi, lekin buning ortida dinda nufuzlarga bo'ysunish bo'lmasligi kerak, degan narsa yashiringan! So'fiylarga quloq solsangiz, Qur'onda juda ko'p noaniq majozlar, sirli ishoralar bor deyishadi ham. Ularning fikricha, muqaddas kitobdagi har bir so'z oyat va butun matnning son qimmatiga mutanosib ekan; ular Xudoning payg'omini oddiy va tushunarli o'qishni qiyinlashtiradigan ishlarni qiladilar. Ba'zi so'fiylar hatto insonni «gapiruvchi Qur'on» deb ham atashadi. Axir bu shakkoklik bo'lmay, nima? Yana darbadar yuruvchi darvishlar ham bor - ular ham behalovat musulmonlar. Qalandarlar, Haydariylar, kamiylar - turli-tuman nomlari bor. Ular hammadan ham yomon. Bir joyda o'tira olmaydigan odamdan nimani kutish mumkin? Kishida biron bir jamoaga tegishlilik hissi bo'lmasa, u xuddi shamolda uchgan quruq yaproq kabi har qanday yo'nalishda «uchishi» oson-ku! Va u shaksiz shaytonning makriga uchraydi. Faylasuflar ham so'fiylardan tuzukroq emas. Ular o'zlarining cheklangan tafakkurlari bilan cheksiz olamni bilish mumkin deb o'ylashadi. Men so'fiylar bilan faylasuflar o'zaro kelishuvda ekanliklarini ko'rsatadigan bir hikoyani bilaman. Bir kuni faylasuf bilan darvish uchrashishipti va ular bir-birlariga juda o'xshar ekanlar. Ular kun bo'yi gaplashishipti, gaplari bir-birlariga aynan muvofiq ekan. Nihoyat, xayrlashganlaridan keyin, faylasuf suhbat haqida: «U men bilgan narsalarni tushunadi», degan ekan. So'fiy esa: «Men tushungan narsalarni u biladi», degan ekan. Demak, so'fiy tushunaman, deb o'ylaydi, faylasuf esa bilaman, deb o'ylaydi. Men esa ular hech nimani tushunishmaydi va bilishmaydi, deb o'ylayman. Naxotki oddiy, cheklangan bandalar o'zlari uchun mumkin bo'lganidan ortig'ini bila olmasliklarini va tushuna olmasliklarini anglashlari qiyin bo'lsa? Bandasi faqatgina Xudoning borligini anglay oladi, xolos. Bo'ldi. Bizning vazifamiz Xudoning ta'limotini talqin etish emas, unga bo'ysunishdir. Beybars uyga qaytganida, u bilan shular haqida gaplashamiz. Shunga odatlanganmiz. Har kuni kechasi qorovullikdan keyin xotinim tayyorlab olib kirgan sho'rvasini ichadi va biz dunyoda nimalar bo'layotgani haqida gaplashamiz. Uning ishtaha bilan ovqat yeyishi menga yoqadi. U kuchli bo'lishi kerak. Shijoatli yosh yigitga bizning xudobexabarlar shahrimizda qiladigan ish ko'p. Shams Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling