Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

2008 yil, 5 iyun, Nortgempton. 
Qadrli Aziz! 
Xatlaringizdan birida kishi o'z hayotini oqilona 
nazorat qila olishi g'oyasi ummonda suzib 
yurgan baliqning shu ummonni nazorat 
qilishga urinishi kabi bo'lmagur (absurd) 
g'oya, deb yozgan edingiz. Men Sizning 
«Kutganimiz amalga oshmagan hollarda 
o'zlikni bilish haqidagi fikr umidlarning 
puchga chiqishi va ixlosning qaytishi oqibati 
bo'ladi» degan jumlangiz haqida ko'p o'yladim. 
Lekin tan olishim kerak: menga hayotni 
nazorat qilish yoqadi. Har holda, meni yaxshi 
bilgan odamlar men haqimda shunday 
deyishadi. So'nggi vaqtlarga qadar men juda 
qattiqqo'l ona bo'lib kelganman. Mening 
qoidalarim ko’p (va ular agar ishonsangiz, 
so'fiylarning qoidalariday uncha yoqimli 
emas), ularda hech kimga yon bosish yo'q. Bir 
kuni katta qizim meni bolalar hayotini 


kavlashtirishda va har bir fikrlaridan va 
istaklaridan gunoh axtarishimda aybladi. 
Esingizdami, bir ashula bor edi. Men uni 
yoqtirmas edim. «Nima bo'ladi, nima bo'ladi?» 
- bu mening yo'lim emas, chunki men oqim 
bo'ylab suza olmayman. Bilaman, Siz 
dindorsiz, men esa - yo'q. Garchi bizning 
oiladagilar hammamiz shanba kunlari bayram 
qilsak hamki, men hatto o'zimning oxirgi marta 
qachon ibodat qilganimni ham eslay 
olmayman. Yo'q, esladim. Ikki kun oldin 
oshxonada ibodat qilgan edim. Ammo bu 
hisobga kirmaydi, chunki u ibodatdan ko’ra 
shikoyatga ko'proq o'xshardi. 
Ancha ilgari, kollejda o'qiyotganimda, sharq 
dinlariga juda qiziqib qolgandim va buddizm, 
dzen-buddizm haqida qo'p o'qigandim. Hatto 
g'aroyibotlar shaydosi bo'lgan bir dugonam 
bilan hindlarning ashramida (diniy-mistik 
ta'lim maktabida) bir oy yashash rejasini ham 
tuzgan edik, lekin bu qiziqish uzoqqa 
bormagan edi. Bu qanchalik qiziqarli 


ko'rinmasin, lekin hozirgi hayot nuqtai 
nazaridan qaraganda uni qabul qilib 
bo'lmaydi. Shundan buyon men bu boradagi 
fikrimni o'zgartirmadim. 
Mening dinga bo'lgan bu munosabatim Sizni 
xafa qilmaydi, deb umid qilaman. Buni Sizga 
befarq bo'lmagan insonning shunchaki ochiq 
fikri deb qarang. 
Sizga samimiyat bilan 
Ella.
Azizam Ella! 
Xatingiz menga Amsterdamdaligimda, 
Malaviga ketay deb turganimda yetib keldi. 
Menga OITS avjiga chiqqan va bolalarning 
asosiy qismi yetimlar bo'lib qolgan qishloq 
aholisi fotosuratlarini olish topshirig’ini 
berishdi. Agar biron hodisa xalal bermasa
to'rt qundan keyin qaytaman. Ko'ramiz. 
Men bu holni nazorat qila olarmidim? Aslo! 
Ammo ertagayoq boglanish bo'lishi uchun 
o'sha yerdan turib Internetga kirish yo'lini 


axtaraman. So'fiylar beshinchi elementni 
(unsurni, ya'ni borliq asosida yotuvchi to'rt 
unsurdan - suv, havo, olov va tuproqdan 
keyingi unsurni) bo'shliq deb ataydilar. Bu biz 
oddiy odamlar uchun tushunarsiz va nazorat 
qilib bo'lmaydigan muqaddas unsur, lekin biz 
uni hamisha anglay olamiz. Agar «nofaollik» 
deganda insonning hayotda mutlaqo hech nima 
qilmasligi va hayotga jiddiy intilmasligi 
nazarda tutilsa, men bunday «nofaol»lik 
g'oyasiga ishonmayman. Lekin men beshinchi 
unsurga bo'lgan e'tiqodga isho- naman. 
Menimcha, biz hammamiz ham Xudo bilan 
shartlashib olganmiz. Har holda, men uchun 
shunday bo'lgan. 
So'fiylikka qadam qo'yganimda Xudoga kuchim 
yetganicha hamma ezguliklarni qilishga va'da 
berganman. Men hayotda o'zim tushuna 
olmaydigan narsalar borligini qabul qilaman. 
Menga narsalarning faqat ayrim qismlari, 
bo'laklari ko'rinadi, xolos, lekin BUTUN reja 
mening tafakkurim doirasiga sig'maydi. Siz 


meni dindor deb hisoblayapsiz. Lekin unday 
emas. 
Men spiritualistman, bu esa boshqa narsa. 
Dindorlik bilan ruhoniylik (spiritualizm) 
orasida katta farq bor. Bizning davrimizda 
ular orasidagi jarlik mislsiz chuqurlashib 
ketgan. 
Atrofimdagi jarayonlarni kuzatar ekanman, 
hamisha qiyin holatda bo'laman. Biz, bir 
tomondan, individuumning (ayrim olingan 
shaxsning) Xudodan, hokimiyatdan, 
jamiyatdan erkin ekaniga va narsalar ustidan 
hukm yurita olishiga ishonamiz, ammo 
ishonchimiz ortgan sari tobora o'z ichimizda 
berkinib (cheklanib) borayapmiz, dunyo esa 
tobora moddiylashib borayapti.
Ikkinchi tomondan esa, butun insoniyatda 
ruhiylik jihati tobora ortmoqda. Biz uzoq 
vaqtlar mobaynida tafakkurga (AQLGA) 
tayanib yashab keldik, endi esa uning 
ChEGARASI borligini anglashimizga to'g'ri 
keladigan davr kelganga o'xshaydi. Bizning 


davrimizda xuddi O'rta asrlarda bo'lgani kabi, 
ruhiy portlash sodir bo'layotgani kuzatilayapti. 
G'arbda tobora ko'pchilik odamlar o'zlarining 
serg’alva hayotlarida ruhiyatlari uchun ichki 
maydon ajratishga harakat qilmoqdalar. 
Garchi ularning niyatlari ezgulik esa-da, lekin 
amalga oshirish vositalari ko'pincha to'g'ri 
emas. Ruhiyat eski ovqatga qo'shish mumkin 
bo'lgan yangi ziravor kabi emas. Ya'ni u 
tubdan yangilanishsiz, o'z hayotimizga 
shunchaki qo’shib qo'yishimiz mumkin bo'lgan 
narsa emas. 
Men Sizning pazandachilikni yaxshi 
ko'rishingizni bilaman. Siz Shamsning, butun 
olam buyuk bir narsa pishirilayotgan kattakon 
doshqozondir, degan gapidan xabardormisiz? 
Unda nima pishirilayotgani bizga hozircha 
noma'lum. Lekin biz nimaiki qilsak, his etsak 
va o'ylasak, hammasi shu qaynatma tarkibiga 
kiradi. Va biz o'zimizdan bu qozonga nima 
solayotganimizni so'rashimiz kerak 
Xafagarchiligimizni, qahru g'azablarimizni, 


jahlimizni qo'shmayapmizmi? Yoki bu qozonga 
Ishqimizni (mehru muhabbatimizni) va 
mutanosiblik, uyg'unliklarimizni qo’sha 
olayapmizmikin? 
Sizga kelganda-chi, azizam Ella, insoniyat 
pishirayotgan bu taomga Siz nima 
qo'shayapman deb o'ylaysiz? 
Men o'zim, Siz haqingizda o'ylagan vaqtimda, 
chuqur tabassumimni qo'shayapman. 
Sizga mehru muhabbat ila, 
Aziz. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling