Елкасини пайІамбарлар силаган шоир
Download 0.5 Mb.
|
Ona tili va adabiyotdan noan\'anaviy darslar
Beshinchi orol: Donishmandlar oroli. Magnitafondan quyidagi hadisni tinglab, sayohatchilarga ilm haqidagi bilgan maqollarini eslash va ularning mohiyatini ochish topshiriladi:
«Ilm egallang! Ilm sahroda – do‘st, hayot yo‘llarida – tayanch, yolg‘izlik damlarida – yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda - rahbar, qayg‘uli onlarda – madadkor, odamlar orasida – zebu ziynat, dushmanlarga qarshi quroldir». Ilmni mehnatsiz egallab bo‘lmas. Olim bo‘lsang, olam seniki. Bilim – davlatdan qimmat. Ilm – aql chirog‘i. Bilimli kishi o‘zar, Bilimsiz kishi to‘zar kabi. Dars yakunida xulosa qilish mumkinki, mustaqillik tufayli biz Ahmad Yassaviy, Naqshbandiy, Imom Ismoil Al-Buxoriy, At-Termiziy, Amiriy kabi ulkan siymolar ijodini, ma’naviy merosini o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘qish va o‘rganish baxtiga muyassar bo‘ldik. «O‘tmishga sayohat» qilib, bilim orollaridan shuni bildikki, Ahmad Yassaviy etuk olim darajasiga etgach, u O‘tror yaqinidagi Yassi shahriga kelib, haqiqatni, islomni, insofu diyonatni keng targ‘ib qilgan. Xoja Ahmadga ajoyib nodir iste’dod, ilohiy bir quvvat nasib etilgan ediki, bunday odamni hamma o‘ziga ustoz hamda pir qilib olar, uning suhbati va karomatidan bahramand bo‘lishga shoshilar edi. Shuning uchun ham shoir ijodining qadr-qimmati hanuzgacha o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. Bugungi kunning talabi bilan bir xildek, ya’ni ilm olish, o‘rganish, atrofdagilarga foydasi tegadigan inson bo‘lish haqida qayg‘uradi. O‘zbek adabiyotida Vatan haqidagi falsafiy fikrlar Ahmad Yassaviy hikmatlaridan boshlanadi: Boshim tufroq, o‘zim tufroq, jismim tufroq, Haq vasliga etarman deb ruhim mushtoq. Yoki: Tufroq bo‘lg‘il, olam seni bosib o‘tsin – deydi. Tuproq – Vatan. Tuproq necha yuz ming yillardan buyon ne-ne ulug‘ farzandlarini quchog‘iga bosib kelayotgan mushfiq Zamin. Shuning uchun biz uni e’zozlaymiz. Tuproq – rizq ro‘zimiz manbai. Shuning uchun biz uni ona-tuproq deymiz. Uyga vazifa qilib hikmatlarni nasrga aylantirish, keltirilgan maqollardan birini sarlavha sifatida tanlab kichik matn yaratish beriladi. She’rlarni ifodali o‘qish uchun magnit tasmasiga yozib o‘qish va uni tekshirish tavsiya qilinadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling