116. Yarim o'tkazgichli triod elektron asboblarining bir turi bo'lib, tranzistor deb ataladi. Tuzulishi va ishlash usuliga qarab tranzistorlar bipolyar va unipolyar tranzistorlarga ajratiladi. Bipolyar tranzistorlarning ishlashi p-n o'tish hodisasiga, unipolyar tranzistorning ishlashi esa, bir turdagi o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan yarim o'tkazgichning o'tkazuvchanligini elektr maydoni yordamida boshqarishiga asoslangan. Bipolyar tranzistor yarim o'tkazgich monokristalda ikkita p-n o'tish sohasini hosil qilish asosida yasaladi. Uni o'tkazuvchanligi almashib keladigan 3 ta sohaga ajratish mumkin. Agar monokristallning hajmi bilan chegaralangan bo'lsa, hosil bo'lgan yassi tranzistor p-n-p turdagi tranzistor deyiladi. Bipolyar tranzistorlar uchta chegaraviy muhitni o'z ichiga oladi va p-n o'tish bilan ajratilgandir. O'rta chegaradagi elektr o'tkazuvchanlik ikki chekkadagi elektr o'tkazuvchanligiga qarama-qarshi holatda bo'ladi. Agar tranzistor p-n-p strukturaga ega
bo'lsa, n-soha baza bo'lib xizmat qiladi. Oddiy p-n-p o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan bipolyar tranzistor quyidagi rasmda o'z aksini topgan.
117. Tranzistor sxemaga ulanayotganda chiqishlaridan biri kirish va chiqish zanjiri uchun umumiy qilib ulanadi, shu sababli quyidagi ulanish sxemalari mavjud: umumiy baza (UB), umumiy emitter (UE), umumiy kollektor (UK). Bu vaqtda umumiy chiqish potentsiali nolga teng deb olinadi. Kuchlanish manbai qutblari va tranzistor toklarining yo'nalishi tranzistorning aktiv rejimiga mos keladi. UB ulanish sxemasi qator kamchiliklarga ega bo'lib, juda kam ishlatiladi. Bipolyar tranzistorning normal ishlashining asosiy talabi bo'lib baza sohasining etarlicha kichik kengligi W hisoblanadi; bu vaqtda sharti albatta bajarilishi kerak (L-bazadagi asosiy bo'lmagan zaryad tashuvchilarning diffuziya uzunligi).
Bipolyar tranzistorning ishlashi uchta asosiy hodisaga asoslangan:
• emitterdan bazaga zaryad tashuvchilarning injektsiyasi;
• bazaga injektsiyalangan zaryad tashuvchilarni kollektorga o'tishi;
• bazaga injektsiyalangan zaryad tashuvchilar va kollektor o'tishga
Do'stlaringiz bilan baham: |