P.K.Anoxinning emotsiyalar biologik nazariyasi
Emotsiyalarning frustratsion nazariyasi.
Bu nazariya salbiy emotsiyalarning paydo bo’lishini ehtiyojlarning qiziqishlarning qondirilmasligi oqibati, muvaffaqiyatsizlik oqibati sifatida tushuntiradi.jahldorlik,g’azab, yarost, qo’rquvni kiritish mumkin.
Bu nazariyaga Dj.Dьyui asos solgan bo’lib, uning fikricha, emotsiya ixtiyoriy xulq-atvor shakllari to’siqqa uchraganda vujudga keladi.
L.Festingerning kognitiv dissonans nazariyasi
Bu nazariyaga ko’ra faoliyatning kutilgan va haqiqiy natijasi orasida farq bo’lsa (kognitiv dissonans) salbiy emotsiyalar paydo bo’ladi. KUtilma va natijaning mos kelishi esa(kognitiv konsonans)ijobiy emotsyalarni paydo qiladi.
Emotsiyalarning kognitiv nazariyasi
Bu nazariyalar kognitiv psixologiyaning oqibati sifatida paydo bo’lib,emotsiyalar paydo bo’lishining asosiy mexanizmi sifatida bilish jarayonlari yotadi.Ulardan biri S.SHexterning kognitiv fiziologik nazariyasidir.SHexterning fikricha,emotsiyaning vujudga kelishi so’zli qo’zg’atuvchilar yordamida o’zgartirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |