Emotsiyanal xolatlarni boshqarish Reja


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana22.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1379901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Emotsiyanal xolatlarni boshqarish

beruvchi konsepsiyasi ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional 
holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini 
baholashi bilan belgilanadi. Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval 
orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun 
taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan 
ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.v. simonovning yondoshuvi 
quyidagi formulada aks etgan: h = e (m – a), bunda h – hissiyot, uning kuchi va 
sifati; e – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o‘ziga xos xususiyati; m – dolzarb ehtiyojni 
qondirish uchun zarur ma’lumot; a – ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli 
axborot. 
Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda 
ehtiyojlar mavjud bo‘lmasa (e = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (h = 0); 
ehtiyoj sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan 
holatda ham, hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining 


sub’ektiv baholanishi yuqori bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar 
esa sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi. 
Miya po‘stlog‘i emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi. 
I.p. pavlov tomonidan aynan, miya po‘stlog‘ining hissiyotlar kechishi va 
ifodalanishi, boshqarishi, tanada yuz beradigan barcha hodisalarni o‘z nazorati 
ostida ushlab turishi, po‘stloq osti markazlariga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi, 
ularni boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan. Yuqorida bayon etilganlarning tasdig‘i 
sifatida sub’ektiv kechinmalar va ularning tashqi ifodasi o‘rtasida keskin farqlar 
kuzatiladigan klinik holatlarni keltirish mumkin. Miya katta yarim sharlari 
po‘stlog‘i shikastlangan bemorlarda istalgan seskantiruvchi muvofiq kelmaydigan 
tashqi ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki shashqator ko‘z yoshlarga sabab bo‘lishi 
mumkin. Lekin, kulib turib, bu bemorlar o‘zlarini qayg‘uli, yig‘lab turib esa
ba’zan xursandchilik sezadilar. 
Inson hissiyotli kechinmalarida ikkinchi signal tizimi katta ahamiyatga ega, 
chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so‘zlar, 
fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya, 
tomosha qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin. 
Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, ahloqiy, estetik yuksak insoniy 
hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi. 
Xulosa o‘rnida hissiyotlarning tarkibiy qismlarini keltirib o‘tish zarur, bular: 
1) sub’ektiv kechinma, 2) organizm reaksiyasi, 3) hissiyotlar bilan yuzaga kelgan 
va xayoldagi fikrlar yig‘indisi, 4) o‘ziga xos yuz ifodasi, 5) umumlashtirilgan 
hissiyotli 
reaksiyalar: 
salbiy 
hissiyotda 
atrofdagi 
voqealarga 
nisbatan 
munosabatingiz ham salbiy bo‘ladi, 6) ushbu hissiyot bilan assotsiatsiyalangan 
harakatlarga moyillik. 
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi vaqtgacha hissiyotlar tabiatiga 
nisbatan yagona nuqtai nazar mavjud emas. Hissiyotlarni o‘rganishga qaratilgan 
tadqiqotlar hozirda ham o‘tkazilib kelinmoqda. Hozirda to‘plangan tajribaviy va 
nazariy material hissiyotlar tabiatining ikkilanganligidan dalolat beradi. Bir 
tomondan, hissiyotlar – turli psixik hodisalar, shuningdek, kognitiv jarayonlar, 
inson qadriyatlari tizimi tuzilmasining xususiyatlari va boshqalar kabi sub’ektiv 
omillar hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, hissiyotlar individning fiziologik 
xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar ma’lum seskantiruvchi ta’siri natijasida 
paydo bo‘ladi, bu esa inson moslashishi va hulq-atvorining boshqarish 
mexanizmlari ifodasining xuddi o‘zginasidir. Inson kayfiyati, affektlari, hislari va 
ehtiroslari yig‘indisi uning emotsional hayotini va emotsionallik kabi individual 
sifatni tashkil etadi. Emotsionallikni insonning hayotiga tegishli bo‘lgan turli xil 
sharoitlardan hissiyotli ta’sirlanishga moyillik, kayfiyatdan ehtirosgacha – kuchi 


va sifati turlicha bo‘lgan emotsiyalarni kechirish layoqati, shuningdek, emotsiyalar 
kuchining tafakkur va hulq-atvorga ta’siri sifatida ta’riflash mumkin. 
Shaxsning xususiyatlariga ta’rif berish ko‘p holatlarda ushbu odamning 
nimani yoqtirishini, nimadan nafratlanishini, mag‘rurlanishi, uyalishi, hasad 
qilishi va qayg‘urishi sababini aniqlashni bildiradi. Individ barqaror hislari 
predmeti, ularning jadalligi va xarakteri atrofdagilarga insonning emotsional olami, 
hislari va bu bilan, uning individualligini ochib beradi. S.l. rubinshteynning 
yozishicha, shaxsning xarakteri va aqliy qobiliyati, qiziqishlari va boshqa 
odamlarga munosabatlarining barcha o‘ziga xos xususiyatlari hissiyotlar va 
sezgilarning kamalak rangida namoyon bo‘ladi va aks etadi. 
Emotsionallik tug‘ma bo‘ladi, lekin affektlar, sezgilar hayot jarayonida 
rivojlanadi, bu esa insonning shaxs sifatida rivojlanishini bildiradi. Bunday 
rivojlanish inson emotsional sohasiga yangi ob’ektlarni kiritish, shaxs sezgilarini 
ongli irodaviy boshqarish va nazorat qilish darajasining oshishi ahloqiy 
boshqarishga yuksak ahloqiy qadriyatlar (vijdon, mas’uliyatlilik, nomus va 
boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog‘liq. 
Inson emotsional hayotining rivojlanishida ma’lum bo‘lgan izchillik mavjud. 
Lekin bir davr sezgisidan keyingi davr sezgisiga o‘tish shaxsning har tomonlama 
rivojlanishi bilan bog‘liq. Hissiyotlar odam energiyasini to‘plovchi faoliyatga 
nisbatan kuchli rag‘bat bo‘lishi mumkin, asosiysi, ularni tegishli tarzda 
yo‘naltirishdir. 
Har bir inson uchun ijobiy emotsional ta’sirlanishlarni kuchaytirish va 
kengaytirish bilan bir vaqtda boshqa odamlar emotsional holatiga samarali ta’sir 
ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar 
ko‘p hollarda yuqori emotsional zo‘riqish vaziyatlarida, o‘ta toliqqan holatlarda, 
frustratsiya vaqtida, odamlar ta’sirchanligida, ishlar ko‘ngilgidek yurishmaganida, 
hayotiy muhim rejalar barbod bo‘lganida yuzaga kelishini bilish va yodda tutish 
lozim. 
Amaliy hayotda emotsiyalar sifatida, odatda, insonning turli-tuman javob 
reaksiyalari – ehtirosning to‘lqinli portlashlaridan tortib, to kayfiyatning nozik 
tuslarini tushunamiz. Psixologiyada emotsiyalar deb kechinmalar shaklidagi inson 
hayotiy faoliyati uchun tashqi va ichki vaziyatlarni baholash va shaxsiy ahamiyatni 
aks ettiradigan psixik jarayonlarga aytiladi. Hissiyotlar – yorqin sub’ektiv tusga 
ega bo‘lgan iski va tashqi seskantiruvchilarning ta’siriga nisbatan inson va 
hayvonlar javob reaksiyalari. Bundan kelib chiqadiki, hissiyotlarning ahamiyatli 
belgisi ularning sub’ektivligidir. Hissiyotlar evolyusiyaning moslashuvchi 
«mahsuloti» sifatida, odatdagi vaziyatlarda organizm hulq-atvorining biologik 
jihatdan umumlashtirilgan usullari sifatida yuzaga kelganlar.


Hissiyotlar ehtiyojlar bilan ularning qondirilishi yoki qondirilmasligi 
bilan bog‘liq. Hissiyotlar ikki valentli – ular yoki ijobiy, yoki salbiy bo‘ladi. 
Hissiyotlar – organizmning muhit bilan o‘zaro ta’sirining mutanosibligi darajasini 
bevosita baholash mexanizmi. Ehtiyojlar o‘rnidagi hissiyotlar harakatga 
yo‘naltiriladi. Ko‘plab hissiyotli ifodalarda boshlang‘ich hissiyotlarning to‘rt xili: 
shodlik (zavqlanish), qo‘rqinch, g‘azab va hayratlanish ajratiladi.
Hislar – bu inson ongida uning yuksak ehtiyojlarining qondirilishi yoki 
qondirilmasligida paydo bo‘ladigan voqelikka nisbatan munosabatining aks etishi.
Hissiyot va tuyg‘ular o‘rtasida umumiylik ko‘p, lekin farqlar ham 
mavjuddir. Xuddi shunday, hissiyotlar – bu kengroq tushuncha, hislar emotsional 
kechinmalarning ifodalanishlaridan biri. Hissiyotlar – birlamchi, hislar esa – 
paydo bo‘lishi, kelib chiqishi jihatidan ikkilamchi. Hissiyotlar yo‘nalishli reaksiya 
xususiyatiga ega bo‘lgani uchun, ular ko‘pincha, noaniq va etarlicha anglanmagan 
bo‘ladilar, sezgilar esa, ko‘p hollarda aniq va jism bilan bog‘liq bo‘ladilar. 
Hissiyotlar biologik jarayonlar bilan, sezgilar esa – ijtimoiy soha bilan bog‘liq 
bo‘ladilar. Bundan tashqari, anglanmaydigan soha bilan bog‘langan, sezgilar esa 
ongimizda maksimal darajada namoyon bo‘lgandirlar. Inson sezgilari doimo tashqi
ifodalarga ega bo‘ladilar, hissiyotlar esa ega bo‘lmaydilar. Va nihoyat, hissiyotlar 
ko‘proq vaziyatga bog‘liq va qisqa muddatli bo‘ladilar, sezgilar esa davomliroq va 
yorqin ifodalangan predmetli xarakterga ega. Ular odamning ma’lum ob’ektlarga 
nisbatan barqaror munosabatini aks ettiradilar. Sezgilar insonning madaniy-tarixiy 
rivojlanish jarayonida paydo bo‘lganlar va rivoj topganlar. 
2
Hissiyotlar va tuyg‘ular sezgi, idrok, tasavvur, inson bilishi va faoliyati 
tashqarida mavjud bo‘lmaydilar. Hissiyotlar va sezgilar ob’ekt va sub’ektning juda 
murakkab bo‘lgan o‘zaro munosabatlarida yuzaga kelib, yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan jismlarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladilar. Hissiyotlar va sezgilarning 
o‘ziga xosligi insonning ehtiyojlari, motivlari, intilishlari, tilaklari, iroda, xarakter 
xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar va sezgilar tabiatini tushunish ularni 
inson hayotiy faoliyatida ko‘rib chiqishni taqazo etadi. Emotsional holatlar paydo 
bo‘lishining asosini insonning ehtiyojlari va motivlari tashkil etadi. Ularni 
qondirish maqsadni ko‘zlash, hayotiy masalarni hal etishni taqazo etadi. 
Ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan, ko‘zlangan maqsadlarga erishish amalga 
oshiriladigan real hayotiy sharoitlar emotsional kechinmalarning turli tumanligiga 
sabab bo‘ladi. Hissiyotlar ko‘pchilik ko‘rsatkichlari, ya’ni, sifati (ijobiy va salbiy), 
jadalligi (kuchli va kuchsiz), davomiyligi (qisqa muddatli va barqaror), 
anglanganligi, chuqurligi, irsiy manbasi, murakkabligi, bajaradigan vazifalari, 
organizmga ko‘rasatadigan ta’siriga qarab farqlanadi. 
2
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan
530p 


Hissiyotlar turlicha vazifalarni bajaradilar. Ularning boshqaruvchi, aks ettiruvchi, 
daraklovchi, undovchi (rag‘batlantiruvchi), mustahkamlovchi, o‘tkazuvchi, 
moslashuvchi, kommunikativ, hosil qiluvchi, ifodalovchi vazifalari shular 
jumlasidandir.
Hissiyotlar va sezgilar organizm holati va inson hulq-atvorini boshqarish 
vazifasini bajaradilar. Xuddi shuningdek, yaxshi so‘z jon ozig‘i deydilar. Bunda, 
avvalambor, muhim o‘rin tutgan insonning boshqa odamning emotsional holatiga
verbal ta’siri ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Bunda hissiyotlar va sezgilarning 
boshqaruvchi vazifasi namoyon bo‘ladi. Aks ettiruvchi vazifasi voqealarning 
umumiy baholanishi ifodalandi, sezgilar butun organizmning qamrab olgani uchun, 
ular ta’sir ko‘rsatayotgan omillarning foydasi yoki zararini aniqlashga va zararli 
ta’sir aniqlangunicha ta’sirlanish imkonini beradi. Masalan, yo‘lni kesib o‘tayotgan 
odam undagi vaziyatga ko‘ra turli darajadagi qo‘rqinchni boshidan kechiradi. 
Bundan kelib chiqadiki, hissiyotlar va sezgilarning aks ettirish vazifasi insonga 
atrof-olamda to‘g‘ri yo‘nalish olish va jismlar, hodisalarni ularning istalganligi 
nuqtai nazaridan baholash imkonini yaratadi. Xabarlovchi vazifasi yuzaga 
keladigan kechinmalar insonga undagi ehtiyojlarni qondirish jarayonining 
kechishi, yo‘lida qanday to‘siqlarga uchrashi, birinchi navbatda nimalarga e’tibor 
qaratishi lozimligi va h.k.lar haqida xabar berishdan iborat. Hissiyotlar va 
sezgilarning baholovchi yoki aks ettiruvchi vazifasi bevosita undovchi vazifasi 
bilan bog‘liq. S.L. Rubinshteyn ko‘rsatib o‘tganidek, «... hissiyot o‘zida jismga 
yoki unga teskari yo‘naltirilgan ehtiros, tilak, intilishni mujassamlashtiradi». 
SHunday qilib, hissiyotlar va sezgilar yuzaga kelgan ehtiyojni qondirishga erishish 
yok inson oldida turgan vazifala hal etiladigan yo‘lni izlash yo‘nalishni aniqlashga 
yordam beradi.
Mustahkamlovchi vazifa hissiyotlar va sezgilarning o‘qitishda bevosita 
ishtirok etishidan iborat. Kuchli emotsional ta’sirlanishga sabab bo‘ladigan 
ahamiyatga molik voqealar uzoq vaqt xotirada saqlanib qoladi. Hissiyotlar va 
sezgilarning o‘tkazuvchi vazifasi motivlar raqobatida, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi, 
buning natijasida kuchli ehtiyoj aniqlanadi. Xuddi shunday, inson uchun tabiiy 
bo‘lgan o‘zini muhofaza qilish instinkti va ma’lum etika me’yorlariga rioya qilish 
ijtimoiy ehtiyoji o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar o‘z 
mohiyatiga ko‘ra, qo‘rquv va mas’uliyat hissi o‘rtasidagi kurashda joriy etiladi. 
Moslashuvchi vazifasi hissiyotlar tufayli jonli mavjudotlar o‘zlari uchun dolzarb 
bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda u yoki bu sharoitlarning ahamiyatliligini 
ko‘rsatishlaridan iborat. CH.Darvin fikriga ko‘ra, hissiyotlar moslashtiruvchi 
vosita sifatida yuzaga kelgan. O‘z vaqtida paydo bo‘lgan sezgi tufayli organizm 
atrof-muhitga samarali tarzda moslashib olish imkoniyatiga ega. 


SHuningdek, sezgilarning kommunikativ vazifasi ham mavjud. Mimika va 
pantomimika harakatlari insonga o‘z kechinmalarini boshqalarga etkazib berishga, 
o‘zlarining atrof-olam jism va hodisalariga bo‘lgan munosabatlari haqida 
ma’lumot berish imkoniyatini tug‘diradilar. Mimika, tana holatlari, imo-ishoralar, 
ma’noli xo‘rsinishlar, tovush ohangining o‘zgarishi «insoniy hislar tili», 
hissiyotlardan xabar beruvchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqotlarning 
ko‘rsatishicha, sezgilarning barcha ifodalanishlarini ham oson aniqlab bo‘lmaydi. 
Dahshat (57%), so‘ngra nafrat (48%) va ajablanish (34%) kabi hislarni oson 
aniqlab olish mumkin. Kommunikativ vazifada atrofdagilarga ta’sir ko‘rsatish 
vazifasini ham ajratish mumkin. 
Hissiyotlarning umumlashtiruvchi vazifasi vaqt va fazoda bir-biriga yaqin 
bo‘lgan alohida voqea va dalillarni birlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, 
hissiyotlar ekspressiv vazifani bajaradilar. Ko‘p hollarda ular periferik xususiyatga 
ega bo‘lgan organik o‘zgarishlar (qizarish, oqarish, nafasning tezlashishi, erakning 
tez-tez urishi va boshqalar) bilan birgalikda kechadi, ifodali harakatlar (mimika va 
pantomimikada, vokallashtirish)da ifodalanadi. Kundalik hayotda ifodali harakatlar 
orqali biz, odatda, atrofdagi odamlarning emotsional holati, kayfiyatidagi 
o‘zgarishlarni etarlicha aniq idrok qilamiz va baholaymiz. 
Hissiyotlar insonlar hayotida o‘ta muhim o‘rinni egallaydilar. Xuddi shunday, 
hozirgi kunda hissiyotlarning organizm hayotiy faoliyati xususiyatlari bilan 
aloqasini hech kim inkor etmaydi. Ma’lumki, hissiyotlar ta’sirida qon aylanish, 
nafas olish, ovqat hazm qilish, ichki va tashqi sekretsiya bezlari va boshqa 
organlarining faoliyati o‘zgaradi. Kechinmalarning ortiqcha jadalligi va 
davomiyligi organizmda buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Hissiyotlar – bu juda murakkab psixik hodisalar. Ahamiyatga ega bo‘lgan 
hissiyotlarga quyidagi emotsional holatlar turlarini kiritish mumkin: hissiyot 
affektlari, kayfiyatlar, ehtiroslar, stresslar, frustratsiyalar, hissiyotlarning 
emotsional toni, emotsional munosabat. 
Affekt – sub’ekt uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy sharoitlarining keskin va 
kutilmaganda o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladigan va aniq 
ifodalangan harakatli visseral (ichki organik) namoyon bo‘lish birga kuzatiladigan 
kuchli va nisbatan qisqa muddatli emotsional holat. Affektiv holat ongli 
faoliyatning tormozlanganligi bilan ifodalanadi, sub’ekt hulq-atvorini ongli 
nazoratining izdan chiqishida namoyon bo‘ladi. Affekt real sharoitlarda 
sub’ektning xavfli, ko‘p hollarda kutilmaganda paydo bo‘lgan vaziyatlardan 
mutanosib holda chiqib ketish yo‘lini topa olmaslik layoqatsizligida rivojlanadi. 
Affektga misol tariqasida kuchli g‘azab, achchig‘lanish, dahshat, shiddatli 
quvonch, chuqur qayg‘u, umidsizlik kabilarni keltirish mumkin. Affektning eng 
asosiy xususiyatlaridan biri ushbu emotsional ta’sirlanishning engib bo‘lmas 


darajada odamga qandaydir faoliyatning bajarish zaruriyatini bog‘lashdan iborat, 
lekin bunda odamda voqelik hissi yo‘qoladi. 
Emotsional holatning keyingi turi – bu emotsiyalarning o‘zi. Emotsiyalar 
affektlardan davomiyligi bilan farq qiladi. Ularning boshqa alohida qirrasi faqat 
joriy voqealarga emas, balki, taxminiy yoki yodga olinadiganlarga nisbatan ham 
ta’sirlanish hisoblanadi. 
Emotsiyalarning mohiyatini tushunish uchun tashqi muhitning jism va 
hodisalarining ko‘pchiligi his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatib, ularda murakkab, 
ko‘p qirrali emotsional hissiyotlar va sezgilar va bir vaqtning o‘zida ham 
zavqlanish, ham qoniqmaslikda ifodalanadi, sezgilarni keltirib chiqarishlari 
mumkin. Bundan tashqari, ko‘pchilik vaziyatlarda, bir tomondan, qandaydir 
zo‘riqish sezgilari, ikkinchi tomondan, hal etish, yoki engil tortish yuzaga keladi. 
Faoliyatning keskin damlarida, qaror qabul qilishning mas’uliyatli daqiqalarida 
qiyinchiliklarni bartarf etishda biz zo‘riqishni his etamiz. U yaqqol ko‘zga 
tashlanadigan faol xususiyatga ega bo‘lib, faoliyat ob’ektiga e’tiboning kuchayishi, 
aqliy va jsmoniy kuch to‘plash, harakatga chanqoqlik, bizni o‘rab oladigan alohida 
hayajon bilan birgalikda kechadi.
Emotsional jarayonlarning boshqa xildagi iodalanishi qo‘zg‘alish va 
tinchlanish hisoblanadi. Qo‘zg‘algan emotsional holat, odatda, faol xususiyatga 
ega bo‘lib, faoliyat yoki unga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq. Tinchlanish 
faoliyatning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lsada, undan maqsadga muvofiq ravishda 
foydalanishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. 
Harakat faolligiga ta’sir ko‘rsatishga qarab, emotsiyalar stenik va astenik 
turlarga bo‘linadi. Stenik emotsiyalar va sezgilar faol harakatga undaydi, inson 
kuchlarini to‘playdi. Xuddi shunday, quvonch va ilhomlanish hislari insonni 
energiyaviy faoliyatga rag‘batlantiradi. Astenik emotsiyalar insonni bo‘shashtiradi, 
faolligini pasaytiradi, faoliyatni to‘xtatadi. 
Kayfiyat – bu u yoki bu emotsiyalarning barqaror kechinmasi. Uzoq davom 
etuvchi, hulq-atvorni bezovchi emotsional holat. Uni individning shaxsiy 
tomonlarini, asosiy hayotiy hissiyotlarini, ishiga nisbatan muvaffaqiyat yoki 
muvaffaqiyatsizlik, qulay yoki noqulay sharoit, odamlar munosabatlaridagi 
madaniyat darajasi, ichki holat kabilarni qamrab oluvchi ta’sirlar keltirib chiqaradi. 
Kayfiyatda hissiyotlar va sezgilarning rag‘batlantiruvchi vazifasi, ularning inson 
faoliyatiga ta’siri namoyon bo‘ladi. Kayfiyat ijobiy yoki salbiy, ma’lum jadallik, 
ifodalanish, zo‘riqish va barqarorlikka ega bo‘lishi mumkin.
Emotsiyalar va sezgilar ta’siridagi psixik faollikning eng yuqori darajasi 
ko‘tarinkilik, eng quyisi – apatiya deb ataladi. Psixik faoliyatning salbiy ta’sirlar 
tomonidan sezilarsiz darajada o‘zgarishi izdan chiqish holatidir. Insonning 
emotsional barqarorligi turli emotsiogen ta’sirlarga nisbatan hulq-atvorining



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling