Emotsiyanal xolatlarni boshqarish Reja
Frustratsiya va bezovtalik
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Emotsiyanal xolatlarni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Frustratsiya
4.Frustratsiya va bezovtalik
emotsional holat sifatida. SHunday qilib, hissiyot va hislarning namoyon bo‘lishidagi farqlar ma’lum odamning betakrorligi, ya’ni, uning individualligini belgilab beradi. Oniomaniya va shopogolizm bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muammoni ko‘rib chiqamiz. Oniomaniya (do‘konlarga bog‘liqlik) – xarid qilishga bo‘lgan miyaga o‘rnashib qolgan mayl, zaruriyati va oqibatlari bilan kelishmagan holda, vasvasa holatlarida kuzatiladi. Bunday bog‘liqlik zamonaviy tilda – shopogolizm deb ataladi. Xarid qilishga bo‘lgan nosog‘lom havas, oniomaniya yoki shopogolizm, XX asrda aniqlangan o‘ziga xos kasallikdir, lekin 1990-yilning boshlariga kelib, olimlar unga jiddiy e’tibor qarata boshladilar. Tibbiyot xodimlarining fikriga ko‘ra, oniomaniya bilan sayyoramizning 10% aholisi, asosan, ayollar (90%) aziyat chekadilar. AQSHda 55 mln. odam bu kasallikka chalingan, ulardan 15 mln. surunkali shopogoliklardir. Agar avval oniomaniyadan aziyat chekadiganlar xarid qilish maqsadida supermarket va do‘konlarni kezishgan bo‘lsa, endilikda ular Internet, TV-do‘kon yoki rangli kataloglar orqali xarid qilyaptilar. Oniomaniya sabablari hali oxirigacha aniqlanmagan. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, shopogolizm odam organizmiga inson kayfiyatini boshqaradigan serotonin gormonining etishmovchiligi bilan bog‘liq. Ba’zilar mahsulotlarni sovg‘alar qabul qilishni yoqtirganlari sababidan buyurtma qiladilar. YOki, ayol oiladagi muammolardan o‘zini yupatish uchun yangi xarid bilan o‘zini xursand qiladi. Sabablar turlicha bo‘lishi mumkin, oqibatlari esa yirik qarzlarga borib taqaladi. SHopogolizm, olimlar fikriga ko‘ra, ichkilikbozlik kabi jiddiydir. Frustratsiya – tushkunlik, ma’lum maqsadga erishishda umidlarning parchalanishi bilan kechadigan inson muvaffaqiyatsizligining emotsional og‘ir kechinmasi. Frustratsiya ko‘p hollarda frustratorga qarshi qaratilgan tajovuzkorlik hulq-atvor bilan bog‘liq. Frustratsiya sabablari bartaraf etilmaganida, psixikaning davomli izdan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan chuqur depressiv holat yuzaga kelishi mumkin (xotira, mantiqiy tafakkurga bo‘lgan layoqatlarning susayishi). Frustratsiya holati inson biror chiqib ketish yo‘llarini izlaydi, shirin xayol olamida beriladi, ba’zida esa tubanlashadi, ya’ni, psixik rivojlanishning dastlabki bosqichlariga qaytadi. Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida, yakka holda mavjud bo‘lmaydi. YUzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. YUksak hislar o‘z tarkibiga birinchi soddaroq ko‘rinishdagi turli hislarni oladi. Inson faoliyatining qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi, hislarni qaysi birining asosiy ekanligiga qarab, yuksak hislarning muhim turlari: praksik , axloqiy, intellektual, estetik turlari ajratiladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling