Emotsiyanal xolatlarni boshqarish Reja


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana22.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1379901
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Emotsiyanal xolatlarni boshqarish

Emotsional xossalar individning psixik ko‘rinishini belgilaydilar, shaxs 
emotsional tipini tashkil etadilar. Odamlar emotsional, o‘ta ta’sirchan, ehtirosli va 
frigid mijozlilarga bo‘linadilar. Birinchisi oson qo‘zg‘aluvchan, emotsional 
ta’sirchan, impulsiv; ikkinchisi – o‘z sezgilarini mushohada qilish, ulardan 
zavqlanishga moyil; uchinchisi – emotsional intiluvchan, o‘ta faol, maqsadga 
erishishda sabotli; to‘rtinchisi – aql bilan ish ko‘radilar, qayg‘urish hissi ularga yot. 
Hissiyotlar va sezgilarning yuzaga kelishi va so‘nishi shartli refleks 
shakllanishining barcha qonuniyatlariga bo‘ysunadi. 
Biror ob’ektga nisbatan ishlab chiqilgan sezgilar ma’lum darajada bir jinsli 
ob’ektlar sinfiga ko‘chirib o‘tkaziladi. Shunday qilib, sezgilar qonuniyatlaridan biri 
3
A.Югай. Н.Мираширова “Умумий психология” Тошкент 198б 


ularning umumlashtirilganligi va ko‘chirib o‘tkazish imkoniyati hisoblanadi. 
Boshqa qonuniyat – sezgilarning davomli seskantiruvchilar ta’sirida sustlashishi
Xuddi shunday sevimli qo‘shiq hadeb tinglansa, yoqmay qolishi mumkin; juda 
ko‘p marta takrorlanadigan hazil kulgili bo‘lmay qoladi. 
Ijobiy hissiyotlar kabi, salbiy hissiyotlar ham so‘nishga moyil bo‘ladi. Odam 
ma’lum darajada turli vaziyatlarga, shuningdek, salbiy ta’sirlar (badbo‘y hid, 
xunuk manzara, noqulay sharoit)larga ham ko‘nikadi. 
Turli seskantiruvchilar ta’sirida yuzaga keladigan turli segilar o‘zaro 
taqqoslanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatib, o‘zaro ta’sirlashadi. Biror shaxsning 
xunuk harakatidan, xuddi shunday vaziyatdagi boshqa shaxsning oliyjanob 
harakati solishtirilganida taassuf hissi kuchayadi, qoniqish hissi qoniqmaslik 
hissidan so‘ng kuchliroq seziladi. Insonning taqdiri, azob-uqubatlari qanchalik 
og‘ir, muvaffaqiyatsizliklarining yakun topishi shunchalik quvonch bilan idrok 
qilinadi – bu sezgilarning keskin qarama-qarshiligi
Sezgi qonuniyatlaridan biri – ularning jamlanishi. U yoki bu ob’ekt 
tomonidan muntazam ravishda hosil qilinadigan sezgilar to‘planib, jamlanadi. 
Buning natijasida insonda ota-onaga, do‘stga, qadrdon yurtga nisbatan muhabbat 
va ehtirom mustahkamlanadi. Salbiy kechinmalar (hayotiy qiyinchiliklar)ning 
to‘planishi affekt holatiga tashqi tomondan ahamiyatsiz bo‘lgan voqeadan juda 
kuchli ta’sirlanishga olib kelishi mumkin. 
Emotsional holatlar o‘rin almashishi mumkin. Xuddi shunday, biror 
faoliyatdagi muvaffaqiyat boshqa faoliyatdagi muvaffaqiyatsizlikning o‘rnini 
bosishi mumkin. 
Hissiyotlarning yana bir qonuniyati – ularning o‘zgaruvchanligi 
hisoblanadi. Biror ob’ekt yuzasidan qondirilmagan hissiyotlar boshqa ob’ektlarga 
(barchaga «zarar o‘rnini to‘ldirish» hodisasi) o‘tkazilishi mumkin. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling