Emotsiyanal xolatlarni boshqarish Reja


Psixik holat turlari. Stress


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana22.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1379901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Emotsiyanal xolatlarni boshqarish

3.Psixik holat turlari. Stress 
tushunchasi va psixik zo‘riqish 
va uni boshqarish. 
 
turg‘unligida ifodalanadi. Qiyinchiliklarga nisbatan barqarorlik, boshqa odamlar 
hulq-atvoriga nisbatan bardoshlilik tolerantlik ( lot. – bardosh) deb ataladi. 
Inson fikrlari va harakatlari yo‘nalishini belgilab beruvchi barqaror, chuqur va 
kuchli his ehtiros deb ataladi. Ehtiroslarning asosiy belgisi ularning amaliy natijaga 
ega bo‘lishi, irodaviy va emotsional holatlarning yagonaligidir. Ehtiros insonni 
hislar ob’ekti haqida astoydil o‘ylashga, ular asosidagi ehtiyojlarning qondirilishini 
to‘laqonli va yaqqol tasavvur etishga, bu qondirilish yo‘lida haqiqiy yoki bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan to‘siq va qiyinchiliklarni xayol qilish va har tomonlama o‘ylashga 
majbur qiladi. Ehtiroslar turg‘unligi, vaqt bo‘yicha insonga egalik qilish 
davomiyligi bilan xarakterlanadi. SHaxsning olamga nisbatan chuqur tanlangan 
munosabatining ifadalanishi sifatida ehtiroslar ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. 
Turli sezgilar (hidlar, ranglar, tovushlar va h.k.) biz uchun yoqimli, neytral 
yoki yoqimsiz bo‘ladi. Hissiy ton. Hissiyot ko‘pincha faqat hissiy tus sifatidagi 
ruhiy jarayonlarning o‘ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo‘ladi. YOqimli 
suhbatdosh, kulguli voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko‘ngildagi mashg‘ulot, 
hushchaqchaq sayohat, og‘ir ish kabilar. Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining 
ta’sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiy 
holatlar stenik (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, kuch degan ma’noni anglatadi) 
xususiyatli deyiladi. Bunda emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy 
mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quvvat, qanoat bag‘ishlaydi. Emotsional 
javob – jismli muhitdagi joriy o‘zgarishlarga nisbatan operativ emotsional 
ta’sirlanish. Go‘zal manzarani ko‘rib qoldingiz – emotsional javob yuzaga keldi. 
Bu javob insonning emotsional qo‘zg‘aluvchanligi, emotsional tonusi bilan 
belgilanadi. Emotsional javobning turlaridan biri sintoniya – boshqa odamlar 
emotsional holatini birga qayg‘urish – insonningmuhim ijtimoiy sifati hisoblanadi. 
Nizoli asosidagi emotsional holatlarga stress, frustratsiya, affekt kiradi. 
Stress tushunchasining mazmuni mohiyati 
borasida qator ta’riflar uchraydi. Jumladan, 
A.V.Petrovskiy tomonidan stress–ffektiv 
holatga yaqin turadigan, lekin boshdan 
kechirilishining davomiyligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ularni 
boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta’rif beriladi. Professor 
E.G‘ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og‘ir jismoniy va 
murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me’yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar 
tug‘ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga 
keladigan hissiy zo‘riqishlar sifatida ko‘rsatiladi.
Stress – inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan 
tanglik jarayonidir.
Stress ko‘rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling