ЭмваА кафедрасининг


Бензинни бевосита цилиндрларга пуркаш тизимида босимни бевосита форсункани ўзида ҳосил қилиш услуби


Download 118 Kb.
bet8/10
Sana25.09.2023
Hajmi118 Kb.
#1687437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TVA-AEJvaET-YaN javoblari-2022-23 bahor

Бензинни бевосита цилиндрларга пуркаш тизимида босимни бевосита форсункани ўзида ҳосил қилиш услуби;

Yuqori bosim bevosita forsunkaning o‘zida hosil qilish usulini Toyota firmasi tomonidan TD-4 dvigateli uchun ishlab chiqilgan purkash tizimi misolida ko‘rish mumkin. Bu tizimning asosiy moslamasi – nasos forsunkadir (6.24-rasm). Bu moslamada bir seksiyali va bir plunjerli yuqori bosim nasosi (100-150 bar) yopiq gidromexanik forsunkaning korpusiga joylashtirilgan bo‘lib, u taqsimlash valining kulachogi vositasida harakatga keltiriladi. Forsunkaning nasos qismi kiritish kanali 4, silliq silindrsimon plunjer porsheni 12 va yonilg‘ini bakka qaytarish kanali 5 dan iborat. Plunjerning ishchi harakatini - pastga taqsimlash valining kulachogi 10, yuqoriga esa – qaytarish prujinasi 16 amalga oshiradi. Nasosning ishchi bo‘shlig‘i 13 ni benzin bilan to‘lishi plunjer kiritish kanalini to‘liq yopguncha davom etadi. Plunjer porsheni yonilg‘i uzatish va qaytarish kanallarini berkitgandan keyin, uni ostidagi bosim orta boshlaydi. Nasosning ichki bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun benzin odatdagi usul bilan, ya’ni elektr benzonasos yordamida uzatiladi. Plunjer porshenining ostidagi bosim yopiq forsunkaning ochilish bosimidan ortganda, yonilg‘ini purkash jarayoni sodir bo‘ladi. Plunjerning bitta ishchi harakatida yonilg‘ini birnecha marta ulushlab purkalishi, nasos-forsunkaning ishchi bo‘shlig‘idagi bosimni ko‘p marta (ulushlarsoniga teng) 100 bardan (forsunkaning yopilish bosimi) past qiymatgacha pasaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bosimni pasayishi yonilg‘ini qaytarish kanalidagi elektr magnit klapanni ochilishida sodir bo‘ladi. Bu klapan elektron blok (S) tomonidan boshqariladi va uning ishlash tezligi, plunjerning bitta yurishida 3-4 yonilg‘i ulushini purkalishini ta’minlaydi. Yonilg‘ini ulushlab purkashning asosiy afzalligi shundan iboratki, o‘t oldirish daqiqasi oldidan yonish kamerasida, havoning ortiqlik koeffitsienti α si har-xil bo‘lgan yonilg‘i-havo aralashmasining qatlamlari shakllanadi. Bu juda ham suyultirilgan (α ning yonish kamerasi bo‘yicha o‘rtacha qiymati ~2 ga teng bo‘lgan) aralashmalarni to‘liq yondirish imkoniyatini beradi. Bu tizimda yonilg‘i 30...35% gacha tejaladi, burovchi moment va dvigatelning solishtirma quvvatining bir tekisligi ortadi. Ammo, juda ham suyultirilgan aralashmada ishlaydigan dvigatellarning chiqindi gazlar tarkibidagi azot oksidi NOx ning miqdori keskin ortadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bu ancha murakkab muammoni, ya’ni azot oksidini zararlantirish masalasini yuzaga keltiradi


  1. Download 118 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling